|
26 may 2022 3-to’plam 16-bet Kichik maktab Pdf ko'rish
|
bet | 127/210 | Sana | 25.01.2024 | Hajmi | 2,85 Mb. | | #145888 |
Bog'liq 26-11-PBwww.pedagoglar.uz
26-son 3 –to’plam may 2022
Sahifa: 149
an
zaharli chiqindi (siydik kislotasi) moddalarni, ortiqcha suv va tuzlarni ajratish
organlari (buyrak, ter bezlari va hokazo) orqali organizmdan chiqarib yuborilishida
vositachilik rolini o‘ynaydi. Shunday qilib, organizmda tuz va suv miqdorini
normal holatda saqlaydi.
Plazmadagi barcha tuzlar konsentratsiyasiga muvofiq qilib tayyorlangan
eritma fiziologik eritma deyiladi. Issiqqonli hayvonlar uchun 0,9% va sovuqqonli
hayvonlar uchun 0,6% li NaCL eritmasi fiziologik eritmaga misol bo‘ladi.
Qon aylanish sistemasi (tizimi) haqida umumiy ma’lumot.
Qon aylanish tizimiga yurak va qon tomirlari kiradi.
Qon aylanish tizimi organizmda boshqa organlar tizimi singari muhim
ahamiyatga egadir. Tomirlar tizimi qon tomirlar, limfa tizimi va qo‘shimcha
tuzilmalardan (limfa tugunlari va limfoid to‘qimalardan) tashkil topgan.
Qon aylanish tizimidagi qon tomirlari uch xil: yurakdan qon olib ketadigan
tomirlar –arteriyalar, yurakka qon olib keladigan tomirlar –venalar, arteriya bilan
vena o‘rtasidagi mayda qil tomirlar –kapillyarlar bo‘ladi. Yurak va qon tomirlari
ikkita uzluksiz, yopiq qon aylanish doirasini hosil qiladi. Qon shu doiralar ic
hida doim aylanib yuradi. Bunda qon o‘ziga xos funksiyalarni bajaradi. Qon
aylanishida yurakning ritmik qisqarishi rol o‘ynaydi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. Axmedov N.K. “Normal va potologik anatomiya bilan fiziologiya” Ibn Sino
nomli nashr. Toshkent, 1990.
2. Gariev B. Mikrobiologiya, Toshkent. «Mehnat» 1990 y.
3.
Sodiqov Q. «O’quvchilar fiziologiyasi va gigiеnasi» Toshkеnt.
«O’qituvchi», 1992.
4. Xudoyberdiev O.E., Axmedov N.K. va boshqalar. “Odam anatomiyasi”
Toshkent, meditsina. Ibn Sino nomidagi nashr 1993.
5. Alavi P.A., Asomov S.A. va boshqalar. “Odam anatomiyasi” Toshkent,
|
| |