|
26 may 2022 3-to’plam 16-bet Kichik maktab Pdf ko'rish
|
bet | 166/210 | Sana | 25.01.2024 | Hajmi | 2,85 Mb. | | #145888 |
Bog'liq 26-11-PBwww.pedagoglar.uz
26-son 3 –to’plam may 2022
Sahifa: 194
bo'ladi. Ular qonunlar, nazariyalar ham da tasavvur va qarashlam ing boshqa
majmuyi sifatida umumlashgan bo'lgan. Keyinchalik bu bilimlar o'zga vazifalami
hal etish yoki oldingisini aniqlashtirish uchun zarur bo'lgan ma’lumotlar tarkibiga
kiradi. Inson o‘z hayotida tug'ilgan kunidan (ta’bir joiz bo'lsa, hatto ona qornida
dastlab paydo bo'lgan kundan) boshlab doimo ma’lumotlar bilan ish ko'radi. Ularni
o'zining sezgi a’zolari orqali qabul qiladi.
Axborotga ishlov berish texnologiyalari bugungi kunda hayotimizning
hamma sohalarini qamrab olgan. Informatikaning asosiy resursi - axborotdir.
Azaldan axborot deganda atrof-muhit obyektlari va hodisalari, ularning
o‘lchamlari, xususiyatlari va holatlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar tushuniladi. Keng
ma’noda axborot - insonlar o‘rtasida ma’lumot ayirboshlash, odamlar va sun’iy
qurilmalar o‘rtasida signal ayirboshlashni ifoda etadigan umummilliy
tushunchadir. Ma’lumki, jamiyat rivojlangani sari iqtisodiyot, fan, texnika,
texnologiya, madaniyat, san’at, tibbiyot kabilaming turli masalalari haqidagi
mavjud ma’lumotlar, axborot zaxiralaridan foydalanishni tashkil etish intellektual
va iqtisodiy hayotga tobora ko'proq ta’sir ko'rsatadi. Demak, axboriy jarayonlar
ko‘p qirrali jarayon ekanligi ayon bo'lmoqda. Axborot kommunikatsiya
texnologiyalari biologiya o’qitish metodikasi bilan ham uzliy bog’liq jihatlari
mavjud. Biologiya tabiiy fanlar sirasiga kirganligi sababli, ushbu fanda ham
texnologiyalardan foydalanish orqali katta yutuqlarga erishish mumkin.
Biroq,
hozirgi
kunda
maktablarimizda
o’quvchilar uchun mobil
telefonlaridan foydalanish taqiqlanadi. Bu esa raqamli ta’lim (digital learning)
rivojlanshiga salbiy ta’sir ko’rsatadi. Ta’lim muassasasida raqamli muhitni
ta’minlash uchun va dars sifatini oshirish uchun, biz sinfxonada foydalanishimiz
mumkin bo’lgan texnologiyalar va online platormalar haqida ma’lumotlar bilan
tanishamiz. Birinchi navbatda texnik qismlar bilan ko’rib chiqamiz. Bilamizki
ushbu fanni o’qitishda ko’rgazmalar va taqdimotlar alohida o’rinni egallaydi.
PowerPointda taqdimot qilish biroz zerikarliva ko’p foydalanilgani uchun yangi
platforma haqida gaplashamiz. Bu Prezi platformasi. Ushbu platformadan online
foydalanishingiz va taqdimotingiz bitgach shu platformani o’zida taqdim etishingiz
|
| |