|
26 may 2022 3-to’plam 16-bet Kichik maktabBog'liq 26-11-PBwww.pedagoglar.uz
26-son 3 –to’plam may 2022
Sahifa: 51
hihollardan xabar olishmagani, ularning birin- ketin suvsizlikdan nobud
boʻlganliklari zoʻr badiiy mahorat bilan tasvirlangan. Zero, hikoyada tasvirlangan
voqealar oʻquvchilarning kundalik hayotlarida yuz berayotganligi hech kimga sir
emas. Ba’zan oʻquvchilar oʻqituvchining tayziqi ostidagina koʻchatlarni
sugʻoradilar, ularni yuzaki parvarishlaydilar. Ammo hikoyada yangi ekilgan
nihollarning suvsizlikdan “Suv, suv” deya faryod urib, azoblanib halok boʻlish
oʻrinlarini oʻqish jarayonida oʻqituvchi oʻquvchilar ongiga nihollarning ham tirik
mavjudot ekanliklarini, ularga ham parvarish zarurligini yetkaza olishi darkor.
Bunda hikoyani ifodali oʻqish, suvsizlikdan nobud boʻlayotgan nihollar holatini
oʻquvchilarga yetkazish muhimdir. Ayniqsa, oʻquvchilar zoʻr ishtiyoq bilan ekkan
novcha niholcha ajal bilan qattiq olishishi, har daqiqa uni ekkan bolalarni koʻzlari
toʻrt boʻlib kutishi oʻrinlariga oʻquvchilarning diqqatini qaratish lozim. “…
Qaddiqomati kelishgan novcha niholcha bu judolikdan dahshatga tushdi-yu, lekin
oʻzini yoʻqotmadi. “Yoʻq,- deya chayqalib ketdi novcha niholcha,- men
oʻlmasligim kerak, men yashayman, yashayman!” -Suv!- deb chinqirib yubordi”.
Bu hikoyani oʻqish orqali oʻquvchilarda oʻz ishlariga mas’uliyat hissi ham
tarbiyalanishiga ahamiyat berish dars samaradorligini oshirishga xizmat qiladi.
Boshlangʻich sinf oʻqish darslarida yil fasllari bilan bogʻliq mavzularni
oʻrganishda ochiq tabiatga ekskursiya uyushtirish ham samarali vositalardan
biridir. Darslarni ochiq osmon ostida oʻtkazish oʻquvchini tabiat haqidagi fikrlarni
bir qadar tiniqlashtiradi va boyitadi. Chunki kitobda oʻqigan daraxtining tanasiga
qoʻl qoʻyishi, suratini koʻrgan gulni muattar hidini ham tuyushi yoki qayrilgan
butaga tirgovuch berishi, iliq nurlari bilan erkalayotgan quyoshga javoban
jilmayishi orqali oʻquvchi tabiat bu ona ekanligini toʻliq his qiladi. Zero, eng
yaxshi mazmun ham oʻquvchilarning faoliyatiga qoʻshilgandagina ularning ongiga
yetib boradi. Boshqacha aytganda, oʻquvchi oʻqituvchi hikoya qilib berganidan
koʻra oʻzi anglab yetgan voqea- hodisalarni koʻproq esda saqlab qoladi. Aslida
ham oʻqituvchilarning vazifasi oʻquvchini atrofda boʻlayotgan oʻzgarishlarni tez va
toʻgʻri idrok etish va vaziyatga muvofiq xulosa yasashga yoʻnaltirishdir.
|
| |