|
26 may 2022 3-to’plam 16-bet Kichik maktabBog'liq 26-11-PBwww.pedagoglar.uz
26-son 3 –to’plam may 2022
Sahifa: 50
hisoblanadi. Masalan, 3-sinf “Oʻqish kitobi”darsligidagi “Tabiatni seving va
asrang” boʻlimida Qambar Otaning “Ona tabiat” she’ri berilgan.
Bu she’rni oʻqish darsida nafaqat oʻquvchilarning ifodali oʻqish malakalari ta
komillashtiriladi, balki ularning ona tabiat haqidagi tushunchalari kengaytiriladi, sh
uningdek, ularga inson ham tabiatning ajralmas bir boʻlagi ekanligi, tabiatni avayla
b-asrash oʻzimizni asrash ekanligini uqtiriladi.
Mazkur boʻlimda oʻrganiladigan Habib Rahmatning “Bogʻim” she’ri ham oʻq
uvchilarda tabiatning bir qismi boʻlgan oʻsimliklar dunyosiga muhabbat uygʻotishg
a xizmat qiladi. She’r:
“Dunyoni bogʻ etishni Orzu qilar odamlar.
Daraxt ekish sirlarin Oʻrgatdilar dadamlar”.
kabi misralari bilan boshlanadi. She’rda bogʻ yaratishning afzalliklari,
daraxtlarning inson hayotidagi oʻrni masalasi yoritiladi. Shu oʻrinda oʻqituvchi
oʻquvchilarga oʻsimliklarning, ayniqsa, daraxtlarning hayotimizdagi oʻrnini
koʻrsatib berishi, atmosferani kislorod bilan boyitishi kabilarni tusuntirishi lozim.
Shuningdek, bolalarga daraxt nihollarini, shox va butoqlarini sindirish
kerakmasligini, daraxtlarni doimo parvarishlash zarurligini uqtirib, xalqimizning:
“Birni kessang, oʻnni ek” maqolining mazmunini izohlashi maqsadga
muvofiqdir
[1]
. Xuddi shu yoʻsindagi ishlar darslikning “Bahor manzarasi va
mehnat” boʻlimida berilgan.
Boshlangʻich sinf oʻquvchilariga ekologik tarbiya berish hikoya oʻqish
darslarida ham amalga oshirilishi mumkin. Xususan, Nosir Fozilovning
“Quyoncha”, Malik Murodovning “Yer sevarni-el sevar”, Zohir A’lamning “Soy
suvi haqida ertak” hikoyalarini (3-sinf), “Tushovli toy”, Gʻayratiyning
“Buzilmagan uya”,, Rauf Tolibning “Quyosh sevgan yurt” hikoyalarini (4-sinf)
oʻqish darslari alohida oʻrin tutadi. Ayniqsa, oʻquvchilarda tabiatga muhabbat va
uni asrash tuygʻusini shakllantirish 4-sinfda oʻqiladigan X.Toʻxtaboyevning
“Nihollarning nolasi” hikoyasi juda katta ahamiyat kasb etadi
[2]
. Bu hikoyada
koʻkalamzorlashtirish oyligida oʻquvchilarning xursand boʻlib koʻchat ekishlari,
ikki yuz niholchaning xursand boʻlib quyoshga boʻy choʻzishlari, ammo keyin bu
|
| |