|
26 may 2022 3-to’plam 16-bet Kichik maktabBog'liq 26-11-PBwww.pedagoglar.uz
26-son 3 –to’plam may 2022
Sahifa: 68
Geodeziya - yer haqidagi fan bo'lib, geo - yer, deziya - bo'lish degan ma'noni
bildiradi. Geodeziya yer sirti yoki uning ayrim qismlarining shakli va o'lchamlarini
joyda o'lchash, plan (tarx). xarita tuzish, muhandislik inshootlarini qurish uchun
ularni loyihalash va amaliy masalalarnii yechish bo'yicha olib boriladigan maxsus
o'lchash usullari to’g tog'’risidagi fan hisoblanadi.
Fanning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat: 1) yerning umumiy maydoni va
o’lchamlarini o'rganish; 2) yer sirtida olingan nuqtalarning koordinatalarini
umumiy bir tizimda topish, yer sirtining plan va xaritalarini tuzish; 3) muhandislik
inshootlarini loyihalash, qurish va ulardan foydalanish bo’yicha o'lchash ishlarini
olib borish; 4) mamlakat mudofaasi talabini geodezik ma'lumotlar bilan ta’minlash
va boshqalar.
Geodeziyaning taraqqiyoti davomida geodeziya, amaliy geodeziya, topografiya,
oliy geodeziya va boshqa mustaqil fanlar ajralib chiqdi.Oliy geodeziya butun yer
sirtining shakli va o'lchamlarini aniqlash, yer sirtidagi ayrim nuqtalar
koordinatalari va balandliklarini yagona tizimda topish, yer qobig'ining gorizontal
va vertikal siljishini o'rganadi.Amaliy geodeziya muhandislik inshootlarini
loyihalash, qurish va ishlatish bilan bog'liq barcha masalalarni hal qilishda keng
qo'llaniladi.
Topografiya - Yeming aero va kosmik suratlari yordamida to-pografik xarita va
planlarini tuzish usullarini ishlab chiqishga xizmat qiladi.
Geodeziya qadimiy fan bo'lib, u kishilik jamiyatining taraqqiyoti talablari negizida
shakllandi, unga muvofiq ravishda mukammallashib bordi.Tarixiy obidalar va
arxeologik qazilmalardagi noyob qoldiqlar tasdiqlashicha, qadimiy Misr,
Hindiston, Xitoy, Yunoniston (Gretsiya),
Markaziy Osiyo va boshqa mamlakat xalqlari dehqonchilik qilish va sug'orish
uchun kanallar qazish, turli bino va inshootlar qurish, ekin va bino joylarini o‘zaro
taqsimlash kabi hayotiy masalalarni yechishda geodezik o'lchash ishlarini keng
qo'llaganlar. Kundalik hayot taqozosiga binoan bajarilgan amaliy geodezik ishlar
bilan birga Yer shakli va uning kattaligi haqida ham fikrlar yuritilgan. O'sha
davrda Aristotel ishlarida geodeziyaga matematika, astronomiva va geografiya
|
| |