www.pedagoglar.uz
26-son 3 –to’plam may 2022
Sahifa: 70
bo'lganligi tufayli uni matematik ifoda yordamida aniqlash uchun unga ko'proq
to'g'ri keladigan yuza ellipsoid bilan almashtiriladi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
1.Qishloq xo'jaligida islohotlarni chuqurlashtirishga doir qonun va me'yoriy
hujjatlar to'plami va II qism Toshkent «Sharq» 1998.
2.Yer munosabatlarini tartibga solishga doir qonun va meyoriy hujjatlar to'plami
qism Г : «A groxarita». 2000.
3.A vezbavev S.Volkov S.N . Yer tuzish iqtisodi: Darslik Т.: «Yangi asr avlodi»,
2002. - 290 b.
4.O'zbekiston Respublikasining yer resurslari Atlasi - Т.: « O R D Y F .R Q »,
2001 - 64 b.
5.Nazirov .A .Geodeziya I qism . Т O'qituvchi. 1978.
6.Norxojayev. Q Injenerlik geodeziyasi. T. « O 'qituvchi». 1983
www.pedagoglar.uz
26-son 3 –to’plam may 2022
Sahifa: 71
Boshlang'ich sinflarda matematika o'qitish metodikasi.
Jalilova Zumrat Botirovna Buxoro viloyati Shofirkon tumani 4-
maktab Boshlang'ich sinf o'qituvchisi.
Annatatsiya:Ushbu maqola boshlang‘ich sinflarda matematika kursining vazifasi
maktab oldiga qo‘yilgan “o‘quvchilarga fan asoslaridan puxta bilim berishda
yangi texnologiyadan foydalanish, ularga hozirgi zamon ijtimoiy-iqtisodiy
bilimlarni berish, turmushga, kasb-hunarga yo‘naltirish, kasblarni ongli tanlashga
o‘rgatish” kabi vazifalarni hal qilishda yordam berishdan iboratligi haqida.
Kalit so'zlar:Ko‘rgazmali qurollar,muayyan usul,o‘qitish xarakteri, didaktik
materiallar.
Kirish:Boshlang'ich sinflarda matematika o‘qitish metodikasi eng avvalo kichik
yoshdagi o‘quvchilarni umumiy tizimda o‘qitish va tarbiyalash vazifasini qo‘yadi.
Umumiy metodika boshlang‘ich sinf matematikasining mazmunini va tizimliligini
aks ettiradi, har bir bo‘limni o‘qitishning o‘ziga xos xususiy metodlarini o‘rgatadi.
Xususiy metodika matematika o‘qitishning asoslangan metodlarini va o‘qitish
formalarini, shuningdek o‘quv faoliyatini tashkil qilish yo‘llarini ko‘rsatadi.
Ma’lumki o‘qitish tarbiyalash bilan o‘zaro mustahkam bog‘liqdir. Ushbu
metodika o‘qitishni tarbiyalash bilan qo‘shib olib borish yo‘llarini o‘rgatadi.
Asosiy qism:Amaliyotda o‘qituvchilar ko‘pincha biror topshiriqning usullarini biri
boshqalaridan soddaroq yoki murakkabroq deb aytadilar. Bundan tashqari, didaktik
materiallar qanchalik san’atkorona tuzilgan bo‘lmasin, ularning mazmuni va
tuzilishida qanchalik sermahsul va chuqur g‘oyalar amalga oshirilmasin, ular
baribir barcha metodik vazifalarni tezda hal etishga qodir emas, chunki hech
qanday o‘rgatuvchi mashina o‘qituvchining intuisiyasini, ya’ni hissiyotini
almashtira olmaydi.
Shunday qilib, didaktik materiallarni o‘quvchilarning o‘quv materialini
o‘zlashtirish darajasini nazorat usullaridan biri sifatida qarash lozim. Shu bilan
birga muayyan usul mazkur sinf, mazkur o‘qituvchi uchun eng yaxshi usul
bo‘lmasligi ham mumkin. Shu sababli didaktik materiallar o‘qituvchini
o‘quvchilarning bilimlarni o‘zlashtirish darajasini aniqlash imkonini beradigan
|