www.pedagoglar.uz
26-son 3 –to’plam may 2022
Sahifa: 75
ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA
Ilk o’rta asrlardagi ijtimoiy-iqtisodiy o`zgarishlar O’rta Osiyo madaniyatiga ham
ta’sir etmasdan qolmadi. Bu davrdagi madaniy hayot dastavval antik davr madaniy
an’analari asosida rivojlangan bo’lsada, lekin Kushon
davlati xarobalarida bir nechta mustaqil davlatlar va mulklarning paydo bo’lishi
o’ziga xos mahalliy madaniyatlarning paydo bo’lishiga imkon yaratgan edi. Shu
bilan birga, ilk o’rta asrlar
madaniyatining shakllanishiga, qo’shni davlatlar
avvalo, Hindiston, Eron, Afg’oniston, Xitoy bilan hamda ko’chmanchi
chorvadorlar bilan bo’lgan aloqalar(xoh
iqtisodiy, xoh siyosiy bo’lsin) ham
muhim ahamiyatga ega bo’lgan edi.
Ilk o’rta asrlarda O’rta Osiyo xalqlari san’ati devoriy suratlar, haykaltaroshlik, turli
taqinchoq buyumlari orqali izohlanadi. Devoriy suratlar Dilbarjin(Afg’oniston),
Varaxsha, Afrosiyob, Panjikentdan topib o’rganilgan bo’lsa, Kuyovqo’rg’on,
Vaxsh vohasi, Chaqaloqtepa(Afg’oniston), Yerqo’rg’ondan turli hajmdagi
haykallar, zargarlik buyumlari topib o’rganilgan. Umuman olganda, boy bezaklar,
sopol, metal idishlar, devoriy suratlar, hatto kiyimlardagi tasvirlar bu davrda O’rta
Osiyodagi tasviriy san’atning rivojidan dalolat beradi.
[4]
Afrosiyob devoriy rasmlari — Afrosiyob arxeologik qazilmalar natijasida topilgan
mahobatli rangtasvirning noyob namunalaridan biridir.
Dastlabki namunalari
arxeolog V.Vyatkin tomonidan ochilgan(1913). Keyingi qazishlar davri(1965—68)
da o`zbek arxeologlari 30 ga yaqin saroy xonasini ochishga muvaffaq bo`lganlar,
bu xonalarning ko`plari devoriy rasmlar, naqshlar bilan bezatilgan. Shulardan katta
(11x11 m) va kichik(7x7 m) xonalardagi rasmlar birmuncha yaxshi saqlangan.
Xonalardan birida erkak va ayol ark oldida o`tirgan holda tasvirlangan. Katta xona
devorlariga ishlangan rasmlar detallarga boyligi, saqlanib qolgan sug`d yozuvlari
bilan ahamiyatli. Xona devorlariga ishlangan rasmlarda to`y marosimi, Sug`d
hukmdorining xorijiy davlatlarning
elchilarini qabul qilishi, bu elchilarning
yo`ldagi sarguzashtlari, yirtqich hayvonlar bilan olishuv, ov manzaralari, afsonaviy
maxluklar tasvirlangan. Saklanib qolgan rasmlar tahlili o`rta asr mahobatli tasviriy
san`atining g`oyaviy badiiy yo`nalishi, rassomning ish usullari va vositalari haqida,