|
26 may 2022 3-to’plam 16-bet Kichik maktabBog'liq 26-11-PBwww.pedagoglar.uz
26-son 3 –to’plam may 2022
Sahifa: 76
tafsilotlarga boy maishiy sahnalar, etnik ko`rinishlar o`sha davr haqida fikr yuritish
imkonini beradi. Rassom devorni 3 qismga bo`lib, 2 chetki qismidan ensiz naqsh
hoshiyasi ajratib olgan, asosiy qismga mavzuli tasvir ishlagan, voqealarni
yuqoridan kuzatayotganday aks etgirgan. Afrosiyob devoriy rasmlari yagona bir
mazmunga bo`ysundirilgan: markazda sug`d hukmdori Varxumon turadi,
an`analarga ko`ra rassom uni boshqalarga nisbatan yirik ko`rinishda (butun devor
balandligida, 5—6 m) tasvirlab, hukmdorning buyukligini e`tirof etadi, unga
abadiylik, qahramonlik baxsh etadi. Afrosiyob devoriy rasmlari O`rta Osiyoda
arablar istilosiga qadar mahobatli rangtasvirning rivojlanganligi, Samarqand uning
markazi bo`lganligini ko`rsatadi.
[5]
Oxirgi o’n yil ichida Afrosiyob tarixi
bo’yicha o’zbek-fransuz qo’shma ekspeditsiyasi(akademik P.Bernar va keyinchalik
F.Grene vaM.Isomiddinovlar boshchiligida) yangidan-yangi ma’lumotlarni
bermoqdalar.Afrosiyob devoriy suratlarida So’g’d ixshidi Varxumana(VII asr
oxiri) saroyida turli hududdan kelgan elchilar tasvirlangan.Shulardan ipak yo’li
bo’ylab kelgan Xitoy va Koreya elchilari so’g’d ixshidi tomonidan qabul qilinishi
bizgacha yaxshi saqlanib qolgan. Afrosiyob devoriy suratlarida figuralarni
qavtma-qavat joylashtirish orqali yassi devorda fazoviy kenglik hosil qilingan.
Demak devordagi tasvirning balandda chizilishiga qarab, qanchalik uzoqligini his
etamiz. Odamlar qiyofasida ham shu qonunlarga rioya qilinadi, hukmdor shaxslar
naturada ulkan, xizmatkorlar esa kichik o’lchamdagi kompozitsiyada o’z yechimini
topadi. Bu ularning ichki kechinmalari yuzlarida emas, qo’l,barmoq harakatlarida
aks
etishi
va me’moriy
binolarning
kichik
masshtabligi O’rta
Osiyo miniatyurasida keng tarqalganligidan guvohlik beradi.
[6]
Ilk o’rta asrlarda
to’qimachilik
O’rta
Osiyo
hunarmandchiligining
ustivor
yo’nalishiga
aylandi. Ayniqsa ipak mahsulotlarini ishlab chiqarish keng yo’lga qo’yilgan.
Arxeologik materiallarning guvohlik berishicha ipak qurtini boqish Qadimgi
Baqtriyada bronza davridan ma’lum bo’lgan. Antik davri va ilk o’rta asrlarga kelib,
ipakchilik bilan shug’ullanish So’g’diyona va Farg’ona vodiysiga ham keng
yoyildi. Ipakchilikning jahonga mashhur markazlari paydo bo’ldi. Masalan, VI-VII
asrlarda shakllangan Buxoroning «zandanachi» ipak mahsulotlariga bo’lgan talab
|
| |