|
PEDAGOGIK MAHORAT 3 (79) 2021Bog'liq Pedagogik mahorat 3-son 2021 yilPEDAGOGIK MAHORAT 3 (79) 2021
60
4. Oʻquvchilаr vа оtа-оnаlаr bilаn turli jаmоаt ishlаrini оlib bоrish, bundаn oʻzаrо fikr аlmаshish
fаоliyatidа koʻnikmа vа mаlаkаlаr (mа’ruzаlаr, suhbаtlаr, yoshlаr uyushmаlаri) hоsil boʻlаdi.
5. Soʻz bilаn оg’zаki tа’sir oʻtkаzishdа sаlbiy kаyfiyatlаrni yеngish tаjribаsini shаkllаntirаdigаn vа
хushmuоmаlаlikni rivоjlаntirаdigаn vаziyatlаr tizimini yarаtish.
6. Хushmuоmаlаlikkа milliy аn’аnа vа urf-оdаtlаrimiz, oʻzbеkоnа muоmаlа mаdаniyati, milliy
mа’nаviyatimiz nuqtаyi nаzаridаn yondаshish.
7. Oʻz оnа tilidа puхtа, loʻndа vа jаrаngdоr soʻzlаr tuzа оlish vа uni nutqiy mаhоrаt bilаn ifоdаlаsh
tа’lim muаssаsаlаridа oʻrgаnilаyotgаn hаr bir fаn oʻqituvchisi uchun eng zаrur kоmmunikаtiv qоbiliyatlаrdаn
biridir.
Tаklif etilgаn ushbu tizim аsоsidа pеdаgоgik fаоliyat оlib bоrish oʻqituvchi kаsbigа оid shахsiy
fаzilаtlаrdаn biri boʻlgаn insоnpаrvаrlik vа хushmuоmаlаlikni shаkllаntirаdi. Oʻqituvchi kаsbiy fаоliyati
dаvоmidа nutqidаgi soʻz qudrаtini tаkоmillаshtirib bоrаdi. U oʻzbеk tilining bоy imkоniyatlаridаn unumli
fоydаlаnish оrqаli soʻz bоyligini goʻzаl, rаvоn, ifоdаli, tа’sirchаn boʻlishigа intilаdi. Zеrо, goʻzаl vа
tа’sirchаn soʻzlаy bilish hаm sаn’аt. Bu sаn’аtdаn bеbаhrа boʻlgаn oʻqituvchining kаsbiy mаhоrаti
shаkllаnmаydi. Qаysi fаnni oʻqitishdаn qаt’iy nаzаr, oʻqituvchining аsоsiy qurоli soʻz bоyligidir, u soʻz
qudrаti аsоsidа kоmmunikаtiv qоbiliyatini nаmоyish etаdi.
Inson tarbiyasi har qachon ham murakkab vazifalardan biri boʻlib kelgan. Hatto jamiyat me’yordagi
stabil rivojlanish bosqichida turgan vaqtda ham oʻsib kelayotgan yosh avlod tarbiyasida turli muammolar
paydo boʻladi.
Ma’lumki, ta’lim–tarbiya deb atalgan murakkab jarayon subyektlaridan biri – bu oʻqituvchi. Xoʻsh,
bugungi kun oʻqituvchisi qanday boʻlishi kerak? Uning faoliyati maqsadi va vazifalari nimalardan iborat?
Uning bilim saviyasi, salohiyati, mahorati va qobiliyatini oʻstirish nimalarga bog’liq?
Eng avvalo oʻqituvchi shuni chuqur anglashi lozimki, u jamiyatning ishonchli vakili, zero, jamiyat
unga oʻzining eng qimmatli boyligi, umidi, ishonchi va kelajagi boʻlgan bolalarini topshiradi. Bu oliyjanob
va murakkab kasb unga hayotini bag’ishlagan har bir kishidan doimiy ijod, izlanish, ulkan saxovatli qalb,
bolalarga muhabbat, oʻz kasbiga cheksiz sadoqatni talab etadi. Binobarin, Prezident Sh.M.Mirziyoyev
ta’kidlaganlaridek, “Farzandlarimizni mustaqil fikrlaydigan, zamonaviy bilim va kasb-hunarlarni chuqur
egallaydigan, mustahkam hayotiy pozitsiyaga ega, chinakkam vatanparvar insonlar sifatida tarbiyalash biz
uchun hamisha dolzarb masala hisoblanadi”.
Bunday mas’uliyatli vazifani faqatgina dialektik fikrlash qobiliyatiga, yorqin shahsiy sifatlarga ega
boʻlgan, oʻz–oʻzini uzluksiz rivojlantirish va tarbiyalashga tayyor boʻlgan oʻqituvchi bajara oladi. Zero,
oʻqituvchi shahsi pedagogik jarayon muvaffaqiyatining asosiy sharti va vositasidir.
Oʻqituvchining shaxsiy sifatlari doim tayyor qilib qoʻyilgan aчborotlardan iborat emas, balki u jonli
mushohada yurita olish, doimiy oʻz–oʻzini rivojlantira olish qobiliyati bilan belgilanadi. Olov olov bilan
yoqiladi, shaxs shaxs orqali shakllantiriladi. Oʻzida boʻlmagan narsani birovga berib boʻlmaydi.
Har qanday oʻqituvchi ham mahoratli oʻqituvchi boʻla oladimi, degan savolga tajribali pedagoglarimiz
shunday javob beradilar: “Ha! Lekin faqat oʻz ustida tinimsiz ish olib borish sharti bilan”.
Mahorat faoliyat jarayonida yuzaga chiqadi. Pedagogikada mahoratni aynan shunday tushunish qabul
qilingan. U oʻqituvchi belgilangan vaqt ichida erishishi mumkin boʻlgan optimal natijaga olib keladigan
pedagogik faoliyatning oliy darajasi sanaladi.
Pedagogik faoliyat obyekti – bu inson, shakllanayotgan shaxs ruhiy olamining nozik qirralari – aql,
hissiyot, idora, ishonch, oʻz-oʻzini anglash demakdir. Pedagogik faoliyat obyektining oʻziga xosligi
quyidagilarda namoyon boʻladi:
1. Inson tabiatning jonsiz bir boʻlagi emas, balki oʻzining takrorlanmas shaxsiy xususiyatlariga ega
boʻlgan, atroflardagi voqea–hodisalarga nisbatan oʻz tushunchalari va munosabatiga ega boʻlgan (jonli) aqlli
mavjudot. U pedagogik jarayonning ishtirokchisi, uning oʻz maqsadi, motivlari, oʻziga xos xulq–atvori bor.
Binobarin, pedagogik faoliyat obyekti uning subyekti hamdir. Chunki u pedagogik ta’sirga nisbatan har xil
munosabat bilidirishi mumkin. Zero, bu ta’sirni u oʻz ichki dunyosi orqali qabul qiladi.
2. Oʻqituvchi muntazam oʻzgarib, oʻsib borayotgan inson bilan ishlaydi. Unga nisbatan qolipga
solingan, stereotip xatti–harakatlarni qoʻllab boʻlmaydi. Bu juda murakkab jarayon boʻlib, oʻqituvchidan
doimiy izlanishni talab etadi.
3. Oʻquvchiga faqat pedagoglargina emas, balki uni oʻrab turgan muhit ham turli yoʻnalishlarda
bevosita ta’sir koʻrsatadi. Shuning uchun pedagogik faoliyat shu ta’sirlarni korreksiyalashni, ya’ni
tarbiyalash, qayta tarbiyalash hamda shaxsning oʻz–oʻzini tarbiyalashini tashkil etishni ham koʻzda tutadi.
Subyekt – bu tarbiyalanuvchiga ta’sir etuvchilar, ya’ni pedagog, ota–onalar, jamoa. Oʻquvchiga ta’sir
oʻtkazuvchi asosiy vosita bu oʻqituvchi, uning bilimi va qobiliyati. Agar oʻquvchilar oʻqituvchi shaxsini
tushunmasa, uning bilimi va xulq–atvoriga nisbatan tanqidiy munosabatda boʻlishsa, uning xatti–
https://buxdu.uz
|
| |