3 (79) 2021 pedagogik mahorat




Download 3,37 Mb.
Pdf ko'rish
bet78/344
Sana07.12.2023
Hajmi3,37 Mb.
#113345
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   344
Bog'liq
Pedagogik mahorat 3-son 2021 yil

3 (79) 2021 
 PEDAGOGIK MAHORAT 
61 
harakatlariga qarshilik koʻrsatadilar. Haqiqiy tarbiyachi oʻquvchi shaxsiga ijobiy axloqiy ta’sir koʻrsatadi. Bu 
esa oʻqituvchidan oʻzini axloqiy jihatdan muntazam takomillashtirib borishni talab etadi. 
Pedagogik mahoratni biz oʻqituvchida boʻlishi lozim boʻlgan bir qancha shaxsiy sifatlar majmuasi 
sifatida tushunamiz. Bu shaxsiy sifatlar kasbiy faoliyatni yuqori saviyada tashkil etishga imkon beradi. 
Shunday muhim sifatlarga – oʻqituvchi faoliyatining insonparvarligi; uning kasbiy bilimi; pedagogik 
qobiliyatlari va pedagogik texnikasini kiritish mumkin. 
Shu oʻrinda quyidagi holatlarni ta’kidlash joiz: birinchidan, pedagogik mahorat shaxs ruhiyatidagi 
oʻz–oʻzini tashkil etuvchi tizim boʻlib, insonparvar yoʻnalganlik bu tizimning asosiy omili boʻlib xizmat 
qiladi; ikkinchidan kasbiy mahoratni rivojlantirish zaminida (asosida) oʻqituvchi xatti–haraktalarining asl 
mohiyati asoslanganligi, ongliligini belgilaydigan kasbiy bilim yotadi. Yoʻnalganlik va kasbiy bilim 
professional yuqori darajadagi faoliyatning “skelet”i sanalanadi, u oʻz–oʻzini tashkil etuvchi tizimning 
yaxlitligini ta’minlaydi; uchinchidan, pedagogik qobiliyatlar mahoratning shakllanishini tezlashtiradigan 
xamirturush boʻlib hisoblanadi; toʻrtinchidan, bilim va qobiliyatga tayanadigan pedagogik texnika, u barcha 
ta’sir vositalarini maqsad bilan bog’lashga xizmat qiladi, shuningdek, pedagogik faoliyat strukturasini 
muvofiqlashtiradi. Shunday qilib, pedagogik mahorat tizimining toʻrt tarkibiy qismi ham oʻzaro bog’liq. 
Ularning oʻsishida faqat tashqi ta’sirning oʻzigina kifoya emas, ular oʻz–oʻzini rivojlantirishni ham talab 
etadi. Oʻz–oʻzini rivojlantirish maxsus bilim va koʻnikmalarga asoslanadi. Muvaffaqiyatning asosiy sharti – 
bu qobiliyatlar, vositasi esa pedagogik texnikadir. Endi pedagogik mahoratning toʻrt elementi toʻg’risida 
batafsil toʻxtalamiz. 
1. Oʻqituvchi shaxsining insonparvarligi. Fikrlar toʻqnashuvi va oʻz pozitsiyasi uchun kurashni drama 
deb hisoblasak, tarbiyachining butun, faoliyati dramalardan iborat. Binobarin, mahorat darajasi qancha 
yuqori boʻlsa, ziddiyatlar ham shunchalik aniq boʻladi. Chunki ijodkor oʻqituvchi tomonidan taklif etilgan 
tizimning yangiligi, odatda, eskirgan qarashlarning qarshiligiga uchraydi. 
“Shaxs yoʻnalganligi nimalardan iborat?”, - degan savolga psixologiya fani ideallar, qiziqishlar, 
qadriyatlar deb javob beradi. 
Koʻraylikchi, bu dramaning boshalanishi emasmi? Oʻqituvchi qanday oʻy–hayol bilan maktabga 
keladi? 
“Qoidadon” oʻqituvchi “dars oʻtish”, dasturni bajarish hayoli bilan maktabga kelyapti. Uning qiziqishi 
45 daqiqa mobaynida oʻzlashtirishi lozim boʻlagan materiallarga qaratilgan. 
Yangi yetakchi maktabga yorqin bayralar, marosimlar orzusida kelyapti. Endigina ish boshlagan yosh 
oʻqituvchi ham darsga kelyapti. Uning fikr-u hayoli oʻzining oʻqituvchilik mavqeini saqlab qolishda. U, 
avvalo, yoshlari orasida uncha katta farq boʻlmasa–da oʻquvchilar uni oʻqituvchi sifatida qabul qilishlari 
toʻg’risida qayg’uradi. 
Donetsklik oʻqituvchi V.F.Shatalov ham darsga kelyapti. Uning maqsadi oʻz oʻquvchilariga zafarli 
bilim olishlari uchun koʻmaklashish. 
Ularning hammasi maktabga, bolalar oldiga kelishyapti, lekin ular shaxsiy yoʻnalganligi asosining 
oʻziyoq drama(tik). Lekin ularning bu tarzdagi shaxsiy taraddudi tarbiyaning asosiy maqsadi – barkamol 
insonni shakllantirish vazifasiga qanchalik mutanosib. Masalaning muhimligi ana shunda.
Har bir oʻqituvchi shaxsining yoʻnalganligi turli xil boʻlib, ularning eng asosiysi, qimmatlilari 
quyidagilardir: 1) oʻziga nisbatan yoʻnalganlik, ya’ni oʻz–oʻziga ishonch, “menda bilimli, talabchan, haqiqiy 
oʻqituvchini koʻrishsin”, - degan istakning mavjudligi; 2) pedagogik ta’sir vositalariga yoʻlnalaganlik; 4) 
pedagogik faoliyat maqsadiga yoʻnalganlik – insonparvar strategiya, faoliyat obyekti va vositalariga nisbatan 
ijodiy yondashish. 
Pedagog uchun korreksiyalangan barcha turdagi yoʻnalishlar bilan yoʻg’rilgan, maqsadga olib 
boruvchi asosiy yoʻnalish, ya’ni faoliyatni insonparvarlashtirish muhimroqdir. Lekin faqat kelajak oldidagi 
mas’uliyatni his etish, ongli tirishqoqlik, bolalarga nisbatan cheksiz muhabbat orqaligina oʻqituvchining 
kasbiy mahorati shakllanadi: “Agar oʻqituvchi ham ishiga, ham bolalarga nisbatan muhabbatni oʻzida 
mujasamlashtira olsa”, - degan edi L.N.Tolstoy. 
Insonparvarlik yoʻnalishi yuqori topshiriq sifatida uning kundalik ishidagi muayyan vazifalarni 
belgilab beradi. Ikki xil vaziyatni taqqoslab koʻramiz. Birinchi kurs talabasi ta’lim markazi muzeyiga 
sayohat olib borayotib, nima uchun aynan shu muzey haqida bolalarga gapirib berishi kerakligini 
tushuntirishga qiynaladi. Mahoratli usta pedagog esa sayohatdan koʻzlangan bir necha vazifalar 
hamohangligini koʻra oladi, ya’ni oʻz–oʻzini anglashga yetaklash, pedagoglik kasbini egallashlaga targ’ib 
etish, oʻqituvchi mehnatining ichki tomonlarini koʻrsatish va shu orqali bu mashaqqatli kasb egalariga 
nisabatan cheksiz hurmat hissini uyg’otish va pirovard natijada oʻquvchining ijtimoiy rivojlanishning yanada 
yuqoriroq pillapoyasida tura olishiga koʻmaklashish. 
https://buxdu.uz



Download 3,37 Mb.
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   344




Download 3,37 Mb.
Pdf ko'rish