• Asosiy qism.
  • Key words: teacher, pedagogical skills, innovation, innovative activity, function, professional activity,  pedagogical activity.  Kirish




    Download 3,37 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet75/344
    Sana07.12.2023
    Hajmi3,37 Mb.
    #113345
    1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   344
    Bog'liq
    Pedagogik mahorat 3-son 2021 yil

    Key words: teacher, pedagogical skills, innovation, innovative activity, function, professional activity, 
    pedagogical activity. 
    Kirish. Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyev “Hozirgi vaqtda mamlakatimiz aholisining 32 foizini yoki 10 
    millionini 30 yoshgacha boʻlgan yoshlarimiz tashkil etadi. Yoshlarimiz haqli ravishda Vatanimizning kelajagi 
    uchun javobgarlikni zimmasiga olishga qodir boʻlgan, bugungi va ertangi kunimizning hal etuvchi kuchiga 
    aylanib borayotgani barchamizga g‘urur va iftixor bag‘ishlaydi. Bu sohada olib borayotgan keng miqyosli 
    ishlarimizni, xususan, ta’lim-tarbiya boʻyicha qabul qilingan umummilliy dasturlarimizni mantiqiy yakuniga 
    yetkazishimiz zarur. Shu maqsadda Hukumatning, tegishli vazirlik va idoralar hamda butun ta’lim tizimining, 
    hurmatli domlalarimiz va professor-oʻqituvchilarning eng muhim vazifasi – yosh avlodga puxta ta’lim berish, 
    ularni jismoniy va ma’naviy yetuk insonlar etib tarbiyalashdan iborat. 
    Farzandlarimiz uchun zamonaviy ish joylari yaratish, ularning hayotda munosib oʻrin egallashini 
    ta’minlashga qaratilgan ishlarimizni yangi bosqichga koʻtarishni davrning oʻzi taqozo etmoqda. Biz yoshlarga 
    doir davlat siyosatini hech og‘ishmasdan, qat’iyat bilan davom ettiramiz. Nafaqat davom ettiramiz, balki bu 
    siyosatni eng ustuvor vazifamiz sifatida bugun zamon talab qilayotgan yuksak darajaga koʻtaramiz. 
    Yoshlarimizning mustaqil fikrlaydigan, yuksak intellektual va ma’naviy salohiyatga ega boʻlib, dunyo 
    miqyosida oʻz tengdoshlariga hech qaysi sohada boʻsh kelmaydigan insonlar boʻlib kamol topishi, baxtli 
    boʻlishi uchun davlatimiz va jamiyatimizning bor kuch va imkoniyatlarini safarbar etamiz”. Ushbu fikrlar, oʻz 
    navbatida, oʻqituvchi-tarbiyachilarning yuksak kasbiy va shaxsiy fazilatlar egasi boʻlishini taqozo etadi. 
    Shuning uchun ham oʻqituvchi oldiga qoʻyilgan vazifalar oʻta murakkab, mas’uliyatli va ayni paytda 
    sharaflidir.
    Asosiy qism. Rivojlangan davlatlar safidan oʻrin olishni oʻz oldiga maqsad qilib qoʻygan 
    Oʻzbekistonimiz, xalq xoʻjaligining barcha tarmoqlari kabi ta’lim sohasida ham ilg’or texnologiyalarni joriy 
    etish va shu orqali ta’lim mazmunini jahon andozalari darajasiga olib chiqishga harakat qilmoqda. Shunday 
    ekan, bu borada oʻqituvchining innovatsion faoliyati asosiy va muhim ahamiyat kasb etadi.
    Hozirgi davr ta’lim taraqqiyoti yangi yoʻnalish – innovatsion pedagogikani maydonga olib chiqdi. 
    “Innovatsion pedagogika” termini va unga xos boʻlgan tadqiqotlar amalga oshirildi.
    Oʻqituvchining innovatsion faoliyatini samarali amalga oshirish bir qator shart-sharoitlarga bog’liq. 
    Unga oʻqituvchining tayinli muloqoti, aks fikrlarga nisbatan beg’araz munosabat, turli holatlarda ratsional 
    vaziyatning tan olinishini uqtirishga tayyorligi kiradi. Buning natijasida oʻqituvchi oʻz bilim va ilmiy 
    faoliyatini ta’minlaydigan keng qamrovli motivga ega boʻladi.
    Oʻqituvchi faoliyatida oʻz-oʻzini faollashtirish, oʻz ijodkorligi, oʻz-oʻzini bilishi va yaratuvchiligi kabi 
    motivlar muhim ahamiyat kasb etadi. Bu esa oʻqituvchi shaxsining kreativligini shakllantirish imkoniyatini 
    beradi.
    Yangilik kiritishning muhim sharti muloqotning yangi vaziyatini tug’dirishdir. Muloqotning yangi 
    vaziyati - bu oʻqituvchining oʻz mustaqillik mavqeini, dunyoga, pedagogik fanga, oʻziga boʻlgan yangi 
    munosabatni yarata olish qobiliyatidir. Oʻqituvchi oʻz nuqtayi nazarlariga oʻralashib qolmaydi, u pedagogik 
    tajribalarning boy shakllari orqali ochilib, mukammallashib boradi. Bunday vaziyatlarda oʻqituvchining 
    fikrlash usullari, aqliy madaniyati oʻzgarib boradi, hissiy tuyg’ulari rivojlanadi.
    Keyingi sharti - bu oʻqituvchining madaniyat va muloqotga shayligi.
    https://buxdu.uz



    Download 3,37 Mb.
    1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   344




    Download 3,37 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Key words: teacher, pedagogical skills, innovation, innovative activity, function, professional activity,  pedagogical activity.  Kirish

    Download 3,37 Mb.
    Pdf ko'rish