|
3 (79) 2021 pedagogik mahoratBog'liq Pedagogik mahorat 3-son 2021 yil3 (79) 2021
PEDAGOGIK MAHORAT
65
innovatsiya va innovatsion faoliyatga doir mavjud munosabatlarda yagona ilmiy asoslangan
munosabatlarning yaratilmaganligi kabi holatlarni aytib oʻtishimiz mumkin.
Koʻrsatib oʻtilgan ziddiyatli munosabatlar oʻz yechimini topsa innovatsiyalarning ijtimoiy va shaxsiy
yoʻnaltirilganligini mamlakat taraqqiyotini ta’minlashda foydalanish tartibini ijtimoiy psixologik jihatdan
asoslab beradi. Buning uchun metodologik darajada, shaxsni fenomenologik nazariyasi asosida, ya’ni
subyektni qobiliyatlari dolzarblashuv va oʻzini oʻzi dolzarblashuvi asosida kechishini inobatga olib,
talabalarda innovatsiya haqida tasavvurlarni shakllantirib, innovatsiyalarni amaliyotda qoʻllash koʻnikmasi
va malakasini shakllantirish maqsadga muvofiqdir.
Muhokamalar va natijalar. Hozirgi kunda oliy ta’lim tizimida ham zamonaviy innovatsion
texnologiyalardan foydalanishga boʻlgan ehtiyoj kundan-kunga ortib bormoqda. Oliy ta’lim tizimida dars
jarayonlarida uzluksiz ravishda innovatsion texnologiyalardan foydalanish talabalar uchun darslarda
qatnashishga yanada qiziqish uyg‘otib, buning natijasida talaba an’anaviy, innovatsion va ilmiy–ijodiy
yondashuvlar dinamikasida oʻzini egallayotgan kasbiga boʻlgan munosabatini tafakkur tahlilidan oʻtkazib,
yoʻl qoʻyilayotgan kamchiliklar, muammoli savol va muammoli vaziyatlar tevaragida fikr yurita boshlaydi.
Yangi innovatsion texnologiyalardan foydalangan holda darsni tashkil etish uchun oliy ta’lim
tizimidagi professor-oʻqituvchilar yangicha ta’lim usullarini yaxshi bilishlari kerak. Zamonaviy pedagogik
texnologiyalar ta’lim jarayonining barcha komponentlari; ta’lim qonun-qoidalari, mazmuni, metodlari,
vositalar va shakllarining oʻquvchi va oʻqituvchi aqliy salohiyatini kuchaytirishga yoʻnaltirilgan aniq
maqsadlar qoʻyilishi hamda ularning toʻla bajarilishiga kafolatli olib boradigan, oʻta mukammal ishlab
chiqilgan texnologik tizimdir.
Ta’lim-tarbiya jarayoniga bir necha xil yondashuvlar mavjud boʻlib, shulardan: an’anaviy, tizimli,
texnologik, tadqiqiy, funksional, kompleks va faoliyatli yondashuvlar farq qilinadi. Jumladan, texnologik
yondashuv mohiyatan ta’lim-tarbiya jarayoniga zamonaviy pedagogik texnologiyalar tatbiqini anglatadi.
Oliy ta’lim tizimida zamonaviy pedagogik texnologiyalardan foydalanishdan asosiy maqsad koʻnikma
va malakalar asosida talabaning bilish va shaxsiy qobiliyati bilan birgalikda aqliy kamolotini, kelajakda
mehnat faoliyatiga boʻlgan munosabatini hamda dunyoqarashini yangicha innovatsion takomillashtirishdan
iborat.
Ta’lim-tarbiya jarayonida innovatsion pedagogik texnologiyalardan foydalanish deganda oʻquv
jarayonini loyihalash texnologiyasini tushunamiz va shu asosda vujudga kelgan interfaol metodlardan
foydalanib ta’lim-tarbiya jarayonini tashkil qilamiz.
Bu jarayon “subyekt-subyekt” munosabatlariga muvofiq, oʻqituvchi-talaba”, yoki “talaba-talaba”, teng
huquqli faol va doʻstona munosabatlarga kirishgan holda ta’lim-tarbiyaviy muammolar yechimi topiladi. Bu
jarayonda asosiy e’tibor talabaning mustaqil fikr rivojiga, ijodiy izlanishiga va shu asosda ilg‘or fikr, ya’ni
g‘oyalarni ilgari surishiga tayaniladi. Ta’lim-tarbiya jarayonining subyekti talaba hisoblanib, oʻqituvchi
yoʻnalish beruvchi va yakuniy xulosa chiqaruvchi hamda birgalikda tavsiya ishlab chiqaruvchi vazifasini
oʻtaydi. Bundan koʻrinib turibdiki, innovatsion texnologiyalardan foydalanish darsda va darsdan tashqari
vaqtlarda talabalarning oʻqituvchilar bilan shaxsiy munosabatlarini ijobiy shakllantirishda muhim rol
oʻynaydi. Chunki ta’lim jarayonida innovatsion texnologiyalardan qiziqib foydalangan talaba oʻqituvchining
og‘zaki koʻrsatmasisiz yangi vazifalarni aniqlab, oʻzining aqliy izlanishi tufayli turli yoʻl, usul va vositalar
topib, mustaqil ravishda muammolarni hal qiladilar.
Oʻtkazayotgan tajribalarimizdan shu narsa ma’lum boʻldiki, oʻqituvchi va talaba munosabatlarini
ijobiy shakllantirishda innovatsion texnologiyalardan foydalanish hamkorligi tashkil etilsa ijobiy natija hosil
boʻladi. Innovatsion texnologiyalardan oʻquv jarayonida mustaqil foydalangan talaba oʻz shaxsiga nisbatan
mustaqil tanqidiy koʻz bilan qarab, oʻz xatolarini koʻra olsa va bajargan ishlarini tahlil qilsa, buning
natijasida oʻziga yetarlicha baho bera oladi. Oliy ta’lim tizimida oʻtkazilayotgan har bir dars, mavzu, oʻquv
predmetining oʻziga xos texnologiyasi bor, ya’ni oʻquv jarayonidagi innovatsion texnologiya bu yakka
tartibdagi jarayon boʻlib, u talabaning ehtiyojidan kelib chiqqan holda bir maqsadga yoʻnaltirilgan, oldindan
loyihalashtirilgan va kafolatlangan natija berishiga qaratilgan jarayondir. Bu jarayonni bevosita oʻqituvchi
boshqaradi. Oliy ta’lim tizimida ta’lim jarayonida innovatsion texnologiyalardan foydalanish uzluksiz
ravishda bosqichma-bosqich amalga oshiriladi. Innovatsion texnologiyalardan foydalanishning birinchi
bosqichida kadrlar tayyorlash milliy modeli oʻquv predmeti boʻyicha davlat ta’lim standartlari, ulardan kelib
chiqadigan xulosalar, yosh avlodning har tomonlama rivojlanishiga yoʻnaltirilgan ta’lim mazmunini tanlash
holatlari, tegishli mashg‘ulotlarni umumiy aniq maqsadga erishishi uchun ta’limning tashkiliy shaklini
tanlash hisobga olinadi.
Innovatsion texnologiyalardan foydalanishning ikkinchi bosqichida ta’lim konsepsiyalari, ta’lim tizimi
bosqichlari nazarda tutilgan asosiy g‘oyalar ifodalangan xulosa hisobga olinadi.
https://buxdu.uz
|
| |