|
PEDAGOGIK MAHORAT 3 (79) 2021Bog'liq Pedagogik mahorat 3-son 2021 yilPEDAGOGIK MAHORAT 3 (79) 2021
64
talablarining ortib borishi, ta’limning axborotlashuvi, insonlar hayoti sifatining oshishi soha
mutaxassislaridan kasbiy faoliyatiga innovatsiyaviy tarzda yondashishni taqozo etmoqda [7].
Asosiy qism. Innovatsiyalarning (lot. innovatio, ingl. Innovation - yangilik kiritish) tarixi, maqsadi
shundan dalolat bermoqdaki, yangi sifat natijasiga erishishdan iborat. Bu sifat natijasi ta’lim-tarbiyada,
ishlab chiqarishda namoyon boʻlib, mutaxassisga davr muddaosidan kelib chiqqan holda, iste’molchi va
ishlab chiqaruvchilarning talab hamda takliflarini inobatga olib, umummadaniy, umumkasbiy
kompetensiyalarni egallab, raqobatbardoshlikni saqlab qolishdan iborat. V.A.Slastenin, L.S.Podimova va
T.N.Dubininalarning koʻrsatib oʻtishicha, talabalar va oʻqituvchilar tomonidan innovatsiyalarni oʻzlashtirish
jarayoni stixiyaviy tarzda kechib, afsuski, toʻliq refleksiyalashmayapti [8]. Jamiyat hayoti turli sohalarining
taraqqiy etishini ta’minlash, bevosita innovatsiyalarning vujudga kelishi bilan, turli kasb sohalarida
innovatsiyaviy texnologiyalarni oʻzlashtirish va tadbiq etishi bilan bog‘liqdir.
Innovatsiyaviy faoliyat, kogitologik (lot. Cogitio - tafakkur, logos – ta’limot) yondashuvni taqozo
etadi. Bu mutaxassis kasbiy faoliyatga doir boʻlgan turli bilim va tajribalarni oʻzlashtirib, oʻzining faoliyati
doirasida ularning sara jihatlarini tatbiq etishni anglatadi. Innovatsiyalarni oʻzlashtirish shaxsdan ma’lum
sifatlarga ega boʻlishni talab etadiki, aynan shaxsiy sifatlar innovatsiyaviy jarayonlarga subyektning
ishtirokini ta’minlaydi. Shu tariqa talabalarni innovatsiyaviy faoliyatga tayyorlashning ijtimoiy-psixologik
asoslarini nazariy jihatdan oʻrganish dolzarblashadi.
Innovatsiyaviy faoliyat bilan shug‘ullanish uchun shaxsda ma’lum bir sifatlar, jumladan: ochiqlik,
munosabatlar plyuralizmiga tayyor turish, hamkorlikka intilish, ta’limiy mobillik, kommunikativlik,
psixologik kompetentlik kabilar mujassamlashgan boʻlishi lozim. Mamlakatimizning ijtimoiy-iqtisodiy
taraqqiyotini ta’minlashda psixologiya fanining yutuqlaridan maqsadli foydalanish davr talabiga
aylanmoqda.
Talabalarni innovatsion faoliyatga tayyorlash esa, mehnat bozorining zamonaviy ehtiyojlariga mos
kadrlarni tayyorlashning ijtimoiy-psixologik jihati hisoblanadi. Innovatsiya va innovatsion madaniyat
masalasi psixolog, pedagog va faylasuf olimlarning ishlarida oʻrganilgan. Jumladan, A.S.Waterman,
J.Turner, S.Stryker, J.Edmondson, M.Bingham, T.S.Bochkareva, E.V.Galajinskiy, V.I.Dolgova, E.F.Zeer,
V.E.Klochko, S.A.Novoselov, L.S.Podimov, A.I.Prigojin, V.A.Slastenin, V.A.Fedorov, F.T.Xamatnurov,
A.V.Xutorskiy,
E.E.G‘oziyev,
G‘.B.Shoumarov,
V.M.Karimova,
B.R.Qodirov,
R.S.Samarov,
D.G.Muxamedova, B.Umarov, N.K.Chapayev, Z.T.Nishonovalar vitagen tajribani faoliyatdagi oʻrnini tadqiq
etgan. Innovatsiyaviy faoliyatni egallash uchun asos boʻladigan shaxs sifatlarini oʻrganishga doir
V.A.Gerasimova,
A.Inkeles,
R.M.Lobaskaya,
M.Rokeach,
C.R.Rogers,
J.R.Nuttin,
G.Hofstede,
E.A.Lutoxina, C.B. Mokichevlarning ishlarini koʻrsatib oʻtish mumkin.
Xorijiy manbalarda shaxsning fenomenologik nazariyasi doirasida (K.Rodjers, A.Maslou)
dolzarblashuv hamda krizis (E.Erikson) masalasi ham tadqiq etilganki, talabalarni innovatsiyaviy faoliyatga
tayyorlash uchun ta’lim jarayonida ularda bir qator muhim shaxsiy-kasbiy sifatlarni shakllantirishda nazariy
asos boʻla oladi.
Shu oʻrinda, nazariy yondashuvlarda mavjud boʻlgan bir qator ziddiyatli nuqtayi nazarlarning
yechimini topish lozim boʻladi. Bular:
- ijtimoiy-psixologik darajada: sotsium tomonidan mutaxassisni kasbiy tayyorgarligiga qoʻyilayotgan
talablari, ishlab chiqaruvchilarning innovatsiyalarni qabul qilishga tayyorgarligi, innovatsiyalarni
yaratuvchilarning ishlab chiqarishning sifat ta’minotiga e’tibor qaratgani, innovatsiyalar uchun resurslarning
mavjudligi va ulardan foydalana bilish talabalarda innovatsion tajribalarni oʻzlashtiruvchi va tashuvchisi
sifatida munosabat emas, balki istiqbolda innovatsiyalarni yaratuvchi subyektlar tarzida munosabatda
boʻlishi konseptual asoslarining yaratilmaganligi;
- ilmiy psixologik-pedagogik darajada: talabalarni innovatsion faoliyatga tayyorlash uchun zamonaviy
psixologiya va pedagogika fanlari imkoniyatlaridan keng foydalanib, talabalar shaxsida muhim shaxsiy va
kasbiy sifatlarni shakllantirish uchun kompetensiyaviy modelning yaratilmaganligi tashkiliy, uslubiy va
nazariy muammolarni vujudga keltirmoqda. Bunda pedagogik tizim doirasida mezonlarni belgilash,
tayyorgarlik darajasini kasbiy va psixologik jihatdan baholash, shaxsiy sifatlarning diagnostikasini amalga
oshirish va psixologik prognozini bajarish, egallagan sifatlarni istiqbolda namoyon etish koʻnikmasini
shakllantirish texnologiyasining milliy muhitda yaratilmaganligi, kasbiy ongni shakllantirish masalasining
chuqur oʻrganilmaganligi;
- ilmiy-metodik darajada: ta’lim muassasalarida talaba shaxsini innovatsion faoliyat bilan
shug‘ullanish uchun tayyorlashga salohiyatining yetarlicha emasligi, standartlashtirilgan psixologik
metodikalarning yaratilmaganligi, talabalarni egallayotgan ixtisosligiga doir bilim va koʻnikmalarni
egallashini motivlashtirishni ibratli (namunaviy) tajribasining yaratilmaganligi, ta’lim muassasalarida
https://buxdu.uz
|
| |