|
PEDAGOGIK MAHORAT 3 (79) 2021Bog'liq Pedagogik mahorat 3-son 2021 yilPEDAGOGIK MAHORAT 3 (79) 2021
66
Innovatsion texnologiyalardan foydalanishning uchinchi bosqichida oliy ta’lim tizimida uzoq
muddatga moʻljallangan alohida oʻquv predmetlarining istiqboldagi maqsadi, shuningdek, alohida olingan
oʻquv predmeti hisobga olinadi.
Innovatsion texnologiyalardan foydalanishning toʻrtinchi bosqichida oʻqituvchi tomonidan oʻquv
predmetlari mazmunini tanlash tamoyillari va mezonlari hamda usullari aniqlanadi.
Innovatsion texnologiyalardan foydalanishning beshinchi bosqichida talabalarning vazifalari,
shuningdek, talabalarning oʻquv faoliyatini bajarishlariga yoʻnaltirilgan ta’lim turi namoyon boʻladi. Bu
jarayonning pedagogik texnologiyada oʻqituvchi va talabalarning oʻzaro munosabatlarida demokratik
usullar, tashkiliy shakllar va ta’lim vositalarini tanlashda alohida oʻrin beriladi.
Oʻqituvchi va talabalarning munosabatlarini ijobiy shakllantirishda innovatsion texnologiyalardan
foydalanish jarayoni oʻqituvchi va talabalarning birgalikdagi faoliyat koʻrsatish imkoniyatlari va vositalarini,
talabalarning ijobiy irodaviy sifatlarini rivojlantirish maqsadiga erishishni yakuniy natijalarda
mujassamlashtiradi. Oliy ta’lim tizimida innovatsion texnologiyalarni ta’lim jarayonida muvaffaqiyatli
qoʻllay olgan har bir oʻqituvchi quyidagi natijalarni qoʻlga kiritadi:
- har bir talabaning fikrlash qobiliyati faollashadi;
- har bir talaba bahs, munozaraga yoʻnaltiriladi;
- har bir talaba mustaqil fikrlay boshlaydi;
- oʻqituvchi vaqtdan unumli foydalanadi;
- talabada oʻquv faoliyatiga boʻlgan ijobiy motivlarni shakllantiradi.
Xulosa. Mazkur imkoniyatlarni anglay olish pedagogik faoliyatga nisbatan bir oz ijodiy texnologik
yondashish mashg‘ulotlarning qiziqarli boʻlishini ta’minlash bilan birga, talabalar tomonidan har bir mavzu
boʻyicha bilimlarni puxta egallashi uchun zamin yaratadi. Darhaqiqat, oʻquv mashg‘ulotlari uning doimiy
ravishda bir xilda takrorlanishi talabalarda loqaydlik, bilim olishga nisbatan mas’uliyatsizlik kayfiyatini hosil
qiladi. Tashqi (globallashuv, ijtimoiy-madaniy transformatsiya, kommunikatsion borliqning axborotlashuvi,
jamiyatni demokratlashtirish va gumanizasiyalashtirish, sotsium, davlat, ta’lim oluvchilar va ishlab
chiqaruvchilarning ta’lim tizimi oldiga qoʻyilayotgan talablarini oʻzgarib borilayotganligi va boshqalar) va
ichki (jamiyat va shaxs madaniyatining aloqadorligi, ta’lim muassasasining pedagogik salohiyati, kadrlar
tayyorlashga oid kompetensiyaviy yondashuvning tatbiq etilishi, shaxsiy sifatlarning dinamik mazmun kasb
etishi, ta’lim muassasasining korparativ madaniyati, talabalarning oliy ma’lumotli boʻlishga ehtiyoji, motivi
kabilar) omillarning majmuasi asosida innovatsiyaviy faoliyat modeli yaratiladi.
Innovatsion faoliyat bilan muvaffaqiyatli tarzda shug‘ullanish uchun talabalarga kerak boʻlgan
innovatsiyalarga ochiqlik, idrok madaniyati, kreativlik, assertivlik, tolerantlik, refleksivlik, oʻzini
dolzarblashtirish, mas’uliyat kabi qadriyatli-mazmunli shaxsiy xossalar majmuasining funksional va
strukturaviy jihatlarining ijtimoiy psixologik jihatlari psixologik testlar vositasida emperik tarzda oʻrganilsa
maqsadga muvofiq boʻladi.
|
| |