|
PEDAGOGIK MAHORAT 3 (79) 2021Bog'liq Pedagogik mahorat 3-son 2021 yilPEDAGOGIK MAHORAT 3 (79) 2021
62
Kasbiy bilimning kompleksligi, umumlashganligi bilan birga uning shaxsiy boʻyoqdorligi ham muhim
ahamiyatga ega. IX sinfda adabiyot darsi boryapti. Yusuf xos Hojibning ”Qutadg’u bilig” asari xususidagi
oʻz fikrlari, uning tarjimalari undagi qahramonlar haqida koʻp gapirildi. Oʻquvchilar ham oʻz fikrlarini bayon
qildilar. Bu suhbatni olib borayotgan oʻqituvchi esa biror marta ham “Menimcha”, “Men oʻylaymanki...”
degan soʻzlarni aytmadi. Fan, madaniyatning butun zaxirasi toʻg’risidagi bilim oʻqituvchining oʻz
qiziqishlari va ideallari bilan boyitilsa, uning oʻz pozitsiyasi sifatida qabul qilinadi. Oʻqituvchining mahorati
bilimlarni insoniylashtirishda, unga ruh bag’ishlashda namoyon boʻladi. Zero, bilimlar shunchaki kitoblardan
olingan ma’lumotday emas, balki oʻzining olamga munosabati tarzida yetkazilishi lozim.
Pedagogning kasbiy bilimi asosida pedagog tafakkuri – prinsip va qoidalar shakllanadi. Ular
oʻqituvchi xatti–haraktlari, xulq-atvorida namoyon boʻladi. Bu prinsip, qoidalarni har bir oʻqituvchi
tajribasiga tayangan holda quradi. Lekin faqat kasbiy bilim orqaligina uni anglash va uning qonuniyatlarini
koʻra olish mumkin. “Abadiy doskaga chiqarilgan” – oʻqituvchi haqida shunday deyiladi. Shuni ham hisobga
olish kerakki, oʻqituvchini tayyorlash, kasbga layoqatli boʻlishini ta’minlash juda murakkab jarayon. Chunki
kasbiy bilim bir varakayiga barcha darajalarda teng shakllantirilashi kerak: metodologik (rivojlanishning
umumfalsafiy qonuniyatlarni, tarbiya maqsadi, shart-sharoitlarini bilish), nazariy (pedagogika va
psixologiyaning qonun–qoidalari, prinsiplari, faoliyatning asosiy shakllari va b.), metodik (oʻquv–tarbiya
jarayonini koʻra olish darajasi), texnologik (muayyan sharoitda ta’lim-tarbiyaning amaliy topshiriqlarini hal
etish darajasi). Bu ma’lum darajada rivojlangan kasbiy tafakkurni, ya’ni pedagogik maqsadni amalga
oshirishga qaratilgan bilimlarni tanlash, tahlil qilish va qayta ishlashni talab etadi.
Adabiyotlar
1.Karimov I.A. Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch. –T.: “Ma’naviyat”, 2008.
2. Mirziyoyev Sh.M. Erkin va farovon, demokratik Oʻzbekiston davlatini mard va olijanob хalqimiz
bilan birga quramiz. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti lavozimiga kirishish tantanali marosimiga
bag’ishlangan Oliy Majlis palatalarining qoʻshma majlisidagi nutq. - T.: “Oʻzbekiston”, 2016.
3. Sultonova G.A. Pedagogik mahorat. - T.: “Oʻzbekiston”, 2017.
4. Turg‘unov S.Т., Maqsudova L.A. Pedagogik jarayonlarni tashkil etish va boshqarish. - Т., 2015.
5. Tolipov Oʻ., Usmonboyeva M. Pedagogik texnologiya: nazariya va amaliyot. - Т., 2016.
6.Azizxoʻjayeva N.N. Oʻqituvchi mutaxassisligiga tayyorlash texnologiyasi. –T.: TDPU, 2000.
7. Sayidahmedov N., Ochilov A. Yangi pedagogik texnologiya mohiyati va zamonaviy loyihasi. -
T.: RTM, 1999.
https://buxdu.uz
|
| |