3 (79) 2021 pedagogik mahorat




Download 3,37 Mb.
Pdf ko'rish
bet76/344
Sana07.12.2023
Hajmi3,37 Mb.
#113345
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   344
Bog'liq
Pedagogik mahorat 3-son 2021 yil

3 (79) 2021 
 PEDAGOGIK MAHORAT 
59 
Oʻqituvchining innovatsion faoliyati voqelikni oʻzgartirishga, uning muammolari va usullarini 
yechishni aniqlashga qaratilgandir. Oʻqituvchi va talaba oʻrtasidagi muloqot namunasining oʻzgarishi, 
innovatsion faoliyat shartlaridan biridir.
Yangi munosabatlar, an’analarda boʻlganidek, qistovlar, hukmga boʻysunish kabi unsurlardan holi 
boʻlishi lozim. Ular tenglarning hamkorligi, oʻzaro boshqarilishi, oʻzaro yordam shaklida qurilgan boʻlishi 
darkor.
Ular munosabatlaridagi eng muhim xususiyat bu oʻqituvchi va talabaning ijoddagi hamkorligidir.
Innovatsion faoliyat quyidagi asosiy funksiyalar bilan izohlanadi:
- kasbiy faoliyatning ongli tahlili;
- me’yorlarga nisbatan tanqidiy yondashuv;
- kasbiy yangiliklarga nisbatan shaylik;
- dunyoga ijodiy yaratuvchilik munosabatida boʻlish;
- oʻz imkoniyatlarini roʻyobga chiqarish, oʻz turmush tarzi va intilishlarini kasbiy faoliyatda mujassam 
qilish.
Demak, oʻqituvchi yangi pedagogik texnologiyalar, nazariyalar, konsepsiyalarning muallifi, ishlab 
chiqaruvchisi, tadqiqotchisi, foydalanuvchisi va targ’ibotchisi sifatida namoyon boʻladi.
Hozirgi jamiyat, madaniyat va ta’lim taraqqiyoti sharoitida oʻqituvchi innovatsiya faoliyatiga boʻlgan 
zaruriyat quyidagilar bilan oʻlchanadi:
- ijtimoiy-iqtisodiy yangilanish ta’lim tizimi, metodologiya va oʻquv jarayoni texnologiyasining 
tubdan yangilashni talab qiladi;
- bunday sharoitda oʻqituvchining innovatsiya faoliyati pedagogik yangiliklarni yaratish, oʻzlashtirish 
va foydalanishdan iborat boʻladi; 
- mazmunini insonparvarlashtirish, doimo oʻqitishning yangi tashkiliy shakllarini, texnologiyalarini 
qidirishni taqozo qiladi;
- pedagogik yangilikni oʻzlashtirish va uni tatbiq etishga nisbatan oʻqituvchining munosabati xarakteri 
oʻzgarishi.
Oʻqituvchining innovatsion faoliyati tahlili yangilik kiritishning samaradorligini belgilovchi muayyan 
me’yorlardan foydalanishni talab qiladi. Bunday me’yorlarga - yangilik, yuqori natijalilik, ommaviy 
tajribalarda innovatsiyani ijodiy qoʻllash imkoniyatlari kiradi. Yangilik pedagogik yangilik me’yori sifatida 
oʻzida taklif qilinadigan yangini, yangilik darajasi mohiyatini aks ettiradi. 
Pedagog olimlar yangilikning qoʻllanish mashhurligi darajasi va sohasiga koʻra farqlanadigan mutlaq, 
chegaralangan mutlaq, shartli, subyektiv darajalarini farqlaydilar.
Inson oʻzining xatti-harakatlariga, fikrlariga nisbatan kuzatuvchi, tadqiq qiluvchi boʻlib qolmasligi, 
balki boshqa personajlar, ularning xatti-harakatlarini oʻrganuvchi mavqeini egallashi ham kerak.
Innovatsion faoliyat tuzilmasi haqidagi muhim tizimli tasavvurlar, ularning vazifalarini asoslash
ularning shakllanganlik me’yorlari va sathlari ularni oliy maktab amaliyotiga tatbiq etishning zarur omili 
hisoblanadi.
Innovatsionlik pedagogik jarayonni ifodalab, nafaqat uning didaktik qurilmasiga, balki oʻqituvchining 
ijtimoiy mohiyatli natijalari va ruhiy qiyofasiga ham taalluqlidir.
Innovatsionlik ochiqlikni, boshqalar fikrining tan olinishini bildiradi. Oʻqituvchining innovatsion 
faoliyati turli xildagi qarashlarning toʻqnashuvi va oʻzaro boyitilishi dinamikasida amalga oshishini koʻzda 
tutadi. Shunday ekan oʻqituvchining innovatsion faoliyati ta’lim sifati va samaradorlikka erishishda muhim 
omil boʻlib xizmat qiladi.
Oʻqituvchi kаsbiy mаhоrаtidа muhim аhаmiyatgа egа boʻlgаn vа insоniy fаzilаt хushmuоmаlаlikni 
oʻzidа shаkllаntirish uchun muntаzаm ish оlib bоrishi zаrur. Oʻqituvchi pеdаgоgik fаоliyatigа оid shахsiy 
oʻz-oʻzini tаrbiyalаshning oʻzаrо fikr аlmаshish vа аlоqаdоrlikkа dоir quyidаgi tizimlаrini tаvsiya etish 
mumkin.
1. Kаsbiy fаоliyat jihаtidаn oʻz-oʻzini аnglаshni (muоmаlаdа oʻzаrо fikr аlmаshishgа dоir sifаtlаrni, 
ijоbiy vа zаif tоmоnlаrini аniqlаshni) аmаlgа оshirish vа shu аsоsdа oʻzаrо fikr аlmаshish orqali oʻz-oʻzini 
tаrbiyalаsh dаsturini ishlаb chiqish.
2. Oʻz kаsbiy fаоliyatigа quyidаgi yoʻnаlishlаrdа bаhо bеrish mаqsаdgа muvоfiq: kishilаr bilаn 
boʻlgаn muоmаlаdаn soʻng оlingаn tааssurоtlаrni tаhlil qilish, oʻquvchilаr bilаn muоmаlаning soʻnggi 
hоlаtlаrini oʻrgаnib, muоmаlа hаqidа oʻzining yutuq vа kаmchiliklаrini tаhlil qilish, muоmаlаdаgi 
imkоniyatlаringizni аtrоfdаgilаr (oʻqituvchilаr jаmоаsi, оtа-оnаlаr, oʻquvchilаr) qаndаy bаhоlаshi hаqidаgi 
tаsаvvurlаrgа egа boʻlish. 
3. Oʻzidа insоnpаrvаrlikning аsоsiy хususiyatlаrini rivоjlаntirish yuzаsidаn iхtisоslаshtirilgаn oʻz-
oʻzigа tа’sir oʻtkаzuvchi “аutоgеn” mаshqlаr аsоsidа ishlаsh. 
https://buxdu.uz



Download 3,37 Mb.
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   344




Download 3,37 Mb.
Pdf ko'rish