• 1-jadval. Keys yechimlarini topishda oʻqituvchi va oʻquvchi ish faoliyatini taqsimlash Ish fazalari Tayyorgarlik ishi Keysni yechish jarayonida
  • 3 (79) 2021 pedagogik mahorat




    Download 3,37 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet73/344
    Sana07.12.2023
    Hajmi3,37 Mb.
    #113345
    1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   344
    Bog'liq
    Pedagogik mahorat 3-son 2021 yil

    3 (79) 2021 
     PEDAGOGIK MAHORAT 
    57 
    2. Ta’lim jarayonida, ayniqsa, boshlang‘ich ta’limda, odatda, tayyor axborotlardan foydalaniladi. Ammo 
    axborotlarni oʻzlashtirishning usullari (yangi usullarni oʻylab topish), ularning manbalariga, oʻzlashtirilgan 
    bilimlarni mustaqil qoʻllay olish (oʻrganilgan qoidalarni boshqa misollarda ham qoʻllab koʻrish)ga e’tibor 
    qaratilmaydi. [4, 125]. Darslarda “Case-study” metodini qoʻllash orqali tayyor oʻquv materiallarini oʻzlashtirish 
    emas, balki oʻquv materiallarini oʻzlashtirishning usullari (yangi usullarni oʻylab topish), ularning manbalariga, 
    oʻzlashtirilgan bilimlarni mustaqil qoʻllay olish (oʻrganilgan qoidalarni boshqa misollarda ham qoʻllab koʻrish)ga 
    oʻrgatiladi.
    3. “Case-study” metodining qoʻllash natijasi sifatida nafaqat oʻquv faoliyati, balki oʻzlashtirilgan oʻquv 
    materiallarini amaliyotga tatbiq etish orqali hayotiy faoliyat davomida qoʻllay olishi lozim boʻlgan bilimlarni 
    oʻzlashtirish, malakalarini egallash koʻzda tutiladi. 
    4. Metodni qoʻllash jarayonida fan yuzasidan oʻquv-biluv motivasiyani shakllantirish orqali oʻquvchilarni 
    ta’lim jarayonida faol ishtirokchiga aylantiradi.
    “Case-study” metodidan foydalanishning qiyidagi metodik tizimi ishlab chiqildi (1-rasm). 
    Metodning samaradorligini oshirish uchun kichik guruhlarda ishlarni tashkil etish, kichik guruhlardagi 
    qarorlarning taqdimotlarini tashkil etish, umumiy munozarani tashkil etish mumkin. Keysni yechish davomida 
    oʻquvchi:
    - faol ishtirok etishi;
    - oʻz fikrini aniq tushuntirishi; 
    - vaqt resurslarini muqobil boshqarishi; 
    - jamoada ishlay olish lozim (2-jadval). 
    1-jadval. Keys yechimlarini topishda oʻqituvchi va oʻquvchi ish faoliyatini taqsimlash 
    Ish fazalari 
    Tayyorgarlik ishi 
    Keysni yechish jarayonida 
    Oʻqituvchi 
    1. Keys tanlaydi. 
    2. Zarur materiallarni aniqlaydi. 
    3. Mashg‘ulotning ssenariysini 
    ishlab chiqadi.
    4. Guruhlar ishini tashkil etishi. 
    1. Shartlarning tahlilini kuzatadi. 
    2. Vazifalarni taqsimlaydi.
    3. Vaqtni nazorat qiladi. 
    4. Yechimlarning yoʻnalishini aniqlaydi. 
    5. Natijalarning toʻg‘riligini aniqlaydi.
    Oʻquvchi 
    1. Mashg’ulotga tayyorgarlik 
    koʻradi. 
    1. Shartlarni tahlil qilish. 
    2. Yakka va guruhda vazifalarni bajarish.
    3. Yechimlarni tekshirish.
    4. Natijalarni taqdim etish. 
    Xulosa. Keys metodidan dars jarayonining ixtiyoriy bosqichida qoʻllanilishi mumkin. Shuningdek, metod 
    yangi bilim beruvchi, mustahkamlovchi, aralash, nazorat dars turlarida qoʻllanilishi mumkin. Bundan tashqari 
    mustaqil ishlarni tashkil etishda foydalanish imkoniyatlari mavjud. Boshlang‘ich sinflarda, asoson, keyslar qisqa 
    muddatli, dars davomida muhokama etishga moʻljallangan va qisman darsda beriladigan nazariy materiallarni 
    amaliy jihatdan oʻrganish, sinab koʻrish, koʻrgazma sifatida taqdim etishda qoʻllaniladi. 

    Download 3,37 Mb.
    1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   344




    Download 3,37 Mb.
    Pdf ko'rish