|
3 (79) 2021 pedagogik mahoratBog'liq Pedagogik mahorat 3-son 2021 yilAsosiy qism. Oʻquv materiallari bilan ishlash samaradorligi nafaqat darsliklardagi oʻquv materiallari,
balki qoʻshimcha axborotlar bilan ishlashga ham bog‘liq. Axborot almashinish muhitida “Case-study”
metodining kompetensiyaviy yondashuvida oʻquvchilarni muammo mohiyatini aniqlash, g‘oyalarini ilgari
surish, topshiriqlar yechimini topish, ma’lumotlarni taqqoslash, muqobilini tanlash, tahlil qilishi orqali oʻquv
materiallari bilan ishlashga oʻrgatish maqsad qilib olindi.
“Case-study” metodining kompetensiyaviy yondashuvi orqali oʻquvchilar mustaqil ijodiy izlanish
yoʻli bilan oʻquv materiallarini izlab topish, muqobilini tanlash, muammo mohiyatini anglash, g‘oyalarni
ilgari surish, ma’lumotlarni taqqoslash, tahlil qilish va umumlashtirish malakasiga ega boʻladi [5,14].
Amaliy yoʻnaltirilgan metodlardan foydalanish muhim ahamiyat kasb etib, amaliy yoʻnaltirilgan
metodlarni qoʻllash jarayonida foydalaniladigan oʻquv materiallari oʻz oʻrnida metodning samarali
qoʻllanilishini ta’minlashi zarur. Xususan, “Case-study” metodi amaliy yoʻnaltirilgan metod hisoblanib,
metodni qoʻllash davomida foydalaniladigan oʻquv materiallarida aniq hayotiy voqelik, vaziyat muammoli
tarzda bayon etiladi. Bunday oʻquv materiallari foydalanish mobaynida oʻquvchilar vaziyatni tahlil qiladi,
muammoning mohiyatini koʻrib chiqib, yechim sifatida variantlarni taklif etish bilan birga ulardan eng
maqbulini tanlaydi. Ammo aytish lozimki taqdim etilayotgan hayotiy muammoli vaziyatlarga pedagogik
“ishlov” beriladi.
“Case-study” metodi hayotiy vaziyatlarga asoslangan imitatsion faol oʻqitish metodlari qatoriga kiradi.
Ya’ni, ta’lim oluvchilar tomonidan individual va guruhning umumlashgan kuchi bilan taqdim etilgan
muammoli vaziyatni tahlil qilish, yechimlarini izlash, maqbul yechimni taqdim etishdan iborat. Tanlab
olingan yechimning samaradorligini oldindan baholay olishdir. Dastlab keysdan 1870-yili Garvard
universitetining huquq maktabi oʻquv jarayonida foydalangan, 1920-yildan e’tiboran Garvard biznes maktabi
https://buxdu.uz
|
| |