3 (79) 2021 pedagogik mahorat




Download 3,37 Mb.
Pdf ko'rish
bet70/344
Sana07.12.2023
Hajmi3,37 Mb.
#113345
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   344
Bog'liq
Pedagogik mahorat 3-son 2021 yil

3 (79) 2021 
 PEDAGOGIK MAHORAT 
55 
(Harvard Business School)ga joriy qilingan. Hozirgi kungacha Garvard biznes maktabi keyslardan ta’lim 
sohasida foydalanish boʻyicha yetakchi hisoblanadi va ularni muhokama qilishga oʻquv vaqtining 90 foizi 
ajratiladi [1, 7]. 
“Case-study” metodining asosiy maqsadi – turli vaziyatli, shu jumladan, pedagogik vaziyatli 
masalalarni hal qilish mobaynida oʻquvchilarning konseptual sxema va modellaridan amaliy foydalanish 
malakalarini, shuningdek, muammolarni guruh bilan tahlil qilish va qaror qabul qilish koʻnikmalarini ishlab 
chiqarish orqali bilimlarini mustahkamlashdan iboratdir [1, 5]. Aytish kerakki, oʻquv masalalarini hal etish 
(yechish) oʻquvchini aniq-amaliy masalalarni yechishning umumiy usullarini egallagashga yordam beradi. 
“Case-study” metodini ta’lim tizimi amaliyotiga joriy etish muammosi bugungi kunning juda dolzarb 
vazifalariga aylanishi ikkita g‘oya asosida yuzaga kelgan: 
– ta’lim rivojlanishining umumiy yoʻnalganligidan kelib chiqadi, uning moʻljali aniq bilimlar 
berishgina emas, balki shaxsning kasbiy tayyorgarligiga layoqatliligini, aqliy faoliyat koʻnikmasini, 
malakasini, qobiliyatini rivojlantirish boʻlib, ularning orasida oʻqitish qobiliyatiga, fikrlash paradigmasining 
oʻzgarishiga, katta hajmdagi oʻquv materiallarini qayta ishlash koʻnikmasiga alohida e'tibor qaratiladi; 
– birinchi g‘oya talablarini qanoatlantirishdan tashqari, turli vaziyatlarda muqobil xulq qobiliyatiga 
ega boʻlishi, inqirozli sharoitlarda harakatining tizimliligi va samaradorligi bilan ajralib turishi zarur boʻlgan, 
mutaxassis sifatiga qoʻyiladigan talablarning oʻsishidan kelib chiqadi [2, 10-11]. 
“Case-study” metodining asosiy maqsadi – turli vaziyatli, shu jumladan, pedagogik vaziyatli 
masalalarni hal qilish mobaynida oʻquvchilarning konseptual sxema va modellaridan amaliy foydalanish 
malakalarini, shuningdek, muammolarni guruh bilan tahlil qilish va qaror qabul qilish koʻnikmalarini ishlab 
chiqarish orqali bilimlarini mustahkamlashdan iboratdir [1, 5]. Aytish kerakki, oʻquv masalalarini hal etish 
(yechish) oʻquvchini aniq-amaliy masalalarni yechishning umumiy usullarini egallagashga yordam beradi. 
“Case-study” metodini ta’lim tizimi amaliyotiga joriy etish muammosi bugungi kunning juda dolzarb 
vazifalariga aylanishi ikkita g‘oya asosida yuzaga kelgan: 
– ta’lim rivojlanishining umumiy yoʻnalganligidan kelib chiqadi, uning moʻljali aniq bilimlar 
berishgina emas, balki shaxsning kasbiy tayyorgarligiga layoqatliligini, aqliy faoliyat koʻnikmasi, malakasi, 
qobiliyatini rivojlantirish boʻlib, ularning orasida oʻqitish qobiliyatiga, fikrlash paradigmasining 
oʻzgarishiga, katta hajmdagi oʻquv materiallarini qayta ishlash koʻnikmasiga alohida e’tibor qaratiladi; 
– birinchi g‘oya talablarini qanoatlantirishdan tashqari, turli vaziyatlarda muqobil xulq qobiliyatiga 
ega boʻlishi, inqirozli sharoitlarda harakatining tizimliligi va samaradorligi bilan ajralib turishi zarur boʻlgan, 
mutaxassis sifatiga qoʻyiladigan talablarning oʻsishidan kelib chiqadi [2, 10-11]. 
Boshlang‘ich sinflarda keyslardan foydalanish samaradorligini oshirish maqsadida keyslarda matnlardan 
tashqari tasvirlardan ham keng foydalanilanish maqsadga muvofiq. Bu oʻquvchilarning axborotlarning turli 
koʻrinishlaridan foydalanish boʻyicha kompetensiyalarini rivojlantirishda muhim oʻrin tutadi. Boshlang‘ich 
sinflarda keyslarni taqdim qilish imkoniyatlari juda keng, ularni matnlar, tasvirlar, videoroliklar, bundan tashqari, 
maxsus ijro etilgan sahnalashtirilgan rollar orqali ham taqdim qilish mumkin. Keyslarni yaratishni quyidagi 
bosqichlarga ajratish maqsadga muvofiqdir: 
1. Keysning didaktik maqsadlari asosida vazifalarni shakllantirish; oʻquvchining “javobgarlik zonasini” 
aniqlash.
2. Keys materialining dasturiy xaritasini ishlab chiqish. 
3. Keysning dasturiy xarita materiallariga bevosita aloqador qoʻshimcha axborot manbalari va axborotlarni 
izlash. 
4. Oʻquvchilarning oʻquv va hayotiy faoliyatlarini aks ettiradigan vaziyatlarning modelini tanlash yoki 
“pedagogik ishlov” berish orqali yaratish. 
5. Keys materialini tayyorlash va toʻg‘riligi va samaradorligi tashxislash.
6. Metodik tavsiyalar ishlab chiqish.
7. Keys materialining oxirgi variantini tayyorlash va amaliyotga joriy etish.
Keys materiallariga qoʻyilgan muhim talablar: 
- oʻquvchilarning oʻquv-biluv motivlarni rivojlantirishi. Motivlarni nafaqat insonni oʻqishga, balki 
muayyan harakatlarni bajarishga undovchi turli sabablar yig‘indisi, oʻquvchining ma'lum ehtiyojlarini qondirish 
bilan bog‘liq faoliyatga moyil [3, 81] ekanligini hisobga olib, keys materiallarini hayotiy vaziyatlar modellari 
sifatida aytish mumkinki, hayotiy vaziyatlar oʻquvchilarning oʻquv-biluv motivlari bilan bir qatorda hayotiy 
faoliyat davomida muayyan harakatlar uchun motivlarni yuzaga keltirishi mumkin. Shuning uchun keys 
materiallari oʻquvchilarning oʻquv-biluv motivlarini rivojlantirishga xizmat qilishi zarur.
- oʻquvchilar fiziologik va psixologik rivojlanishi darajalari bilan mutanosibligi;
- g‘oyalarini yetkazib bera oladigan hamda vaziyat rivojlanadigan doirani tushunishga imkoniyat beradigan 
zaruriy va yetarli axborotlar miqdorini oʻz ichiga olgan boʻlishi kerak. 
https://buxdu.uz



Download 3,37 Mb.
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   344




Download 3,37 Mb.
Pdf ko'rish