Paxtaipidan tayyorlangan to’qimalar. Paxtaipidan tayyorlangan to’qimalar
boshqa umumiy ishlab chiqariladigan to’qimalarning 70%dan ko’prog’ini
tashkil
etadi. Bunday to’qimalar ishlatilishiga qarab quyidagilarga bo’linadi:
—
ichki kiyim uchun — bo’z, chit, mal-mal, shifon to’qimalari
ishlatiladi;
—
satin — ayollar,
bolalar kiyimi,
korxona kiyimi, paxmoq,
choyshab,
erkaklar ko’ylagi, astarlik buyumlari sifatida ishlatiladi;
—
ko’ylaklik to’qimalarga — shotlanka, krep to’qimalari, reps
to’qimalari, markizet, bumazeya, batist, flanel va hokazo;
—
ustki kiyim to’qimalarga dioganal-sarja. Bunday to’qimalarga
korxonada kiyish uchun to’qima, texnik to’qima va hokazolar kiradi.
Bundan
tashqari ip gazlamalarga quyidagi to’qimalar kiradi:
—
astarlik to’qima;
—
tukli to’qima;
—
mebellar uchun to’qima;
—
yakka tartibda chiqariladigan to’qima.
Kanopipidan tayyorlangan to’qimalar. Kanopipidan
ishlab chi- qarilgan
to’qimalarning artikuli beshta sondan iborat bo’ladi. Masalan: 01101, bunda 01 —
enli jakkard to’qimasi, 1 — toza kanopli, 01 — guruhdagi tartib nomeri.
Bunday to’qimalarga quyidagilar kiradi:
- polotno toza kanopli;
- polotno aralash xomashyoli;
- mеbеlbop to’qimalar, bu to’qimalar mayda naqshli o’rilishlar
yordamida
olinib, rangli iplar qo’llaniladi;
- yakka tartibda chiqariluvchi to’qimalar choyshab, dastro’mol, sochiq,
dasturxon, ko’rpa yopqich to’qimalar.