• Tarmoqning tashkil etilishi va talablar.
  • 3-ma’ruza. Tarmoq arxitekturasi. Tarmoqlarni qurishda qo’llaniladigan arxitekturalar, pog’onali arxitekturaning maqsadi va vaziflari, pog’onalarda qo’llaniladigan protokollar va qurilmalar




    Download 398.69 Kb.
    Pdf ko'rish
    bet1/5
    Sana28.09.2023
    Hajmi398.69 Kb.
    #85315
      1   2   3   4   5
    Bog'liq
    3-MA\'RUZA
    elektron-kuchaytirgich-turlari., ИЛМИЙ МАЪРУЗА ТЕЗИСЛАРИНИ ЁЗИШ ҚОИДАЛАРИ, Облачные вычисления, Idrok slayd, betlik kitob, шахс (1), Uslubiy qo\'llanma Pedagogik kompetentlik (1), O’rgatuvchi dasturlar va ular bilan ishlash, 2. To’r-filtrlar vazifasi va tuzilishi Dag’al tozalash yonilg’i -fayllar.org, Z0UxHcA267Lee9prn1cu1ZL28AyhVu1TSOeJMzHy, ” 2020 yil Ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo’yicha direktor o’rinbosar-fayllar.org, Abdusalimova Iroda Sherzod qizi, Abduraimova Dilnora 23-05- guruh talabsi 30 ta test, Krossword Economic


    3-MA’RUZA. Tarmoq arxitekturasi. Tarmoqlarni qurishda 
    qo’llaniladigan arxitekturalar, pog’onali arxitekturaning maqsadi va 
    vaziflari, pog’onalarda qo’llaniladigan protokollar va qurilmalar 
     
    Tarmoq arxitekturasi - bu kompyuter tarmog'ining tuzilish uslubi, dizayni. Bu 
    tarmoqning fizikaviy tarkibiy qismlari va ularning funktsional tashkil etilishi 
    hamda konfiguratsiyasi, uning ishlash tamoyillari va protseduralari, shuningdek 
    foydalaniladigan aloqa protokollari uchun asosdir. 
    Kompyuter tarmog'ining arxitekturasi - dasturiy ta'minotni, apparat ta’minoti, 
    protokollarni va ma'lumotlarni uzatish vositalarini fizikaviy va mantiqiy 
    bog’lanishi sifatida tavsiflanadi. Boshqacha qilib aytganda, arxitektura 
    kompyuterlarni qanday tashkil etilganligi va kompyuterga vazifalar qanday 
    taqsimlanganligini belgilab beradi. 
    Tarmoqning tashkil etilishi va talablar. Axborot tarmog‘ini murakkab tizim 
    sifatida uni ko‘plab tizimlarga ajratish yo‘li bilan tasniflash mumkin. Bu tizimlar 
    tarmoqni ko‘rib chiqilayotgan muvofiq qatlamlarida ajratilgan elementlarni o‘z 
    tarkibiga oladi. Axborot tarmog‘i arxitekturasi deb, tarmoqning funksiyaviy, 
    mantiqiy va strukturaviy unsurlar yig‘indisi, ular o‘rtasidagi aloqa va o‘zaro ta'sir 
    qoidalariga aytiladi. 
    Axborot tarmog‘ini tizimli yondashish orqali tasvirlashda turli uslubiy 
    tamoyillar mavjud. Ularning ba'zilarini aytib o‘tamiz: 
    Iyerarxiya-yaxlit narsaning qism va elementlari yuqoridan quyiga qarab 
    joylashtirilganligi. Mazkur qonuniyatga asoslanib tarmoqni quyi tarmoqdagi 
    alohida tarmoq osti segmentlarga bo‘lish mumkin. 
    Kommunikativlik-tizimda aloqalarning ko‘pligi, tashqi aloqalar–muhit bilan 
    va ichki aloqalar-tizim osti qism va elementlar bilan. Bunga aloqador ravishda 
    tarmoqni tarmoq osti, ya'ni yuqori qatlamidagi tarmoqning tizimosti qismi, yoki 
    elementi, yoki past qatlamdagi segmentlarni o‘ziga kirituvchi mustaqil tizim 
    sifatida ko‘rish mumkin. 
    Emerjentlik-tizimning alohida elementlariga xos bo‘lmagan integrativ 
    sifatning tizimda namoyon bo‘lishi. Masalan, axborot tarmog‘ida transport, 
    axborot taqsimlash, tarmoqni boshqarish kabi funksional muhim va nisbatan 
    mustaqil tizimosti qismlarni ajratsa bo‘ladi. Ularning birontasini alohida axborot 
    tarmog‘i bilan solishtirib bo‘lmaydi, faqat ularning o‘zaro bog‘liqligi ushbu 
    tushunchani aks ettiradi. Boshqa tomondan, faqatgina alohida tizimosti qismlarni 
    o‘rganish tizim haqida to‘la tasavvurni chuqurlashtiradi. 
    Mazkur xususiyatlar tufayli murakkab tizimning har bir tizimosti qismini 
    mustaqil tizim sifatida ajratib, uning arxitekturasini taxlil qilish mumkin. Taxlil 
    qilinayotgan qatlamga bog‘liq ravishda tarmoqni yaxlitlikdagi, tarmoq dasturiy 
    ta'minot, terminal majmua, kommutasion tizim, xatto alohida integral sxemaning 
    arxitekturasi haqida gapirish mumkin. Shuni ham ta'kidlash lozimki, tarmoq 
    arxitekturasini ko‘rib chiqish tadqiqotchining kasbiy yo‘nalishiga bog‘liq. 
    Masalan, loyihalashtiruvchi tarmoq arxitekturasini tahlil qilganda, uning 
    topologiyasi, tashkiliiy strukturasi, protokol modelini ko‘rib chiqadi. Tarmoq 
    operatorlari, avvalambor, uning fizikaviy tuzilmasi bilan qiziqadilar. Tarmoqning


    dasturiy ta'minotini ishlab chiqaruvchilar tarmoqning funksional strukturasiga 
    e'tibor beradilar. Umumiy tasavvur darajasida har qanday tarmoq punktlar va 
    ularni birlashtiruvchi liniyalardan tashkil topgan. Ularning (punkt va liniyalarning) 
    o‘zaro joylashishi tarmoq bog‘liqligi va punktlar o‘rtasidagi axborot almashuvini 
    ta'minlab berish qobiliyatini tavsiflaydi. Tarmoq topologiyasi uning bog‘liqligini 
    aks ettiradi. Fizikaviy va mantiqiy jihatdan topologiya bir-biridan farqlanadi. 
    Fizikaviy topologiya tarmoq punktlarini va ularni bog‘lovchi liniyalarning 
    joylashishini aks ettiradi. Mantiqiy topologiya axborotning manba va 
    iste'molchilarining o‘rtasidagi o‘zaro bog‘lanish yo‘llari tashkil qilinadigan 
    imkoniyatlar haqida tasavvur beradi. Tarmoqning topologik xususiyatlarini 
    tadqiqot qilish uchun uning punktlarini nuqta sifatida, ularni birlashtiruvchi 
    liniyalarni esa yoy sifatida aks ettirish qulay. Bunday geometrik shakl graf deb 
    ataladi, grafdagi nuqtalar cho‘qqi, yoylar esa ularning yo‘naltirilganligi hisobga 
    olinmaganligida qirra deb nomlanadi. Graf axborot tarmog‘ining topologik 
    modelidir. 
    Tarmoq topologiyasini tanlash uning qurilishida hal qilinadigan birinchi 
    vazifadir va u texnologik hamda aloqaning ishonchliligiga bo‘ladigan talablar bilan 
    shartlanadi. Agar u tashkil topadigan standart(baza) topologiyalari majmuasi aniq 
    bo‘lsa, tarmoq topologiyasi nisbatan sodda tanlanadi. Ba'zi topologiyalar va 
    ularning xususiyatlarini ko‘rib chiqamiz. 

    Download 398.69 Kb.
      1   2   3   4   5




    Download 398.69 Kb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    3-ma’ruza. Tarmoq arxitekturasi. Tarmoqlarni qurishda qo’llaniladigan arxitekturalar, pog’onali arxitekturaning maqsadi va vaziflari, pog’onalarda qo’llaniladigan protokollar va qurilmalar

    Download 398.69 Kb.
    Pdf ko'rish