|
Pedagogika filologiya kafedrasi
|
bet | 1/15 | Sana | 02.11.2023 | Hajmi | 2.13 Mb. | | #92996 |
Bog'liq Uslubiy qo\'llanma Pedagogik kompetentlik (1) elektron-kuchaytirgich-turlari., ИЛМИЙ МАЪРУЗА ТЕЗИСЛАРИНИ ЁЗИШ ҚОИДАЛАРИ, Облачные вычисления, Idrok slayd, betlik kitob, 3-MA\'RUZA, шахс (1), O’rgatuvchi dasturlar va ular bilan ishlash, 2. To’r-filtrlar vazifasi va tuzilishi Dag’al tozalash yonilg’i -fayllar.org, Z0UxHcA267Lee9prn1cu1ZL28AyhVu1TSOeJMzHy, ” 2020 yil Ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo’yicha direktor o’rinbosar-fayllar.org
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY TAʼLIM, FAN VA INNOVASIYALAR VAZIRLIGI
RENESSANS TAʻLIM UNIVERSITETI
PEDAGOGIKA - FILOLOGIYA KAFEDRASI
I.Aliyev
Pedagogik kompetentlik
fanidan
talabalar mustaqil ta’limni tashkil etish bo’yicha uslubiy ko’rsatma
Toshkent-2023
Uslubiy ko’rsatma “Pedagogika-Filologiya” kafedrasining 2023 yil ________________ dagi ____-sonli majlisida va universitet kengashining 2023 yil ________________ dagi ____-sonli yig‛ilishida muhokama etilgan va chop etishga tavsiya qilihgan.
Mualliflar: “Pedagogika -Filologiya” kafedrasi dotsenti, p.f.n. I.Aliyev.
Taqrizchilar: pedagogika fanlari nomzodi, dotsent Baxodrova G.
pedagogika fanlari nomzodi, dotsent Fayzullaeva D.
Mazkur uslubiy ko’rsatma “Pedagogik kompetentlik” fanidan talabalar mustaqil ta’limini tashkil etishga bagʻishlangan boʻlib, unda mustaqil ishlarni tashkil etishning mazmuni, oʻziga xosliklari va bazarish yo’llari yoritib berilgan.
Uslubiy ko’rsatma oliy taʼlim muassasalari pedagogika ta’lim yo’nalishi talabalari uchun moʻljallangan.Shuningdek, mazkur uslubiy ko’rsatmadan pedagogika sohasida faoliyat yurituvchi barcha mutaxassislar foydalanishlari mumkin.
KIRISH
Hozirgi vaqtda oliy taʼlim muassasalari oldida turgan muhim vazifalardan biri boʻlajak mutaxassislarning mustaqil ta’lim olish qobilyatini shakllantirishdan iborat bo’lib, umri davomida o’z ustida ishlay oladigan raqobatbardosh kadrlarni etkazib berishdek mas’uliyatli ish yuklatilgan. Shu o’rinda oliy ta’lim muassasalarida sirtqi bo’limlarnng ochilishi buning yaqqol misolidir. Baholanki shunday ekan ishlab chiqarishdan ajralmagan holda tahsil olish ushun albatta mustaqil o’qib o’rganish imkoniyatidan foydalanish joiz hisoblanadi.
Mazkur muammoni hal etish uchun esa, oliy taʼlim muassasalarida oʻqitilayotgan fanlarning amaliyot bilan uygʻunligini toʻliq taʼminlanishiga erishish, talabalar tomonidan egallangan nazariy bilimlarni amaliyotda qoʻllay olishga oʻrgatish lozim.
Talabalarga fanning umumiy asoslarini oʻrgatish muhim fan hisoblanadi. Oʻquv rejasiga koʻra, Pedagogik kompetenlik fani 4 soat nazariy va 4 soat amaliy mashgʻulotlarini oʻtkazilishi koʻzda tutilgan. Shuning uchun “Pedagogik kompetenlik” fanidan barcha mavzular boʻyicha nazariy va amaliy mashgʻulotlarni tashkil etishning imkoniyati mavjud emas. Shu sababli ushbu o’tilmagan mavzularni mustaqil o’qib o’rganish talab etiladi. Mana shu uslubiy ko’satma xuddi ana shu jihatlarni hisobga olgan holda tuzilgan.
Uslubiy ko’rsatma “Pedagogik kompetentlik” fani boʻyicha 2 ta nazariy va 2 ta ta amaliy mashgʻulot ishlanmasi va uni oʻtkazishga doir metodik koʻrsatmalarni oʻz ichiga qamrab olgan. Har bir mashgʻulot oʻquv jarayonining tuzilishiga mos holda talabadan bir nechta nazariy va amaliy topshiriqlarni bajarishni talab etadi. Amaliy ishlanmalarda aks etgan topshiriqlarning ayrimlarini talaba uy vazifasi sifatida, qolganlarini individual va kichik guruhlarda ishlash orqali bajarishlari mumkin. Uslubiy qoʻllanmaning eng muhim jihati mustaqil ishlarni ta’lim texnologiyasi fanining soʻnggi yutuqlarini hisobga olgan holda tashkil etishga moʻljallanganligidir.
|
| |