• Tezkor tahlil.
  • Bu tahlilni asosiy kamchiligi




    Download 489.88 Kb.
    Pdf ko'rish
    bet4/14
    Sana13.03.2023
    Hajmi489.88 Kb.
    #45259
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
    Bog'liq
    3-Mavzu. Iqtisodiy tahlilning asosiy tamoyillari va mazmu 1
    Hukmronligi davrida dinga munosabat-azkurs.org
    Bu tahlilni asosiy kamchiligi shundan iboratki, aniqlangan xato, kamchiliklar va 
    foydalanilmagan imkoniyatlar korxona uchun butunlay yo’qotilgan xisoblanadi, chunki ular 
    xo’jalik faoliyatini o’tgan davriga bog’liqdir. Biz bu imkoniyatlarni faqat gina kelgusidagi 
    ishlarinimizni amalga oshirish jarayonida xisobga olishimiz mumkin holos. Shuning uchun ham 
    tahlilni imkoniyatlarini oshirish va ularni vaqtida ishga solish uchun xisobotlarni takdim qilish va 
    ularni tahlil qilish vaqtini kiskartirish vazifasi qo’yiladi. 


    Joriy ta`lilni korxonani barcha xodimlari tomonidan, shuningdek tsexlar va boshqa 
    bulinmalar tomonidan amalga oshirilishi mumkin. Natijada korxonani yillik faoliyatiga yakun 
    yasaladi, kamchiliklar aniqlanadi va korxona faoliyatini yaxshilash uchun tavsiyalar ishlab 
    chiqiladi. Bu tahlil korxona xo’jalik faoliyatini tula tahlili bo’lib xisoblanadi, chunki u o’zida 
    tezkor tahlil natijalarini mujassamlashtiradi va istikbolli tahlil uchun baza xisoblanadi. 
    Tezkor tahlil. Bu tahlil iqtisodiy tahlilni turlaridan biri bo’lib, xo’jalik tizimini tezkor 
    boshqarish uchun lozim buladigan mosalalarni xal qilishga karatilgandir. U korxonaning xo’jalik 
    faoliyatini boshqarishda shu kundagi ishlab chiqarish jarayonini tezkor tarzda boshqarishda 
    qo’llaniladi. Bu qisqa muddatli tahlil bo’lib, ishlab chiqarish jarayonida ro’y bergan chetga 
    chiqishlarni tezkorlik bilan aniqlab, uni bartaraf qilish chora - tadbirlarini ko’radi.
    Tezkor tahlilning asosiy vazifasi to’shiriqlarni muntazam nazorat qilish, mahsulotni ishlab 
    chiqarish va uni sotish jarayonini kunda aniqlash, shu kundagi ishlab chiqarish rezervlarini o’z 
    vaqtida aniqlash va ularning ishlab chiqarish samaradorligini oshirishga jalb qilish hisoblanadi. 
    Tezkor tahlil boshqaruv tizimida boshqaruv xodimlarining taxminan 50 foiz ish vaqtini egallaydi. 
    Amalda esa uning umumiy bajariladigan tahliliy ishlarda to’tgan salmogi 10 foizni tashkil etadi. 
    Tezkor tahlil joriy tahlildan farqli o’laroq u asosan boshlangich mahlumotlarga asoslanadi. 
    Tezkor tahlil o’z ichiga quyidagilarni oladi: 
    - korxonaning asosiy miqdor va sifat ko’rsatkichlari bo’yicha hamda uning bo’linmalari 
    smenada, sutkada, besh kunlikda va dekadalardan chetga chiqishini aniqlash; 
    - mehyordan chiqishga tahsir qiluvchi omillarni aniqlash; 
    - kamchiliklarga yo’l qo’ygan javobgar shaxslarni aniqlash; 
    - salbiy omillarni bartaraf qilish uchun tadbirlar ishlab chiqish
    - ko’rsatilgan vaqtda erishilgan natijalarni yakunlash va «Tor» joy va ilg’or bo’g’inlarni 
    aniqlash. 
    Tezkor tahlil odatda quyidagi ko’rsatkichlar bo’yicha olib boriladi: mahsulotni ishlab 
    chiqarish, jo’natish va sotish, ishchi kuchidan foydalanish, asbob-uskuna va moddiy resurslardan 
    foydalanish, tannarx, foyda va rentabellik, to’lov qobiliyati. Demak, joriy tahlilda o’rganiladigan 
    ko’rsatkichlar soni tezkor tahlilda o’rganiladigan ko’rsatkichlardan ancha ko’’dir. Tezkor 
    tahlilning natijasi joriy tahlilga nisbatan unchalik aniq bo’lmaydi. Chunki oyning xohlagan 
    kunida ishlab chiqarilgan mahsulotning haqiqiy tannarxini va mahsulot tannarxining ‘asayishi 
    natijasida olingan foyda miqdorini aniq hisoblab chiqish mumkin emas, chunki oldindan 
    mahsulotning qancha qismi shu oyda sotiladi, qancha qismi esa kelgusi oyda sotilishini aniq 
    hisoblab bo’lmaydi. Lyokin tezkor tahlilning bu kamchiligi uning ahamiyatini kamaytirmaydi
    zero, tezkor tahlil orqali olingan natijalarning mutlaq aniqligidan ko’ra uni o’z vaqtida olish 
    ahamiyatliroqdir. 

    Download 489.88 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




    Download 489.88 Kb.
    Pdf ko'rish