• Nazorat savollari
  •  Transformatorlarning parallel ishlashi




    Download 1.42 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet13/14
    Sana02.04.2022
    Hajmi1.42 Mb.
    #19222
    1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
    7. Transformatorlarning parallel ishlashi
    Sanoat korxonalarining podstan- siyalarida bir nechta transforma- torlar 
    o‘rnatilgan bo‘lib, ular alohida yoki birgalikda (parallel) ishlashi mumkin. 
    Transformatorlar alohida ishlaganda ularning ikkilamchi chulg‘amlari o‘zaro 
    bog‘lanmagan, 
    parallel 
    ishlaganda 
    esa 
    umumiy 
    yuklamaga 
    ulanadi. 
    Transformatorlarni parallel ishlatish ulardan oqilona foydalanishga imkon beradi. 
    Masalan, yuklama
    kam bo‘lgan soatlarda transformatorlarning bir qismini uzib 
    qo’yish mumkin. Shuningdek, kuchli yuklama ulanganda har bir transformatorga 
    to‘g‘ri keladigan yuklama miqdorining kichikroq bo‘lishi va har bir 
    transformatorning bir tekis yuklanishi ta’minlanadi.


    4.18-rasm 
    Transformatorlarning parallel ishlashi uchun quyidagi shartlar bajarilishi kerak:
    1. Birlamchi va ikkilamchi chulg‘amlarning nominal kuchlanishlari bir xil 
    bo‘lishi kerak; transformatsiya koeffitsientining farqi 0,5% dan ortib 
    ketmasligi kerak. 
    2. Qisqa tutashish kuchlanishlari bir xil bo‘lishi kerak (±10% farq qilishiga yo‘l 
    qo‘yiladi). 
    3. Uch fazali transformatorlar parallel ishlashi uchun ularning ulanish turkumlari 
    bir xil bo‘lishi kerak. 
    Transformatorlarning parallel ishlash sxemasi 4.18-rasmda ko‘rsatilgan. 
    Transformator salt ishlaganda ikkilamchi chulg‘am zanjirida tokning yo‘qligi hamda 
    yuklamaning paraltel ishlayotgan transformatorlarning nominal quvvatlariga 
    proporsional ravishda to‘g‘ri taqsimlanishi transformatorlar normal holda parallel 
    ishlashining asosiy belgilari hisoblanadi. 
    Nazorat savollari: 
    1. Bir fazali transformatorning tuzilishi va ishlash prinsipini tushuntiring. 
    2. Transformatorlarning ish rejimlari qanday? 
    3. Uch fazali transformatorning tuzilishi va ishlash prinsipi. 
    4. Avtotransformatorning tuzilishi va ishlash prinsipi? 
    5. O’lchov transformatorlarining tuzilishi va ishlash prinsipi? 
    6. Transformatorlardagi quvvat isrofi va ularning FIK?
    7. Transformatorlarning quvvati, chastotasi va chulg’amlar soni bo’yicha tasnifi? 
    8. Transformatorning nominal kattaliklarini ko’rsating 
    9. Transformatorning tashqi xarakteristikasini tushuntiring. 

    Download 1.42 Mb.
    1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




    Download 1.42 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



     Transformatorlarning parallel ishlashi

    Download 1.42 Mb.
    Pdf ko'rish