5-ma`ruza. Pedagogik tizim pedagogik texnologiyaning asosi Assosiy savollar




Download 0.68 Mb.
bet17/50
Sana14.05.2023
Hajmi0.68 Mb.
#59683
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   50
Bog'liq
5-ma`ruza. Pedagogik tizim pedagogik texnologiyaning asosi Assos
3-dedline, Kons.MI
Muammoli savollar tizimini ishlab chiqishda talabalarni o’ylashga majbur qilish hamda ularning javoblari ehtimoli nazarda tutiladi. Shu bilan bog’liq ravishda mashg’ulot stsenariysi mashg’ulotning biror (ehtimol ko’rilgan) variantini aks ettirishi lozim bo’ladi, uning realligi esa o’qituvchining talabalardagi boshlang’ich fikrlash qobiliyati darajasi haqidagi qay darajada bilimga ega bo’lishiga bog’liq. Shu bilan birga, hatto yaxshi ishlab chiqilgan stsenariy bo’lsa-da, seminarning borishida awal o’ylangan rejadan chetga chiqishlar bo’ladi. Chunki talabalarning individual xislatlari, bilimlarining darajasi va kengligi har xil bo’ladi. Shu tufayli o’qituvchi seminarni samarali o’tkazishi uchun mavzuga muvofiq material mazmunini o’zi yuksak darajada egallagan bo’lishi shart.
Seminar avvalida o’qituvchi tayyorlab kelgan savollari yoki vazifalaridan foydalangan holda, talabalarda seminarda, qatnashish uchun etarli bo’lgan bilimlarni yuzaga chiqaradi.
Bilimlarni yuzaga chiqarish, bilimlarni chuqurlashtirish va kengaytirish bo’yicha seminarlardagi usullar asosida, amalga oshiriladi So’ng yuzaga chiqarilgan bilimlar asosida o’qituvchi mashg’ulotda hal qilinadigan muammoni talabalarga bildiradi va uni ifodalab beradi. Avval boshdanoq qo’yilgan muammoning talabalar tomonidan qabul qilinishini ta’minlash uchun muammoni qo’yishda uni echish uchun urinib ko’rishni tashkil etish tavsiya etiladi. Bu bilan o’qituvchi kutilayotgan echimni talabalar bilan tahlil qiladi, ularda ko’ringan qiyinchiliklarni aniqlaydi. Muammoni echishdagi dastlabki urinish natijasida talabalar uni engilgina echish mumkin emasligini aniqlaydilar. Bunda muammoli vaziyat talabalar uchun muammoni echish usullarining keyingi izlanishini avj oldirish zarurligining ichki ruhiy asoslanishi bo’lib xizmat qiladi.
O’qituvchi muammoni echish usullarini izlashni tashkil etishga o’tar ekan, avvalo birinchi muammoni ifoda qiladi, so’ng muammoli savollarni qo’yadi va javoblarni muhokama qilib, talabalarning bu muammoni echish usulini izlashga, ya’ni birinchi oraliq xulosani qidirishga undaydi. So’ngra sbu tabiitda yaxlitligicha muammoni echish va xotima xulosalarni ifodalash bilan tugallanishi lozim bo’lgan keyingi muammolarning echilish usulini izlashni tashkil etadi.
O’qituvchi muammoni qo’yishda uning mazmunini oydinlashtiruvchi muammoli savollarni berishdan oldin muammoni to’laligicha echishga urinishni tashkil etilganidek, talabalarning muammo qismlarini echishga urinishlarini tashkil etishi mumkin. Bu urinish muammoni echishda ikkinchi mashaqqatni vujudga keltiradi. Uning talabalar tomonidan anglab etilishi muammoning echilish usulini qidirishda faol ishtirok etishining qo’shimcha motivi bo’lishiga olib keladi.



Download 0.68 Mb.
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   50




Download 0.68 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



5-ma`ruza. Pedagogik tizim pedagogik texnologiyaning asosi Assosiy savollar

Download 0.68 Mb.