Seminar mashg’ulotinmg eng muhim bosqichi hamda uning o’zagi muammoli savolga javob qidirishni tashkil etish hisoblanadi




Download 0.68 Mb.
bet18/50
Sana14.05.2023
Hajmi0.68 Mb.
#59683
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   50
Bog'liq
5-ma`ruza. Pedagogik tizim pedagogik texnologiyaning asosi Assos
3-dedline, Kons.MI
Seminar mashg’ulotinmg eng muhim bosqichi hamda uning o’zagi muammoli savolga javob qidirishni tashkil etish hisoblanadi.
O’qituvchi muammoli savol qo’yib, unga javob olishi bilanoq to’g’ri va noto’g’ri javoblarni baholamasligi, balki talabalardan savollarga har tomonlama keng javob talab qilishi kerak. Agar talaba kutilgan muayyan javobni tayinli asoslay ohnasa, bu javobga xayrihoh bo’lgan boshqa talabalarni ham aniqlab, ularga birgalikda shu javobni asoslashni taklif etadi. Agar talabalar u yoki bu savolga turli javoblar taklif , o’qituvchi talabalarning javoblarni qiyoslashga qaratilgan fikrlashga urintirishi lozim bo’ladi. Bunday fikrlash ishi murakkab bo’lib, u barcha bildirilgan nuqtai nazarlarni tushunish, ularning kuchli va kuchsiz tomonlarini aniqlash, to’g’ri javobni qidirish maqsadida tanqidlarni hisobga olgan holda turli qarashlarni o’zaro nisbatlashni ko’zda tutadi.
Shunday qilib, muammoli savolga javob topishni qidirishni tashkil etish o’zida muntazam qo’yilgan qadamlar modulini birlashtiradi. Ular quyidagilan hal qilish tizimi ham kiradi. O’quv jarayonida bunday texnologiyani joriy qilish qiziqishni uyg’otadi, aqlni rivojlantiradi, bilish qarshiliklarini engish uchun yo’l-yo’riqlar berishni talab qiladi. Shu bilan birga mantiqiy tadqiq qilishga yo’llaydi va uni bosqichlar bo’yicha o’rgatadi, tafakkurning nazariy uslublarini tarbiyalaydi.
Muammoli leksiyani o’tkazishda o’quv axborotlari tuzilmasi shunday tasvirlanishi mumkin, ya’ni lektsiya «O’zbekiston Respublikasida Xalq ta’limi taraqqiyotining hozirgi zamon konsepsiyasi» kabi muammolarga bag’ishlanishi mumkin. Bu lektsiyani tashkil etishda muammoli vaziyat takliflar bo’yicha echilish usulini tanlash, qo’yilgan muammo echimi bo’yicha tanlangan usullarni muhokama qilish, yangi axborotni olib kirish tarzida yaratiladi.
Muammoli vaziyatni yaratish uchun talabalarga ikki nazariy qoida taklif etiladi: bu xalq ta’limini bashorat qilish va xalq ta’limi maqsadi. Ularga bu muammolardan birini tanlash yoki muammoli vaziyat aniqlab berishi lozim bo’lgan o’zlarining yangi nazariy qoidasini tuzish taklif etiladi.
Keyingi bosqichda tanlangan vazifani muhokama qilish tashkil etiladi, uning hal qilinish jarayoni kuzatiladi, axborotlar tahlil qilinadi va tanlangan echimning to’g’riligi tekshirib ko’riladi. Undan so’ng yangi nazariy nuqtai nazarni tuzishga o’tiladi.
Muammoli leksiya talabalarning faqat tinglovchi emas, balki faol ishtirokchi bo’lishini taqozo qiladi. U ilmiy tafakkur uslubini rivojlantiradi. Muammoli vazifalar o’zida operatsion-protsessual tarkiblarni birlashtiradi. Ular axborot mazmunini yangilash va yangi bilimlar olish orqali tahlilga, tushunish va izohlashga, o’rganilayotgan ilmiy muammolarni nazariy jihatdan fikrlashga diqqatni jalb qiladi. Muammoli leksiya davomida talabalarda mavjud bo’lgan bilimlardan foydalaniladi, ularni yangi axborotlar bilan bog’liq ravishda yangilanishini amalga oshiradi.

Download 0.68 Mb.
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   50




Download 0.68 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Seminar mashg’ulotinmg eng muhim bosqichi hamda uning o’zagi muammoli savolga javob qidirishni tashkil etish hisoblanadi

Download 0.68 Mb.