|
5-mavzu: Nutqning kommunikativ belgilari r ye j a
|
bet | 3/9 | Sana | 15.05.2024 | Hajmi | 40,79 Kb. | | #234060 |
Bog'liq 5-MavzuGrammatik me’yorlar morfologik va sintaktik me’yorlardan tarkib topadi. So‘zlarning morfologik shakli va ularning nutkda qo‘llanishini tartibga soluvchi qoidalar morfologik me’yorlar, so‘zlarning birikish yo‘llari, so‘z birikmasi va gap tuzilishi bilan bog‘liq qoidalar esa sin-taktik me’yorlar deb yuritiladi.
Morfologik me’yorlarning nutqda buzilishi tez-tez uchrab turadi. Keng tarqalgan holatlardan biri qaratqich va tushum kelishiklarini qorishtirishdir.
Fe’l nisbatlarining qo‘llanishida ham morfologik me’yorlarning buzilishi uchraydi. Ayniqsa, fe’lning analitik shakllari (yetakchi fe’l+ko‘makchi fe’l)da ko‘zga tashlanadi. A.Rustamov bunday holatlarga aniqlik kiritgan:
"Boshlamoq, kelmok, kabi fe’llar ko‘makchi bo‘lib kelganda majhul harakatni bildirish uchun majhullik qo‘shimchasi asosiy fe’lga qo‘shilib, ko‘makchi fe’lga, jumladan, boshlamoq, yoki kelmoq fe’liga qo‘shilmaydi.
Quyidagi gaplardagi -n qo‘shimchasi til nuqtai nazaridan ortiqchadir.
1. Hayot ildizi ekila boshlandi. 2. Cho‘llar o‘zlashtirila boshlandi. 3. Qovoq, urug‘i qadimdan ko‘llanib kelingan. 4. Paxta terila boshlandi.3
|
| |