|
5-mavzu: Nutqning kommunikativ belgilari r ye j a
|
bet | 8/9 | Sana | 15.05.2024 | Hajmi | 40,79 Kb. | | #234060 |
Bog'liq 5-Mavzu8. Nutqning qisqaliligi
“Chin so‘z - mo‘tabar, yaxshi so‘z - muxtasar”. Alisher Navoiyning bu hikmati nutqning muhim sifatlaridan biri qisqalik haqida. Xalq nutqning qisqa bo‘lishini odob belgisi deb bilgan. Uni axloqiy mezonlar sirasiga kiritishgan. Maqollarga e’tibor qiling. «Ko‘p o‘yla, kam so‘yla». «Izzat tilasang kam de, sihat tilasang kam ye». «So‘zning ozi yaxshi, ishning sozi yaxshi» va hokazo.
Nutq qisqa shaklda ko‘p mazmun anglatishga qaratilishi kerak.
Mavzu bo‘yicha asosiy xulosalar:
Ko‘rib chiqqanimiz nutqning asosiy xususiyatlarini umumiy yo‘sinda xulosalaymiz:
Nutqning to‘g‘ri bo‘lishi uning adabiy til me’yorlariga muvofiq kelishidir.
Nutqning aniq bo‘lishi undagi so‘zlar, so‘z birikmalarining ma’nolari ular ifodalagan tushunchalar, narsa-hodisalarga mos kelishidir.
Nutqning mantiqli bo‘lishi undagi so‘z va so‘z birikmalari ma’nolarining o‘zaro munosabati mantiq va tafakkur qoidalariga muvofiq kelishidir.
Nutqning tozaligi adabiy tilga yot bo‘lgan, o‘zlashmaga so‘zlar, gap qurilishlarining qo‘llanmasligidir.
Nutqning ta’sirli bo‘lishi so‘zlovchining tinglovchi (tomoshabin) ongini tamomila egallab, o‘ziga, so‘ziga maftun, tobe’ qilib qo‘yishidir.
Nuutqning jo‘yaliligi deganda, o‘z joyida, o‘z vaqtida, o‘z janri, shaklu shamoyilida, o‘z uslubida aytiluvchi, ma’lum sharoit yoki vaziyatga mos bo‘lgan nutq anglashiladi.
Nutqning qisqaligi deganda, qabul qiluvchini zeriktirmaslik, oz so‘z orqali ko‘p fikr yetkazish, ma’lumot berishlikni nazarda tutishdir.
Nutqning ifodaviyligi deganda, til vositalarini tanlab topib qo‘llash, joylashtirish, tomoshabinni ongigagina ta’sir etib qolmasdan, unga his-hayajon baxsh etish, uni qiziqtirish nazarda tutiladi.
Nutqning boyligi unda ko‘p va har xil adabiy til birliklaridan, ifoda vositalaridan takrorsiz foydalanishdir.
Kishi o‘z fikrini yaxshi, to‘liq bayon qilishi uchun nutqiy fazilatlarini mukammal egallagan bo‘lishi kerak.
Nutq madaniyati tabiat bergan boylik emas, balki o‘z ustida tinimsiz ishlash mahsulidir.
Nutq ta’sirchanligiga erishishda metafora, metonimiya, sinekdoxa, o‘xshatish, epitet, takror kabi badiiy tasvir vositalarining o‘rni beqiyos.
Nutq boyligi uning til imkoniyatlaridan qay darajada foydalanganligi bilan aniqlanadi. Nutqiy sofligiga putur yetkazuvchi lisoniy unsurlari, asosan, dialektizm, varvarizm va vulgarizmlardir.
|
| |