5-mavzu: Nutqning kommunikativ belgilari r ye j a




Download 40,79 Kb.
bet5/9
Sana15.05.2024
Hajmi40,79 Kb.
#234060
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
5-Mavzu

Nutqning aniqligi – bu so‘zning o‘zi ifodalayotgan voqelikka mutlaqo mos va muvofiq kelishidir. Demak, nutkning aniqligi so‘zning tildagi ma’nosiga tamomila munofiq tarzda qo‘llanishi, so‘zning voqelikdagi o‘zi ifodalayotgan narsa-hodisa bilan qat’iy mosligi asosida yuzaga keladigan kommunikativ sifatdir.
Agar notiq o‘zi fikr yuritmoqchi bo‘lgan nutq predmetini yaxshi bilsa, unga mos so‘zlarni tanlasa va o‘zi tanlagan so‘zlarning ma’nolariga mos vazifalar yuklasa, nutqning aniq bo‘lishi tayin.
A. Qahhorning yozuvchi, notiq nutqi sifatlari haqidagi mulohazalari ko‘p. Yozuvchi bir o‘rinda Ma’ruf Hakimning «Qahramonning o‘limi» hikoyasini tahlil etarkan, Botir beliga qator beshta bomba qistirib…, Qo‘lida bomba ushlagan holda ko‘chaga yugurdi jumlalaridagi bomba so‘zining noto‘g‘ri qo‘llanganligini, yozuvchining bomba va granatani farqlamasligini tanqid qiladi.
Aniq nutqda, avvalo, voqelikdagi narsa va uning nomi bo‘lgan so‘z bir-biriga mos bo‘lishi shart. Misol: Tarbiyachi bolalarga tushunarli bo‘lishi uchun kitobni olib, xon- taxta tortmasiga ko‘yadi. Jumlada noaniqlik bor, chunki xontaxtaning tortmasi bo‘lmaydi.
Nutqni aniq tuza olish uchun, so‘zning leksik ma’nosini to‘g‘ri tasavvur qilish lozim: Avlodlar merosini o‘rganamiz ("Ma’rifat", 1998 yil 3 iyun). Bu jumlada ifodalanmoqchi bo‘lgan mazmun avlod so‘zining leksik ma’nosiga to‘g‘ri kelmaydi. Avlod so‘zi arabcha valad, ya’ni "bola" demakdir, o‘zbek tilida "bir ota-bobodan tarqalgan nasl", "bir davrda tug‘ilib o‘sgan kishilar" kabi ma’nolarga ega. Gap meros haqida ketar ekan, ajdod so‘zi qo‘llanishi lozim edi, chunki u ham asli arabcha bo‘lib, uning ma’nosi "ilgari o‘tgan nasl-nasab, ota-bobolar". Demak: Ajdodlar merosini o‘rganamiz.
Keyingi paytlarda ba’zan familiya so‘zining muqobili yoki sinonimi sifatida sharif so‘zini mutlaqo noto‘g‘ri va ma’nosiga zid qo‘llash uchramoqda.
Ko‘p ma’noli so‘zlardagi ana shu nozikliklarni payqamaslik fikrning noaniq, ba’zan noto‘g‘ri ifodalanishiga olib kelishi mumkin. Shahar bilan qishloq o‘rtasidagi tafovut tobora qisqarayotir («Guliston» jurnali) misolida qisqarayotir so‘zi maqsadni aniq ifoda eta olmaydi. Chunki bu so‘z odatda uzunlik, miqdor va hajm o‘lchoviga aloqador. Tafovut esa mavhum tushuncha bo‘lib, unga nisbatan kamaymoq so‘zini qo‘llash ma’quldir.



  1. Nutqning mantiqiyligi

Nutqning mantiqiyligi uning asosiy sifatlari – to‘g‘rilik va aniqlik bilan chambarchas bog‘langandir. Chunki grammatik jihatdan to‘g‘ri tuzilmagan nutq ham, fikrni ifoda etish uchun muvaffaqiyatsiz tanlangan leksik birlik ham mantiqning buzilishiga olib keladi. Mantiqiy izchillikning buzilishi tinglovchi va o‘quvchiga ifodalanayotgan fikrning to‘liq borib yetmasligiga, ba’zan umuman anglashilmasligiga sabab bo‘lishi mumkin. Nutqni shakllantirishdagi e’tiborsizlik oqibatida ba’zan mantiqsizlik ham yuz beradi. Quyidagi misolga diqqat qilaylik: Ferma jonkuyarlari olti oylik davlatga sut sotish rejasini muddatdan oldin bajardilar (gazetadan). Gapda so‘zlarning tartibi to‘g‘ri bo‘lmaganligi, olti oylik birikmasining davlat so‘zidan keyin kelmaganligi tufayli mantiqqa putur yetayapti, fikrni bayon qilishda xatolik yuz berayapti.


Yana misol: Bobomning o‘ziga xos ko‘ksiga tushib turadigan soqoli bor edi. Bu yerda soqol emas, ko‘krak o‘ziga xos bo‘lib qolmoqda.
So‘zlarni bir-biriga mazmunan bog‘lash, ular o‘rtasidagi grammatik aloqani to‘g‘ri shakllantirish sintaktik me’yorga amal qilishning asosiy sharti bo‘lib
hisoblanadi. Mana bu misolda kuy va raqs so‘zlarining diktor tomonidan uyg‘un tarzda qo‘llanib yuborilishi mantiqning buzilishiga olib kelgan: Endi kuy va raqslar tinglab, dam oling (Televideniedan).




  1. Download 40,79 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Download 40,79 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



5-mavzu: Nutqning kommunikativ belgilari r ye j a

Download 40,79 Kb.