• Nutq boyligi
  • 5-mavzu: Nutqning kommunikativ belgilari r ye j a




    Download 40,79 Kb.
    bet6/9
    Sana15.05.2024
    Hajmi40,79 Kb.
    #234060
    1   2   3   4   5   6   7   8   9
    Bog'liq
    5-Mavzu

    Nutqning sofligi.

    Nutqning sofligi deganda, eng avvalo, uning adabiy tilning leksik me’yoriga muvofiq kelish-kelmasligi tushuniladi. Darhaqiqat, madaniy nutq o‘zbek adabiy tili talablariga mos holda tuzilishi, turli til, g‘ayri adabiy til unsurlaridan holi bo‘lishi kerak.
    Nutqning sofligiga putur yetkazuvchi lisoniy unsurlar, asosan, dialektizmlar va varvarizmlardir.
    Dialektizm va varvarizmlar, jargon va argolar oddiy so‘zlashuv nutqida, badiiy adabiyotda keng qo‘llaniladi.
    Boshqa tillardan so‘z o‘zlashtirish ulardan nutqda zaruriyatga ko‘ra foydalanish salbiy hodisa emas. Ammo bunday so‘zlar orasida varvarizm deb ataluvchi shunday bir qatlam mavjudki, ularni nutqda qo‘llash-qo‘llamaslik masalasiga adabiy til me’yorlari nuqtai nazaridan munosabat bildirish lozim.
    Gap shundaki, varvarizm sifatida qaraladigan nu, tak, vot, sovsem, voobщe, tolko, ob’yazatelno, konechno, uje, pochti, tak chto, znachit, kak raz, neujeli, tem bolee, dokument, oformit qilmoq, organizovat qilmoq, prinimat qilmoq, razreshenie olmoq, podpis qo‘ymoq, bo, akun, soni kabi so‘z va birikmalarning o‘zbek tilida aynan ekvivalentlari mavjud. Buning ustiga ular adabiy tilimizga kirgan emas. Demak, bu so‘zlar o‘zbek tili uchun me’yor emas. Ammo biz ularni, ijtimoiy muhit ta’siridan bo‘lsa kerak albatta, farqiga bormasdan ishlataveramiz, nutqimizni nazorat qilmaymiz. Shu tarzda leksik me’yor ham, nutq ham buziladi.
    Shuning uchun ham tilda varvarizmlarning ishlatilishini ijobiy hodisa sifatida emas, balki me’yorning buzilishi deb qarash va ularni nutqda qo‘llamaslik lozim.
    Parazit so‘zlar deb ataluvchi lug‘aviy birliklar ham til madaniyati uchun yotdir. Ular, asosan, so‘zlashuv nutqida ko‘p ishlatilib, notiqning o‘z nutqini kuzatib bormasligi, e’tiborsizligi natijasida paydo bo‘ladi va odatga aylanib qoladi. Masalan, ayrim kishilar o‘zlari sezmagan holda demak, xo‘sh, xo‘p kabi so‘zlarni qaytaraverishga o‘rganib qolib, ularni parazit so‘zlarga aylantirib qo‘yishgan.
    Xullas, nutqning sofligi deganda adabiy tilga yot unsurlardan, ortiqcha qo‘llanishlardan holi nutq tushuniladi.

    1. Nutq boyligi

    Nutq boyligi fikrni ravon, jozibali, e’tiborli qabul qilinishiga zamin hozirlaydi.


    So‘z boyligi bo‘lmagan kishi nutqda duduqlanadi, «haligi, nimaydi, anaqa, demak, o‘sha» kabi so‘zlarni qo‘llaydi, takrorlarga yo‘l qo‘yadi. Chaynalish, so‘z takrori esa tomoshabin e’tiborini susaytiradi. Badiiy va ilmiy manbalarni o‘qish, notiqlar nutqini tinglash, eshitganda ham e’tibor bilan o‘rganish nuqtai nazaridan qabul qilish ayni muddaodir.
    Ko‘p so‘z zaxirasiga ega bo‘lishlik va undan unumli, o‘rinli foydalana olishlik nutqiy mahoratining muhim belgisi.
    So‘z takrori ezmalik va so‘zga kambag‘allikdir.
    So‘zlarning ma’nosiga ko‘ra turlari, ya’ni sinonimik, omonimik, antonimik xususiyatlarini bilish nutq chiroyini belgilaydi.
    «Hammaning diqqat-e’tiborini yana bir diqqatga sazovor musobaqaga qaratmoqchimiz» («Davr» dasturidan.)
    Shu fikrni so‘z takrorisiz bunday ifodalash mumkin-ku.
    «E’tiboringizni yana bir muhim musobaqaga tortamiz».
    Demak, takror, aniqrog‘i, bemaqsad aytilgan takror so‘z oqibatsizdir. Shoir bu borada «takror aytilganda rangsizdir kalom», -deyishi bilan haqli.




    1. Download 40,79 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9




    Download 40,79 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    5-mavzu: Nutqning kommunikativ belgilari r ye j a

    Download 40,79 Kb.