• 7. Nutqning jo‘yaliligi
  • 5-mavzu: Nutqning kommunikativ belgilari r ye j a




    Download 40,79 Kb.
    bet7/9
    Sana15.05.2024
    Hajmi40,79 Kb.
    #234060
    1   2   3   4   5   6   7   8   9
    Bog'liq
    5-Mavzu

    Nutqning ifodaliligi

    Nutqning muhim fazilatlaridan biri – ifodalilikdir. Ifodalilikkina nutqning tinglovchi tomonidan qabul qilinishini ta’minlaydi. Ifodalari sodda, ammo katta mazmunga ega bo‘lgan nutq tinglovchida qiziqish uyg‘otadi va uning ongiga tez yetib boradi. Ifodalilik nuqtai nazaridan qaraganda kishilarning nutqlari xilma-xildir. Hatto bir mavzuga bag‘ishlangan turli kishilarning nutqi turlicha ifodalanishi mumkin. Nutqni ravon qilishda mavzu va xabarning mantiqi, dalillarning yangiligi, muallifning ta’sir o‘tkazish vositalari, nutqning tuzilish xususiyatlari muhimdir. O‘z tuzilish xususiyatlari, fazilati, xossalari bilan tinglovchining fikr va tuyg‘ularini, diqqatni yorqinlashtirgan, aytilganlarga qiziqish uyg‘otgan nutq ifodalidir.


    Ifodalilik, birinchidan, nutq vaziyati bilan bog‘liq bo‘lsa, ikkinchidan tilning tuzilishi bilan bog‘liqdir. O‘qituvchining darsdagi nutqi ifodaliligi bilan targ‘ibotchining ma’ruza ifodaliligini boshqa ma’ruza ifodaliligini tenglashtirib bo‘lmaydi. Ulardagi lug‘aviy qatlamlar ohangning ko‘rinishlari bir-biridan farq qiladi.
    Ifodalilikni ta’minlashda o‘xshatish, metafora, metonimiya, sinekdoxa, mubolag‘a, maqol va iboralar, prafrazalar katta ahamiyatga ega. Nutqida bu vositalardan o‘rinli foydalanish nutq madaniyatini oshiradi.


    7. Nutqning jo‘yaliligi

    So‘zni topib, tanlab, o‘z o‘rnida aytilishini taqozo etuvchi bu sifat so‘zlovchining didi, xarakteri, omma bilan muomala qila olishiga bog‘liq. Shu sababli nima deyishlikdan ko‘ra, nima demaslikni bilish ham muhim. Har bir so‘zning jumladagi o‘rni til hodisasi bo‘lsa, uning muayyan davrada qanday aytilishi etik-estetik va psixologik hodisadir. Har bir so‘zning, nutqning o‘rnini bilish, aslida, auditoriyadagilarning saviyasi, kasbi, qiziqishi, jinsi, yoshi singarilarni e’tiborga olishdir. Shuning uchun ham aytilmoqchi bo‘lgan so‘zning, nutqning o‘z uyasi bo‘ladi. Xuddi shu uyani anglagan so‘zlovchi e’tibor qozonadi, obro‘ topadi. Aks holda, kulgili, ayanchli holatga tushadi. Auditoriyada o‘ng‘aysiz vaziyattug‘iladi.


    So‘zning o‘z o‘rni, vazni, bo‘y-basti, o‘lchovi, hajmi, hidi bor. Uni didi borlargina anglashadi.
    Shunday ekan, ma’lum sharoitlarda so‘zning, nutqning o‘z egasi bo‘ladi. E’tibor qiling. Katta hayotiy tajribaga ega bo‘lgan keksa, nuroniy kishilar orasida yosh notiq «umr mazmuni»mavzuida suhbat uyushtirsa yoki bolalarga tajribali, keksa notiq «Oila, uy-ro‘zg‘or va turmush muammolari» mavzuida ma’ruza o‘qisa, qay darajada kulgili va yarashiqsiz bo‘ladi. Hatto, shunday sharoit bo‘ladiki, chin so‘zni aytish joiz emas. Faqat sukut orqali javob berish mumkin. Alisher Navoiy «Xiradmand chin so‘zdin o‘zgani demas, vale barcha chin ham degulik emas» - deganida, shuni nazarda tutgan bo‘lsalar kerak. Xirad aql, xiradmand aqlli inson demakdir. Aqlli kishi to‘g‘ri gapdan boshqa narsani aytmaydi, lekin hamma to‘g‘ri gaplar ham har doim aytilavermaydi, demoqchi shoir.
    Nutqning jo‘yaliligi deganda, so‘zlovchi qaysi fikrni, qaysi davrada, qachon, qanday qilib, qay holatda, qay ohangda ayta olishi anglashiladi.

    Download 40,79 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9




    Download 40,79 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    5-mavzu: Nutqning kommunikativ belgilari r ye j a

    Download 40,79 Kb.