• Nutqning aniqligi
  • 5-mavzu: Nutqning kommunikativ belgilari r ye j a




    Download 40,79 Kb.
    bet4/9
    Sana15.05.2024
    Hajmi40,79 Kb.
    #234060
    1   2   3   4   5   6   7   8   9
    Bog'liq
    5-Mavzu

    Sintaktik me’yorlarning ham nutkda buzilishi holatlari kuzatiladi.
    Ega bilan kesimning shaxs-sonda moslashishi kuchli me’yor, ammo istisnolar bor. Masalan, ega va kesimning 3-shaxs ko‘plik sonda moslashishi. Bu moslashish hamisha shart emas, ya’ni ega shaxsni bildiradigan so‘z bo‘lganda, kesim ko‘plikda ham, birlikda ham kelaverishi mumkin: O‘kuvchilar maktabga keldilar // O‘quvchilar maktabga keldi kabi. Lekin ega vazifasida jonivorlar yoki jonsiz narsalarni bildiruvchi so‘z kelganda, kesim, asosan, birlikda qo‘llanadi: Itlar vovulladilar emas, Itlar vovulladi; Gullar ochildilar emas, gullar ochildi kabi (badiiy nutqdagi holat bundan mustasno).
    Barcha ta’lii muassasalari qishga yaxshi tayyorgarlik ko‘rdilar qabilidagi sintaktik noto‘g‘ri tuzilgan jumlalardir.
    Mantiqiy ko‘plik bilan grammatik ko‘plikning farqiga bormaslik ham sintaktik me’yorlarning buzilishiga olib keladi. Masalan, Isroil armiyasi ushbu hududda harbiy texnikalarni ko‘paytirganlar ("Xalq so‘zi", 2006 yil 30 iyun)
    Tilimizning grammatik me’yoriga ko‘ra aniqlovchi predmetning aniq mikdorini bildirsa, predmetni bildirgan so‘z faqat birlik sonda qo‘llanadi: o‘nta kitob, yigirma nafar o‘quvchi, besh dona gul kabi; bunday holatlarda aniqlanmishlarga -lar ko‘plik qo‘shimchasini qo‘shish grammatik xatodir. Lekin uchramoqda:
    Hozir viloyatimizdagi 80 ta kasb-hunar kollejlarida 55 mingdan ziyod o‘kuvchi ta’lim olyapti (“O‘zbekiston ovozi", 2006 yil 29 iyun).
    Uslubiy me’yorlar nutq madaniyatining cho‘qqisi hisoblanadi, bu me’yorlarni yaxshi bilish va to‘g‘ri foydalana olish madaniy nutq talablaridandir.
    Bir uslubga xoslangan til birligining boshqa uslubda qo‘llanishi uslubiy me’yorning buzilishi hisoblanadi. Masalan, tashrif buyurmoq so‘zidagi tashrifning lug‘aviy ma’nosi "sharaflash" bo‘lib, yaxlit so‘z sifatida, asosan, rasmiy-publitsistik uslubga xoslangan, unda ko‘tarinkilik, tantanavorlik ta’kidi bor. Ana shuning uchun ham quyidagi jumlada uslubiy me’yor buzilgan: Fojia yuz bergan joyga (samolyot halokatga uchragan) mamlakat prezidenti Ilhom Aliev tashrif buyurdi ("O‘zbekiston ovozi", 2005 yil 27 dekabr). Bu uslub xabar mazmunidagi neytral uslub bo‘lganligi uchun ham tashrif buyurmoq so‘zi noto‘g‘ri qo‘llangan.

    1. Nutqning aniqligi

    Nutqning aniqligi ham kishilar o‘rtasidagi muloqotni talab darajasida ta’minlashga hizmat qilishi kerak. Agar nutq aniq bo‘lmasa, so‘zlovchi fikri tinglovchiga to‘liq va aynan anglashilmaydi. Fikr chala yoki yanglish tushunilishi mumkinki.
    Aristotel o‘zining "Ritorika" kitobida nutqning asosiy fazilati uning aniqligida ekanligini aytib, "agar nutq aniq bo‘lmasa, u o‘z maqsadiga erisha olmaydi" deb ta’kidlaydi.4 Nutqning maqsadi, aytilmoqchi bo‘lgan fikr aniq va ravshan bo‘lmasa, uni ifodalash uchun tuziladigan nutq hech qachon aniq bo‘lolmaydi. L.N.Tolstoyg "So‘zdagi noaniqlik, shubhasiz, fikr noaniqligining alomatidir" degan.

    Download 40,79 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9




    Download 40,79 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    5-mavzu: Nutqning kommunikativ belgilari r ye j a

    Download 40,79 Kb.