22-mavzu. Uzunlikka (oyoq bukish usuli)da sakrash.(1 soat).
23-mavzu. Sakrash fazalariga rioya qilish.(1 soat).
24-mavzu. Balandlikka “xatlab o‘tish usuli”da sakrash. (1 soat).
25-mavzu. Uloqtirish. (1 soat).
Tennis koptogini turgan joydan uloqtirish; tennis koptogini
3-4 qadamdan yugurib kelib uloqtirish.
26-27-mavzular. Kross tayorgarlik.(2 soat).
Past, baland yerlarda yurish va yugurish; pastlikdan tepalikka va tepalikdan pastga yugurish; 60 m bo‘laklardan iborat estafetalar; 1000 m masofaga kross yugurish.
O‘quvchilarda shakllantirilgan fanga oid kompitensiyalar:
Sog‘lomlashtiruvchi mashqlarni bajarishni tushunish va qo‘llay olish kompetensiyasi:
yugurib kelib gimnastika “kozyoli” ustiga tayanib tizzalarga sakrab chiqish, tizzalardan qo‘llarni ko‘tarib yumshoq sakrab tushish mashqlarini bajara oladi;
gimnastik narvon bo‘ylab yuqoriga, dioganal bo‘yicha tirmashib chiqish va tushish mashqlarini bajara oladi;
bajarilayotgan gimnastika mashqlarining insonning tana a’zolariga bo‘lgan ta’sirini biladi;
muvozanat saqlash mashqlarini ketma-ketlikda bajara oladi, muvozanat saqlash mashqlarini bajarishda musiqa ohanglari ostida bajara oladi.
chiziq bo‘ylab oyoq uchida, tovonda, oyoq yon qismlarida yurish mashqlarini bajara oladi.
Jismoniy mashqlar majmuasini ketma-ketlikda to‘g‘ri bajarish orqali jismoniy sifatlarni rivojlantirish kompetensiyasi:
turli yurish mashqlariga oid bo‘lgan (yarim o‘tirib, orqa bilan yurish, o‘tirgan holatda sakrash bilan bog‘liq yurish) mashqlarni bajara oladi;
kross yugurish, kross tayyorgarligi mashqlari haqida biladi va bajara oladi;
past-balandlik bo‘ylab 1000 m yugurish mashqlarini bajaradi hamda kross tayyorgarlik mashqlarini bajarishda me’yorlarni biladi va ularga amal qiladi.
|