• 11-13-mavzular. Muvozanatni saqlash mashqlari
  • 5-sinf uchun jismoniy tarbiya fanidan dts talablari asosida uzviylashtirilgan taqim-mavzuviy ish rejaga ilova




    Download 104 Kb.
    bet6/12
    Sana02.06.2021
    Hajmi104 Kb.
    #14697
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
    7-mavzu. Tayanishlar (1 soat).

    Polda, gimnastika o‘rindig‘iga qo‘llar bilan tayangan holda bukish va yozish mashqlari.



    8-10-mavzular.Akrobatika (3 soat).

    Oldinga va orqaga ikki marta ketma-ket umbaloq oshish; orqa tomonga oyoqlarni yuqoriga ko‘tarib kuraklarda tik turish.

    Chalqancha yotgan holda “ko‘prik” hosil qilish; akrobatikaga oid bo‘lgan 2 yoki 3 ta mashqlardan iborat majmualarni bajarishni o‘rgatish.

    Mashqlari yakunidan so‘ng bir qadam oldinga chiqib, qo‘llarni yonga ko‘tarish.



    11-13-mavzular. Muvozanatni saqlash mashqlari (3 soat).

    Yakkacho‘p yonida ikki qo‘l bilan tayanib, o‘ng oyoqni oldinga siltab o‘tkazib, yakkacho‘p ustiga chiqib chap tomonga burilib, oyoqlarni ochib o‘tirish (yakkacho‘p balandligi 90-100 sm); yakkacho‘p ustida turli harakat mashqlarini bajarish:oyoqlarni orqaga siltab, oldinga qo‘llarni bukib qorinda yotish; qo‘llarni yozib (to‘g‘irlab) gavdani ko‘tarib turish; o‘ng oyoqni oldinga bukib, yarim o‘tirib, qo‘llarni yonga uzatish; chap oyoqni o‘ng oyoq orqasiga qo‘yib, qo‘llarni yondan yuqoriga ko‘tarib, oyoq uchida tik turish.

    Chap oyoqni yarim bukib oldinga qadam tashlab yurish; o‘ng qo‘lni orqadan doira shaklida aylantirib yuqoriga ko‘tarish; o‘ng oyoqni chap oyoq kabi bukib oldinga qadam tashlab, chap qo‘lni orqadan aylantirib yuqoriga ko‘tarish; chap oyoqni o‘ng oyoq yoniga qo‘yib, chap tomonga burilish; qo‘llarni oldinga tushirib orqaga uzatish, oyoqlarni yarim bukkan holda yuqoriga kerilib sakrab tushish (yakkacho‘p bo‘lmagan taqdirda gimnastik o‘rindiqda bajarilishi mumkin); yakkacho‘p ustida bir oyoqda (chap, o‘ng) “qaldirg‘och” bo‘lib turish.


    Download 104 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




    Download 104 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    5-sinf uchun jismoniy tarbiya fanidan dts talablari asosida uzviylashtirilgan taqim-mavzuviy ish rejaga ilova

    Download 104 Kb.