5-SINF (68 soat, haftasiga 2 soat)
O‘quvchilarda shakllantiriladigan tayanch kompetensiya elementlari:
Kommunikativ kompetensiya:
mustaqil fikrini og‘zaki va yozma tarzda ifoda eta olish, turli ko‘rinishga ega ma’lumotlardan foydalana olish.
Axborot bilan ishlash kompetensiyasi:
jismoniy tarbiya faniga oid adabiyotlardan foydalana olish, ommaviy axborot vositalari hamda Internet-saytlardan jismoniy tarbiyaga oid bo‘lgan ma’lumotlarni topa olish va ulardan foydalana olish
O‘zini-o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi:
o‘zi ustida muntazam ishlash, kun tartibi hamda gigienik qoidalarga amal qila olish. Jismoniy tarbiyaga oid manbalar bilan mustaqil tarzda ishlay olish. Sport anjomlaridan xavfsiz foydalanish.
Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi:
o‘z oilasi, mahallasi, Vatan oldidagi burchini bilish.
Milliy va umummadaniy kompetensiya:
milliy qadriyatlarni bilish. Jismonan sog‘lom bo‘lish sirlarini bilish. Vatanga sadoqatli, insonlarga mehr-oqibatli bo‘lish.
Matematik savodxonlik, fan va texnika yangiliklaridan xabardor bo‘lish hamda foydalanish kompetensiyasi:
sanoq, tezlik, epchillik, umumrivojlantiruvchi mashqlarni bajarish.
|