• Birlamchi etalon
  • Ikkilamchi etalon
  • 6 – Amaliy mashg‘ulot




    Download 132.21 Kb.
    bet7/8
    Sana01.06.2023
    Hajmi132.21 Kb.
    #68673
    1   2   3   4   5   6   7   8
    Bog'liq
    metro
    Ìóñòàêèë èøëàð, Mustaqil ta, types of collocations (1), Dasturiy ta’minotning arxitekturasi Dasturiy ta’minot tizimlari, 9, тошпўлат тажанг нима дейди инсц., 1-TOPSHIRIQ KT (2), mobil ilovalar 2 dedline
    Etalon to‘plami- o‘lchash vositalari diapazonlarining birlashmasidan iborat bo‘lgan diapazonda birlikni qayta tiklash va (yoki) saqlashga imkon beruvchi, ko‘rsatilgan shu o‘lchash vositalarining majmuidan tashkil topgan etalon. Misol - etalon mayda qadoq toshlar (etalon qadoq toshlar to‘plami), areometrlarning etalon to‘plami. Etalon to‘plamlari ham xuddi guruhli etalonlar kabi doimiy va o‘zgaruvchan tarkibli etalonlarga bo‘linadi. Birlikni qayta tiklash aniqligining darajasi bo‘yicha va metrologik tobeligi bo‘yicha etalonlar birlamchi, ikkilamchi va ishchi etalonlargabo‘linadi.
    Birlamchi etalon – u na’munaviy o‘lchash vositasi bo‘lib, ma’lum bir birlikni mamlakatda (shu birlikning boshqa etalonlarga nisbatan) eng yuqori aniqliq bilan qayta tiklashini ta’minlaydigan etalon, ya’ni na’munaviy o‘lchov vositasidir.Asosiy birliklarning birlamchi etalonlari birliklarni ularning ta’rifiga muvofiq qayta tiklaydi. Birlamchi etalonga misol qilib, uzunlik birligining etaloni metr misol bo‘ladiki, u o‘lchash vositalarining kompleksidan iborat bo‘lib, yorug‘lik to‘lqinining vakuumdagi 1/299792458 s ga teng bo‘lgan vaqt intervalida o‘tgan yo‘lining birligini qayta tiklanishini keltirish mumkin. O‘lchanadigan kattalikning butun diapazoniga (ko‘lamiga) bitta birlamchi etalon bilan xizmat ko‘rsatish texnik jihatdan maqsadga muvofiq bo‘lmaganda, butun ko‘lamning qamrab olinishini ta’minlaydigan shu diapazonning (ko‘lamning) qismlariga xizmat ko‘rsatadigan bir nechta birlamchi etalonlar yaratilgan. Bu holda «qo‘shni» birlamchi etalonlar bilan qayta tiklanadigan birliklarning o‘lchamlari o‘zaro muvofiqlashtiriladi.
    Ikkilamchi etalon - birlikning o‘lchamini mazkur birlikning birlamchi etalonidan oladigan etalon. Ikkilamchi etalonlar qiyoslash ishlarini ratsional tashkil etish zarur bo‘lganida va birlamchi etalonni eng kam yeyilishini va saqlanganligini ta’minlash hollarida yaratiladi. Metrologik vazifasi bo‘yicha ikkilamchi etalonlar nusxa-etalon, taqqoslash etaloni, guvoh etaloniga bo‘linadi. Nusxa-etalon – birlikning o‘lchamini ishchi etalonlarga uzatish uchun mo‘ljallangan etalon. Nusxaetalonlar, odatda, birlamchi yoki maxsus etalonni barvaqt yeyilishidan saqlash maqsadida, qiyoslash ishlari ko‘p bo‘lgan hollarda yaratiladi.
    Nusxa-etalon zarur bo‘lganda, davlat etaloni o‘rnida ishlatilishi mumkin.
    o‘lchamini ishchi o‘lchash vositalariga uzatish uchun mo‘ljallangan etalon. Ishchi etalon birligining o‘lchami ikkilamchi nusxa etalon bo‘yicha yoki ba’zi hollarda, to‘g‘ridan-to‘g‘ri birlamchi etalon bo‘yicha qo‘yiladi. Etalonlarning tarkibiga nafaqat kattalik birligini qayta tiklaydigan va saqlashni amalga oshiradigan eng yuqori aniqlikdagi o‘lchash vositalari etalonlar kiritiladi, balki birlik o‘lchamini etalondan boshqa o‘lchash vositalariga uzatish, o‘lchash sharoitini nazorat qilish va etalonda saqlanadigan kattalik birligi o‘lchamini o‘zgarmasligini kuzatish uchun zarur bo‘lgan boshqa o‘lchash vositalari ham kiritiladi. Zarur bo‘lganda, etalonlar tarkibiga ularning ishini ta’minlaydigan boshqa texnikaviy vositalar (masalan, informatsion-hisoblash komplekslari, maxsus platformalar, inshootlar va boshqalar) kiritiladi. Ishchi etalonlar zarur bo‘lganda, namunaviy o‘lchash vositalari (NO‘V) uchun qabul qilinganidek, 1,2,...n - razryadlarga ajratiladi. Bu xolda birlikning o‘lchami razryadlari bo‘yicha bir-biriga tobe ishchi etalonlar tizimi orqali uzatiladi va birlikning o‘lchami bu tizimdagi oxirgi ishchi etalondan ishchi o‘lchash vositasiga uzatiladi. Etalonlarning metrologik xususiyatlari GOST 8.381-80 muvofiq ifodalanadi. O‘zbekistonda milliy etalonlarni ishlab chiqish tartibi, attestatlash, tasdiqlash, qayd qilish, saqlash va qo‘llash davlat standartida O’z DSt 8.014:2002 belgilangan.
    Shu sababli mamlakatimizda “milliy etalon” atamasi alohida davlatlarga qarashli etalonlarni xalqaro etalon bilan solishtirishda yoki qator mamlakatlarning etalonlarini yalpi solishtirish ishlarini o‘tkazishda qo‘llaniladi. Etalonlarning texnik infrastrukturasi, maxsus binolar, inshootlar, uskunalar etalon komplekslarining ajralmas qismi bo‘lib, ularning tarkibi etalonlarning hujjatlarida beriladi. Davlatlararo etalon ikki va undan ortiq ishtirokchi davlatlar kelishuvi bo‘yicha qabul qilingan milliy etalonlardan iborat bo‘ladi.
    O‘lchashlar birliligini global masshtabda ta’minlash uchun O‘lchashlar va tarozilar xalqaro byurosi (O‘THB) da saqlanadigan xalqaro etalonlar qo‘llaniladi.
    Xalqaro etalonlar – Milliy etalonlar bilan qayta tiklanadigan va saqlanadigan birliklar o‘lchamlarini muvofiqlashtirish uchun xalqaro kelishuv bo‘yicha asos sifatida qabul qilingan etalon. Misol – O‘lchovlar va tarozilar xalqaro byurosi (O‘TXB) da saqlanadigan kilogrammning xalqaro timsoli 1-chi o‘lchovlar va tizimlar bosh konferensiyasi (O‘TBK) da tasdiqlangan. 1-rasmda massa birligi (kilogramm)ning xalqaro etalonining tashqi ko‘rinishi keltirilgan.

    1-rasm. Massa birligining xalqaro timsoli (etalon)
    1889 yili O‘lchashlar va tarozilar bosh konferensiyasi (O‘TBK) da tasdiqlangan kilogrammning xalqaro timsoli platina iridiyli qotishma toshidan tarkib topadi (90% Pt, 10% Ir).
    Etalonni saqlash deganda etalonning metrologik xususiyatlarini belgilangan chegaralarda saqlash uchun zarur bo‘lgan amallar majmui tushuniladi.
    Birlamchi etalonni saqlashda uni muntazam ravishda tadqiq qilish, shu jumladan birlikni qayta tiklash va saqlash aniqligini oshirish va uning o‘lchamini uzatish usullarini takomillashtirish maqsadida boshqa davlatlarning milliy etalonlariga solishtirish ishlari bajariladi.Etalonlar maxsus davlat metrologik xizmat markazlarida saqlanadi. Ishchi etalonlar ham mahkama metrologik xizmati va yuridik shaxs metrologik xizmati idoralarida ularning sohasiga va belgilangan qoidalarga muvofiq saqlanadi. Davlat birlamchi va ikkilamchi etalonlarning majmui o‘lchashlar birliligini ta’minlashda asos bo‘ladigan mamlakatning etalon bazasini hosil qiladi. O‘zbekistonda bu tashkilot O‘zbekiston Respublikasining milliy etalonlar markazi hisoblanadi. Ishonarli o‘lchash informatsiyasi sinov natijalarining o‘zaro tan olinishini tasdiqlaydigan va mahsulot va xizmatlarning muvofiqligini tasdiqlash va jami baholash infrastrukturasini asosi bo‘ladi. Bu o‘z navbatida, kattalik birliklarini turli mamlakatlar etalonlari bilan qayta tiklanadigan o‘lchamlarini doimiyligi va majburiy kelishishligiga qattiq talablar qo‘yadi. Bu talablarni ta’minlash uchun milliy etalonlar xalqaro va (yoki) davlatlararo etalonlar bilan solishtirilishi kerak bo‘ladi va agar bu boshqa mamlakat milliy etalonlari bilan zarur bo‘lsa. Etalonlarning solishtirilishi - kattalikni yoki uning hosilaviy o‘lchamlarini ishtirokchi-davlat solishtirish etalonlar yordamida qayta tiklash natijasida aniqlangan o‘lchamlari o‘rtasidagi nisbatni belgilovchi amallar majmuidir. Fizik kattalikning, uning karrali yoki ulushli qiymatlarining o‘lchamini qayta tiklash, saqlash va uzatish uchun mo‘ljallangan milliy (davlat) etalonlari solishtirilishi kerak.
    Solishtirish amalini o‘tkazish zarurligi to‘g‘risidagi qarorni metrologiya bo‘yicha xalqaro va regional tashkilotlarning tavsiyalarini hisobga olgan holda etalon – ega (davlat) si qabul qiladi.Milliy etalonni tekshirish (tadqiq qilish) va qayta tiklanadigan birlik o‘lchamini aniqlash bo‘yicha ishlarning majburiy tarkibiy qismi bo‘lib solishtirish hisoblanadi. Qoidaga binoan, aniqlik darajasi bir xil bosqichda bo‘lgan etalonlar solishtirilishi kerak. Etalonlarning solishtirilishi tashiladigan etalonlar yordamida amalga oshiriladi, bunday etalon bo‘lmagan holda ishtirokchi davlatlar kelishuvi bo‘yicha solishtirish vositasi tanlanadi. Solishtirish etaloni (solishtirish vositasi) barqarorlik talablariga muvofiq bo‘lishi kerak. Etalonlarni solishtirilishi aylanma, radial yoki kombinatsiyalangan bo‘lishi mumkin. Solishtirish turini tanlash (aylanma yoki radial) taqqoslash etaloni (solishtirish vositasi) ning barqarorligiga qarab o‘tkaziladi. Bitva za etalon (Metrologiya).mpg.

    Download 132.21 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8




    Download 132.21 Kb.