- Oʻqituvchi pedagogik muloqot jarayonining faol ishtirokchisi ekanligini unutmasligi shart. Shuning uchun kasbiy faoliyatida pedagogik mahoratning bir qator sifatlarini uzluksiz tarkib toptirib boris




Download 32,94 Kb.
bet6/7
Sana19.05.2024
Hajmi32,94 Kb.
#244502
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
6-maruza PK

- Oʻqituvchi pedagogik muloqot jarayonining faol ishtirokchisi ekanligini unutmasligi shart. Shuning uchun kasbiy faoliyatida pedagogik mahoratning bir qator sifatlarini uzluksiz tarkib toptirib borishi zarur.


  • - Oʻqituvchi pedagogik muloqot jarayonining faol ishtirokchisi ekanligini unutmasligi shart. Shuning uchun kasbiy faoliyatida pedagogik mahoratning bir qator sifatlarini uzluksiz tarkib toptirib borishi zarur.

  • - Oʻqituvchi eng avvalo, mulohazali, bosiq, har qanday pedagogik vaziyatni toʻg‘ri baholay oladigan hamda mustaqil ravishda mavjud ziddiyatlarni bartaraf etishning uddasidan chiqa olishi kerak.

Yuqoridagi talablardan kelib chiqib, zamonaviy pedagog yuksak madaniyatli, notiq, oʻquvchilarni sevuvchi, mehribon, ijodkor, oʻz fanini chuqur biluvchi, psixolog, zamonaviy texnikalardan foydalana oluvchi, qobiliyatli shaxs boʻlishi kerak.
Oʻqituvchi bola qalbining injeneridir.

Taniqli rus pedagogi A.S.Makarenko oʻqituvchilik kasbiga juda yuqori baho berib, unga shunday taʼrif beradi: ,,Tarbiyachi tashkil etishni, yurishni, hazillashishni,quvnoq yoki jahldor boʻlishni bilishi lozim, u oʻzini shunday tutishi kerakki, uning har bir harakati, yurish-turishi, kiyinishi bolalarni tarbiyalasin‘‘. Bu taʼrifdan shunday xulosaga kelish mumkinki, pedagog har tomonlama mukammal, oʻquvchilar uchun ideal shaxs boʻlishi lozim. Hattoki, pedagogning kiyinishi ham bolalarni tarbiyalasin.


Hali maktab boʻlmagan, pedagogik fikr tarkib topmagan davrdayoq qabila aʼzolarining bolalarda mehnatsevarlik, axloq-odob, nafosat, doʻstlik, mehr-shafqat, insonparvarlik sifatlarini tarkib toptirish sohasidagi aql-idroki va usullari yillar davomida hayot tajribasi va sinovlaridan oʻtib, sayqallanib oʻsha davrning oliyjanob mevasi sifatida bizning davrimizgacha еtib keldi. VII asrlarga kelib Oʻrta Osiyoda ilm-fan va madaniyat sohasidagi rivojlanish bevosita taʼlim va tarbiya beruvchi mudarrislarning qizgin faoliyati hamda ularga qoʻyiladigan talablarning nihoyatda rang-barangligi va xilma-xilligi bilan diqqatga sazovordir. Ilk ibtidoiy jamoa va quldorlik davrlaridan boshlab, bolalarning taʼlim va tarbiyasiga javobgar ulamolar hamda mudarrislar nasihat, tushuntirish, rag‘batlantirish, maqtash, namuna koʻrsatish, tanbeh berish, taʼqiqlash, majbur qilish, poʻpisa qilish, qoʻrqitish kabi usullardan foydalanganlar.
Y.A.Komenskiy oʻqituvchi obrazini tasvirlar ekan, uning shaxsida quyidagi fazilatlar namoyon boʻlishi maqsadga muvofiqligini taʼkidlaydi: vijdonli, ishchan, sabotli, axloqli, oʻz ishini sevuvchi, oʻquvchilarga mehr bilan muomala qiluvchi, ularda bilimga havas uyg‘otuvchi, oʻquvchilarni oʻz ortidan ergashtiruvchi va diniy e’tiqodni shakllantiruvchi.
I.G.Pestalossi oʻqituvchining kasbiy sifatlariga baho berish bilan birga, asosan, uning xalq taʼlimi tarmog‘ini takomillashtirishdagi roli hamda fan asoslarini egallashdagi ahamiyati va vazifalariga toʻxtalib oʻtadi.
A. Disterverg oʻqituvchining taʼlimdagi roliga yuqori baho berib, u oʻz faoliyatini chuqur bilib, pedagogik mahoratini oshirib borishi oʻquvchilarni qalbdan yoqtirishi natijasida yuzaga keladi deb uqtiradi. Oʻqituvchi bolalarning individual xususiyatlarini, qobiliyatini, faoliyatini mukammal bilishi uchun muayyan darajada psixologik bilimlarga ham ega boʻlishi kerakligini taʼkidlab oʻtgan. Pedagog olim Djon Lokk oʻqituvchi psixologiyasining eng muhim jihatlarini ishlab chiqqan. Ular orasiga Moʻtadillik, Gayrat — shijoatlilik, ehtiyotkorlik kabi xislatlarni kiritib, oʻqituvchining pedagogik faoliyatidagi rolini asarlarida yoritib bergan.
A.I.Gersen, L.N.Tolstoy, I.G.Chernishevskiy, K. D.Ushinskiy kabi rus pedagog olimlari G‘arb mutafakkirlari g‘oyalarining vorislari sifatida mazkur muammolarga oʻz mulohazalarini bildirganlar. Jumladan, A.I.Gersen mulohazalariga koʻra, oʻqituvchining asosiy xislati — bu uning bolalar bilan munosabatda boʻlayotganligini sezishda, bolalar ruhiy dunyosini tushuna olishida, axloqiy qobiliyatining mavjudligida, chunki u shunday iste‘dodga ega boʻlmog‘i zarurki, unga har qaysi oʻqituvchi erisha olmaydi.
Oʻqituvchida pedagogik mahoratni shakllantirishning ilmiy — nazariy asoslari pedagog olim V.A. Slastyonin tomonidan ham tadqiq qilingan. U kasbiy — pedagogik tayyorgarlik, oʻqituvchining shaxsi va kasbiy shakllanish yoʻnalishi va bunda pedagogik mahorat toʻg‘risida soʻz yuritib, shunday yozadi: «oʻqituvchi muntazam ravishda pedagogik nazariyalarga tayansagina, oʻqituvchilik mahoratini egallaydi. Chunki, pedagogik amaliyot doimiy ravishda pedagogik nazariyaga murojaat qilishni taqozo etadi.
Birinchidan, ilmiy nazariyalar — taraqqiyotning umumiy qonuniyatlari, tamoyillari, qoidalarini aks ettiruvchi ilmiy bilimlardir, amaliyot boʻlsa, doimo aniq vaziyatga asoslanadi. Ikkinchidan, pedagogik faoliyat-falsafa, pedagogika, psixologiyaga oid bilimlar sinteziga asoslanuvchi yaxlit jarayondir. Bu bilimlar sintezisiz pedagogik amaliyotni maqsadli qurish juda mushkul».
Demak, oʻqituvchidan nafaqat pedagogik mahoratni mukammal egallash talab etiladi, balki pedagogik amaliyotni toʻgri va maqsadli tashkil qilish uchun chuqur ilmiy — nazariy maʼlumotlarga ham ega boʻlish lozim. Buyuk rus adibi L.N.Tolstoy oʻqituvchi fazilatining mukammalligini oʻz mutaxassisligiga nisbatan ijobiy munosabatda boʻlishi bilan bir vaqtda bolalarga boʻlgan munosabatida, ularni xuddi oʻz farzandlaridek jon-dilidan sevishida ekanligida koʻrgan. Uning taʼkidlashicha, «agar oʻqituvchi faqat ishiga havas qoʻygan boʻlsa, u yaxshi oʻqituvchi boʻladi. Agar oʻqituvchi bolaga faqat otasi va onasi kabi havas qoʻygan boʻlsa, u oldingi oʻqituvchidan yaxshiroq boʻladi. Bordiyu, ikkala xislatni ham oʻzida mujassamlashtirsa, u holda u mukammal va mahoratli oʻqituvchi boʻladi». Maʼlumki, pedagogik mahorat tizimida oʻqituvchining pedagogik nazokati (odobi) muhim mavqega ega. Oʻqituvchi pedagogik nazokatsiz, kasb odobisiz yuksak choʻqqilar sari odimlay olmaydi.



Download 32,94 Kb.
1   2   3   4   5   6   7




Download 32,94 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



- Oʻqituvchi pedagogik muloqot jarayonining faol ishtirokchisi ekanligini unutmasligi shart. Shuning uchun kasbiy faoliyatida pedagogik mahoratning bir qator sifatlarini uzluksiz tarkib toptirib boris

Download 32,94 Kb.