|
Tayyorlangan maqola, tezis yoki ma'ruza kafedrada himoya qilinadi
|
bet | 24/25 | Sana | 14.05.2024 | Hajmi | 407,28 Kb. | | #230749 |
Bog'liq 6-soat reja Darsdan va maktabdan tashqari ishlarning maqsad va Tayyorlangan maqola, tezis yoki ma'ruza kafedrada himoya qilinadi.
6.Amaliy mazmundagi nostandart masalalar echishva ijodiy ishlash.
Bir mavzu yoki bo`lim bo`yicha nostandart, alohida yondashib qilinadigan, nazariy ahamiyatga ega bo`lgan amaliy topshiriqlarga yondashish talab qilinadigan ilmiy-ijodiy vazifalar, modellar, namunalar yaratish vazifasi topshirilishi mumkin. Amaliy topshiriqlar masalani hal qilishning optimal variantlarini izlashga va ishlashga qaratilgan bo`lishi kerak.
Talabaning qiziqish va qobiliyatiga qarab, ilmiy xarakterdagi topshiriqlar berish, o`qituvchi bilan hamkorlik ilmiy ishlar tayyorlash va chop ettirishi mumkin.
Talabalar mustaqil ishini samarali tashkil etishda:
tizimli yondashish;
barcha bosqichlarini muvofiqlashtirish va uzviylashtirish;
bajarilishi ustida qat'iy nazorat o`rnatish;
tashkil etish va nazorat qilish mexanizmlarini takomillashib borish zarur;
Mustaqil ish topshiriqlari muvaffaqiyatli yakunlashi uchun
quyidagi talablar bajarilish lozim:
maqsad (bilimini mustahkamlash yangi bilimlar o`zlashtirish, faollikni oshirish, amaliy ko`nikma va malakalarni shakllantirish h.k.) aniq asoslanishi;
vazifa va topshiriqlarning aniq ravshan belgilanishi;
topshiriqlarni bajarish algoritmi va metodlaridan talabalarning etarli darajada habardor bo`lishi;
maslahat va boshqa yordam turlarining to`g`ri belgilanishi (yo`llanma va ko`rsatma berish, mavzuning mazmuni va mohiyatini tushuntirish, muammoli topshiriqlarni bajarish usullari bo`yicha tushuncha berish, ayrim muammoli momentlarni birgalikda hal qilish va h.k.);
hisobot shakli va baholash mezonini aniq belgilash;
nazorat vaqti, shakli va turlarini aniq belgilab olish (amaliy seminar, laboratoriya mashg`ulotlari, konsultatsiya uchun yoki nazorat uchun maxsus ajratilgan vaqt, ma'ruza yo referat matni, bajarilgan topshiriqlar daftari, nazorat ishlari, uy vazifasi daftari, kurs ishlari, test, maqola, nostandart topshiriqlar, savollar, maqola, ko`rgazmali jixozlar va ijodiy ishlar, savol-javob, bajarilgan ish mazmuni va mohiyatini tushuntirib berish, yozma shaklda bayon qilish).
|
| |