67
ikkala usulni birgalikda ishlatishdir. Bu shu bilan bog‘liqki, dastlabki
bosqichda barcha masalalar to‘g‘risida yetarlicha ma’lumotlarning
yo‘qligidadir.
Ma’lumotlar bazalarini loyixalashtirish jarayoni ikki bosqichga
bo‘linadi: muammo sohasining ma’lumotlarining axborot-mantiqiy
modelini (MAMM) ishlab chiqish va ma’lumotlar bazasining mantiqiy
tuzilishini aniqlash.
Axborot-mantiqiy
model
muammo
sohasini
axborot
obyektlarining majmui va ular orasidagi tuzilmaviy aloqalar
ko‘rinishida aks ettiruvchi ma’lumotlar modelidir. Muammo
sohasining ma’lumotlarining axborot-mantiqli modelini ishlab chiqish
shu sohani tekshirish natijasida olingan tavsifiga xasoslanadi.
Muammo sohasining infologik modeli asosida kontseptual
(mantiqiy), ichki (jismoniy) va tashqi modellar tuziladi.
Ma’lumotlar bankining mantiqiy tuzilishi
obyektga tegishli
bo‘lgan axborotlarning Mbda joylanishini ifodalaydi. Hosil bo‘lgan
Ma’lumotlar bankining mantiqiy bog‘lanish modeli ikkinchi
bosqichining natijasi hisoblanadi. Bu modelda uch turli axborot
ifodalanadi: obyekt to‘g‘risidagi xabarlar, ularning xususiyati va o‘zaro
munosabatlari. Har bir obyekt modeli yozuv turlari orqali ko‘rsatiladi.
Ularning xususiyatlari - yozuv maydonlari orqali ifodalanadi,
munosabatlar esa – yozuv va maydon turlari o‘rtasidagi aloqalar
yordamida tasvirlanadi. Bunday model EHM operatsion tizimining,
MBBT ning mohiyatiga bog‘liq bo‘lmaydi, ya’ni axborotning
ma’nosiga bog‘liq bo‘lmagan holda ularni ifodalash usuli va aloqasini
ta’minlaydi.