71
FAT32 fayllar tizimi.
Kirish chiqish operasiyalarni barchasini tezligi va unumdorligini
oshirib, u qattiq disklarga optimal kirishini ta’minlaydi. Hajmi 2 Gbayt
dan oshiq bo‘lgan tomlarni ishlatish uchun mo‘ljallangan fayl tizimning
takomillashgan versiyasini FAT32 namoyon qiladi.
FAT32 fayl tizimning mikoniyatlari FAT 16
fayl tizimning
imkoniyatlaridan ancha oshiq.
FAT fayl tizimni avvalgi ish bajarishlariga qaraganda FAT32 fayl
tizimi quyidagi ustunliklarni ta’minlaydi:
O‘lchami 2 terabaytgacha bo‘lgan disklarni quvvatlashini
ta’minlaydi;
Disk maydoni unumliroq ishlatiladi. FAT32
maydaroq
klasterlarni (o‘lchamlari 8 Gbayt bo‘lgan disklar uchun 4 Kbayt
o‘lchamli klasterlar ishlatiladi) ishlatish
hisobiga FAT ga nisbatan
diskli maydonni 10-15% ga ishlatish unumdorligini oshirishga imkon
yaratadi, shuningdek, kompyuterni ishlatish uchun kerak bo‘lgan
resurslarga
talabni pasaytiradi
Yuqori ishonchlik darajasini ta’minlaydi. FAT32 ildizli katalogni
bir joydan ikkinchi joyga siljitish va o‘z- o‘zidan standart nusxasi
o‘rniga FAT ni zahiradagi nusxasini ishlatishga imkon yaratadi.
Dasturlarni ancha tez yuklanishi. FAT32
klasterlarining
o‘lchamlari kichik bo‘lgani uchun, ilovalar va ularni yuklash uchun
fayllar diskda optimal ravishda joylanishi mumkin.