69
munosabatlarda ikkita bir xil qator bo‘lmaydi;
ustun va qatorlarning tartibli joylashishi va nomlanishi majburiy
emas.
Relyatsion model bir nechta munosabatlardan tashkil topishi
mumkin. Relyatsion modelning asoschisi – Amerika olimi E.F. Kodd.
Bu modelning ikkinchi nomi – Kodd modeli.
Umumiy holda ma’lumotlar bazalarini
boshqarish tizimlari
(MBBT) ikki xil guruhga ajratiladi:
Professional yoki sanoat MBBTlari. Bu guruhga quyidagi
MBBTlar kiradi: Oracle, DB2, Sybase,
Informix, Ingres, Progress.
Shaxsiy (stolga joylashtiriladiganlar). Bu guruhga kiradigan
MBBTlar: FoxBase/FoxPRO, Clipper, R:base, Paladox,
Approach va
Access. Foydalanuvchi interfeysi MB protsessori Ma’lumotlar bazasi 1
blok, 2 blok, 3 blok.
Hozirgi vaqtda Access MBBT ning ishlab chiqarishda keng
tarqalganligini hisobga olgan holda dasturning ma’lumotga
kirish
arxitekturasini ko‘rib chiqamiz. Arxitektura uchta blokdan tashkil
topadi (3.5-rasm).
3.5-rasm. MB loyihalash bosqichlari
Foydalanuvchi interfes bloki. Bunga MS Access ob’ektlari kiradi:
jadvallar, formalar, hisobotlar va boshqalar. Ma’lumotlar ombori. Bu
blokda ma’lumotlar jadvallarining fayllari saqlanadi (Accessda .mdb
fayllar).