7-Mavzu: Ijtimoiy tarmoqlarda axborot xurujlari va tahdidlari. (2soat) “Axborot xuruji” tushunchasi




Download 202.76 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/2
Sana08.04.2023
Hajmi202.76 Kb.
#49707
1   2
Bog'liq
7-Mavzu Ijtimoiy tarmoqlarda axborot xurujlari va tahdidlari.docx
10-mavzu, 5, 6-mavzu, Hasan Istamov, 4-mavzu axborotni jamiyatda tutgan o`rni va ahamiyati. Reja Ax, 3-taqdimot (taqdimot), 4-Mavzu Jahon media va axborot makonida rakobat muxitk, 2-амалий, 2-семинар, 3-семинар, 10 iyun, 12-maruza, 2-taqdimot, 5-Mavzu Xorijiy ommaviy axborot vositalarini media makondagi o’rni, Документ Microsoft Word
 
 
Axborot xurujlarining manbalari. Ularning ijtimoiy muhitda amalga oshish usullari. 
Bugun axborot hurujlari orqali o‘z g‘oyalarini singdirish va jamiyat a’zolarini, ayniqsa, 
yoshlarni o‘z izmiga solish ko‘p kuzatilayotgan holat bo‘lib qolmoqda. Axborot hurujlari 
bugungi kunda globallashuv jarayoniga qo‘shilgan har bir davlat va jamiyat uchun potensial 
yoki real darajada xavf tug‘diradi. Chunki axborot orqali o‘sha mamlakat yoshlari ongini 
manipulyatsiya qilish, o‘zlarining g‘arazli maqsadlariga shu yo‘l bilan erishmoqchi 
bo‘layotgan kuchlar mavjudligi sir emas.Axborot xurujlarini bugungi kunda davlatlar 
(jumladan chet el davlatlari), turli ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy tashkilotlar, rasmiy va norasmiy 
sotsial guruhlar, alohida shaxslar uyushtirishi mumkin. Shuning uchun axborot urushlari
axborot-psixologik xavfsizlik kabi mavzularda butun dunyo olimlari keng baxs va 
mushohadalar olib borishmoqda.
Axborot oqimining ortishi, axborot urushlari va axborot terrorizmi kabi masalalarning 
ko‘tarilishi, jamiyatda ommaviy axborot vositalari o‘rnining ortishi, mehnat faoliyatini texnik 
axborotlashtirish usullarining keng qo‘llanilishi tufayli ko‘plab ilmiy va ilmiy-amaliy 
adabiyotlarda axborot xurujlarining amalga oshish usullari o‘rganilmoqda. Axborot 
ta’sirlari kimga ta’sir ko‘rsatish kerakligi va axborot hurujining maqsadidan kelib chiqqan 
holda tegishli usullar orqali amalga oshiriladi. Bularga psixologik usullar (o‘z fikrini 
singdirish, rag‘bat, majburlash, jazolash, namuna ko‘rsatish), harbiy usullar (jismoniy zarar 
yetkazish orqali o‘z fikrini singdirish), iqtisodiy usullar (potensial raqibning iqtisodiy holatini 
yomonlovchi savdo yoki moliyaviy sanksiyalar yaratish), siyosiy usullar (turli siyosiy 
o‘yinlar) kiradi. Mazkur usullarni mukammal bilgan holatdagina axborot hurujlariga qarshi 
kurash yo‘llarini ishlab chiqish mumkin. Globallashuv sharotida dunyoning mafkuraviy 
manzarasi hozirda juda murakkablashib ketdi. Unda ta’sir kuchiga ega bo‘lishni eng maqbul 
yo‘li sifatida, mablag‘ qancha ketishidan qat’iy nazar yirik axborot tarqatuvchilik mavqeini 
egallash ekanligi hozirda sir bo‘lmay qoldi. Jahonda informasion urush ketayotganini hatto 
oddiy insonlar ham sezishlari mumkin. Misol uchun biron mamlakat hududida ma’lum 
turmush tarzini, qadriyatlar tizimini ulug‘lovchi risolalar, san’at asarlari, kinofilmlar, 
axborotlar va hokazolar tarqatilmoqda. Bunday informatsiyalar jamiyatda ma’lum ijtimoiy 
fikrning shakllanishiga ta’sir etmay qolmaydi. Shu munosabat bilan birinchi prezidentimiz 
I.A.Karimovning yoshlarni ochiq axborot olish davrida hukm suradigan umumbashariy 
axloqiy inqirozdan asrash muammosiga alohida e’tibor qaratgani diqqatga sazovor:
Keyingi yillarda ko‘plab namoyish etilayotgan jangarilik filmlarini olaylik. Bu filmlarni 
ko‘pchilik, ayniqsa, yoshlar maroq bilan ko‘radi, chunki odamzot tabiatan mana shunday 
to‘polonlarni tomosha qilishga moyil… Afsus bilan ta’kidlashimiz lozim: tarix tajribasi 
shundan dalolat beradiki, inson tabiatidagi insoniylikdan ko‘ra vahshiylik, ur-yiqit instinktlari, 
ya’ni xatti-harakatlarini qo‘zg‘atib yuborish osonroq. Ongi shakllanib ulgurmagan aksariyat 
yosh tomoshabinlar bunday filmlardan ko‘pincha turli yovuzlik, yirtqichlik, shafqatsizliklarni 
o‘rganadi, xolos. Natijada ularning diydasi qotadi, qalbidan toshbag‘irlik, zo‘ravonlik, 
axloqsizlik kabi illatlar joy olganini o‘zi ham sezmay qoladi. Hatto shunday tomosha va 
filmlarning qahramonlariga ko‘r-ko‘rona taqlid qilishni istaydigan yigit-qizlar ham topiladi. 
Chunki ular bunday uydirma talqinlar ta’sirida qo‘l urayotgan ishi qanday ayanchli 
oqibatlarga olib kelishini tushunib yetmaydi. 


Yuqorida keltirilgan holatlardan kelib chiqqan holda axborot hurujlarini bartaraf etish 
hamda ularga qarshi kurashishning asosiy yo‘llari sifatida jamiyatdagi quyidagi omillarni 
ko‘rsatish mumkin:
- Kuchli siyosiy boshqaruv va nazorat tizimining mavjudligi (siyosiy omil);
- Fuqarolar huquqlarining kafolati (huquqiy omil);
- Barqaror va farovon turmush (ijtimoiy – iqtisodiy omil); 
- Ma’naviy yetuklikni ta’minlovchi ijtimoiy institutlarning shakllantirilishi (ma’naviy 
omil).
Umuman olganda axborot hurujlari istalgan jamiyatda kuzatilishi mumkin, ammo 
jamiyat hayotining siyosiy, huquqiy, ijtimoiy-iqtisodiy hamda ma’naviy sohalarida biror 
salbiy jarayonlar mavjud bo‘lganida ular o‘ta faollashadi, o‘z ta’sir doirasini kengaytiradi
ularning ta’sir darajasi ortadi. Shuning uchun ushbu muammoni keng ko‘lamli sotsiologik 
tadqiqotlar asosida o‘rganish orqali kerakli bo‘lgan vaziyatni yaxshilovchi hamda 
mo‘tadillashtiruvchi yechimlarni aniqlashi mumkin 

Download 202.76 Kb.
1   2




Download 202.76 Kb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



7-Mavzu: Ijtimoiy tarmoqlarda axborot xurujlari va tahdidlari. (2soat) “Axborot xuruji” tushunchasi

Download 202.76 Kb.
Pdf ko'rish