|
Dasturlash tillarining sintaktik jihatdan turlari
|
bet | 8/10 | Sana | 16.05.2024 | Hajmi | 227,66 Kb. | | #237345 |
Bog'liq RekursiyaDasturlash tillarining sintaktik jihatdan turlari
Dasturlash tillarining sintaktik jihatdan turlari 3 turga(Informatika darsliklariga asosan) bo‘linadi:
Quyi darajadagi dasturlash tili “Mashina tili” deb ham ataladi. Ushbu tilda dasturlar to‘g‘ridan-to‘g‘ri Operativ Xotira(OX) katakchalari va protsessor reyestrlari bilan ishlab tuziladi. Ushbu tildagi buyruqlar Markaziy Protsessor(MP)ning operatsiyalariga to‘g‘ri keladi. Buyruqlar ikkilik kodda yozilgan:
Bir paytlar perfokartalar yordamida aynan mashina tilida dasturlar yozilgan.
O‘rta daraja dasturlash tillarida protsessor buyruqlarini mnemonik kodlarga(buyruqqa mos qisqartirilgan so‘zlar) almashtirilgan. Assembler tili bunga misoldir. O‘rta darajadagi dasturlash tillarida ham bir protsessor operatsiya deyarli bir buyruqqa mos keladi. Masalan, yuqoridagi mashina kodi Assemblerda quyidagicha yoziladi:
Ko‘rib turganingizdek, Assembler tili mashina kodidan bir pog‘ona yuqorida turadi xolos.
Yuqori darajadagi dasturlash tillari esa, asosan, dasturlash jarayonini tezlashtirish uchun yaratilgan. Shuni eslatib o‘tish lozimki, har qanday dastur bajarilishidan oldin mashina kodiga o‘tkaziladi. Ushbu darajadagi dasturlash tillarida yozilgan dastur ma’lum ma’noli so‘zlardan(odatda ingliz tilidagi) tashkil topadi.
Masalan:
Ko‘rib turibsizki, dastur qismi ingliz tilidagi ma’noli so‘zlardan tashkil topgan. Hozirgi zamonaviy tillarning barchasi yuqori darajaga mansub.
Kompilyatsiya va interpretatsiya qilinuvchi tillar
Dasturlash tillari komputerda bajarilishiga qarab kompilyatsiya qilinuvchi va interpretatsiya qilinuvchi tillarga bo‘linadi.
Kompilyatsiya qilinuvchi dasturlash tillarida dastur kodi kompilyator tomonidan mashina kodiga o‘tkaziladi. Operatsion tizim(OT) esa, shu kodni to‘g‘ridan-to‘g‘ri ishlataveradi. Kompilyatsiya jarayoni komputer protsessori va OT talablariga mos ravishda amalga oshiriladi. Shuning uchun, bir OT uchun kompilyatsiya qilingan dasturning mashina kodi ikkinchi OT da ishlamaydi. Ushbu turdagi tillarga quyidagilarni misol qilib keltirishimiz mumkin: C, C++, Pascal va h.k.
Microsoft Windows OTlarida kompilyatsiya qilingan dastur nomi *.exe ko‘rinishidagi fayl bo‘ladi. Linux, Unix(va shularning davomchilari) kabi OT larda esa fayl kengaytmasining ahamiyati yo‘q.
Kompilyatsiya qilinuvchi dasturlash tillarining asosiy yutuqlaridan biri — u OT dan boshqa biror dastur yoki kutubxona(Library, mas. DLL) o‘rnatishni talab qilmaydi. Bundan tashqari, interpretatsiya qilinuvchi tillarga nisbatan ancha tez ishlaydi.
Interpretatsiya qilinuvchi dasturlash tillarida tuzilgan dastur kodi kompilyatsiya qilinmaydi. Ushbu turdagi dasturni ishlatishdan oldin dastur kodi interpretatsiya qilinadi. Interpretatsiya qilinuvchi dasturlash tillarida tuzilgan dastur mos interpretator o‘rnatilgan komputerlardagina ishlaydi. Ushbu turdagi dasturlash tillariga PHP, Python, Ruby kabi tillar kiradi.
Interpretatsiya qilinuvchi dasturlash tillari kompilyatsiya qilinuvchilaridan, asosan, yozilgan dasturning deyarli hamma platformalarda ishlashi bilan ajralib turadi. Dastur biror turdagi OT yoki protsessor uchun yozilmaydi — faqat interpretatorgina turli platformalar uchun yoziladi.
Interpretatsiya qilinuvchi dastur kodi bajarilishidan oldin interpretator tomonidan oraliq kodga “kompilyatsiya” qilinadi. Shu oraliq kod interpretator tomonidan bajariladi. Python kabi tillar oraliq kodni saqlab qo‘yadi, dastur kodi o‘zgarmaguncha shu oraliq kodni ishlatadi.
Dastur biror masalani yechishda elektron hisoblash mashinalari bajarishi lozim bo’lgan amallarning izchil tartibidan iborat. EHM uchun dastur tuzish jarayoni dasturlash deyiladi. Dasturlash yechilishi kerak bo’lgan masala algoritmini EHM tiliga, ya’ni «mashina tili»ga o’tkazishdir. EHM uchun dastur tuzish – masalani yechish usulini mashina buyruqlarining shunday majmui (dasturi)ga, keltirish demakki, bu buyruqlar xotiraga joylashib, tartib bilan amalga oshadi va tegishli hisoblashlarni bajaradi.
|
| |