|
JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONSBog'liq 72-76JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS
http://www.newjournal.org/ Volume–19_Issue-2_December_2022
75
aytganlar. Darhaqiqat, o’zbek tilida aynan artikl so’z turkumi bo’lmagani uchun uni
qo’llashda va tarjima qilishda qiynaladilar. Artikl qoidalarni yod olish kerak. Biroq
qoidalardagi talaygina istisno holatlari o’rganuvchilarga, ayniqsa maktab
yoshdagilarga, uni o’zlashtirishni murakkablashtiradi. [4]Tarjimasi aniqroq qilib
o’rgatilsa, o’quvchilar artiklni qo’llashda ko’p qiyinchiliklarga uchramaydilar.
Masalan: noaniq artikl bir, qandaydir bir deb, aniq artikl esa o’sha, haligi deb tarjima
qilinadi deb o’rgatish mumkin. Bir so’z bilan aytganda, artiklning ishlatilish holatlarini
bolalarga misollar yordamida qayta-qayta tushuntirilsa, ingliz tilidagi bu yordamchi
so’z turkumini o’zlashtirishdagi qiyinchiliklarni kamaytirib bartaraf etsa bo’ladi. Ingliz
tili grammatikasini o’zlashtirishdagi qiyinchiliklardan yana biri predloglardir. O’zbek
tilida predloglar kelishik qo’shimchalari bilan ifodalanadi. Ingliz tilida esa kelishik
qo’shimchalari predloglar orqali ifodalanadi. Jumladan, o’zbek tilidagi o’rin-payt
kelishigi, ingliz tilida in, on, at predloglari bilan ifodalanishi mumkin. Masalan: in —
in January, in 2015, in a week on — on Monday, on January 15, on birthday at — at
the weekend, at 10 o’clock O’rin payt kelishigining qo’shimchasi, o’rin joyni
bildirganda ham ingliz tilida yuqoridagi predloglardan foydalanamiz. Masalan: in —
in Uzbekistan, in Madrid, in our week on — on the sofa, on the table at — at the station,
at school ingliz va o’zbek tillarida so’z tartibining o’xshash emasligi. Ma’lumki, ingliz
tilida so’z tartibi qat’iydir, aksariyat hollarda darak gap boshida doim ega turadi
ketidan esa kesim keladi. O’zbek tilida esa gap bo’laklari o’rnini almashtirsak ham
ma’nosi o’zgarmaydi. Tarjimada esa o’quvchilar qiyinchiliklarga uchraydilar.
Metodistlar fikriga ko’ra, ingiliz tili grammatikasini o’rgatishda, avvalambor,
grammatika minimumini to’g’ri tanlash va ingliz tili grammatikasini o’ziga xos
xususiyatlarini inobatga olish taqozo etiladi. Ingiliz tili grmmatikasini o’ziga xos
qiyinchliklari va xususiyatlari quydagilar: ingiliz tilidagi noto’g’ri fe’llar mavjudligi,
ingliz tilidagi gap qurilishni qat’iyligi, ingliz tilidagi artikillar, predlog va
zamonlarning ko’pligidir. Shu kabi xususiyatlar ingliz tili grammatikasini o’zbek tili
grammtikasidan farqlaydi. J. Jalolov fikriga ko’ra, grammatikani o’quvchilarga
o’rgatishda asosan ikkita yo’ldan foydalanishimiz mumkin: 1. Induktiv. 2. Diduktiv.
Induktiv usulda o’quvchilarga avval qoida so’ngra esa misol beriladi. Diduktiv usulda
esa avval misol so’ngra qoida beriladi. Maktab yoshidagi bolalarga ingliz tilini
o’rgatishda avvalo bolalar uchun rang-baranglikka e’tibor berishimiz zarur. Rasmlar
asosida yoki qo’shiq va she’rlar orqali ham ingliz tili grammatikasini o’rgatishimiz
mumkin. Maktablarda kuzatilayotgan muammolar qatorida o’quvchida darsga nisbatan
passivlik, zerikish, diqqatni jamlay olmaslik kabi jihatlar ham mavjud. Ingliz tilini
o’rgatishdagi leksik qiyinchiliklarga kelsak, ular quyidagilar: ingliz tilidagi deyarli
barcha so’zlar turli ma’nolarni anglatadi. Ya’ni bir so’z birdan oshiq ma’noni
anglatadi. M. Norovaning ta’kidlashicha, ingliz tilida bitta so’z maksimal 23ta ma’noni
|
| |