|
9-ma’ruza. Mahsuliy modellar va tizimlar r eja
|
bet | 8/13 | Sana | 15.11.2023 | Hajmi | 233,18 Kb. | | #99032 |
Bog'liq 9 -ma\'ruza 5.01. (Прод. модели)«(A) holat ⇒ B harakat».
qoida ko’rinishda tasvirlansa.
2) «Eng uzun shart» prinsipi. Ushbu prinsip-mahsulotlar to’plamidan chin qiymatga aylanuvchi bajarilish sharti eng uzun yadroni tanlashdan iborat. Bu prinsip quyidagi «sog’lom fikrlashga» asoslanadi, ya’ni kichchik hajmdagi sinfli holatlarga tegishli xususiy qoidalar, katta hajmdagi sinfli holatlarga tegishli umumiy qoidalarga nisbatan muhimroq, chunki birinchisi ikkinchisiga nisbatan holatlar haqida ko’proq ma’lumotlarni hisobga oladi. Mahsulotlar to’plamida «Eng uzun shart» prinsipi asosida boshqarishni qo’llash uchun bilimlar va mahsulotlar «qism-umumiy» munosabati bilan berilgan holatlarga bo’g’liq ravishda yaxshi strukturalashgan bo’lishi lozim.
3) «Ustuvorni tanlash» prinsipi. Bu prinsip mahsulotlatga statistik yoki dinamik ustuvorlikni kiritish bilan bo’g’liq. Statistik ustuvorlik muammoli sohada mahsuliy qoidalarning muhimligi haqidagi ma’lumotlar asosida apriorli shakllanadi. Dinamikli ustuvorlik mahsuliy tizimlar faollashuvi jarayonida shakllantiriladi va masalan, mahsulotlar to’plamida mahsulotni topish vaqtini aks ettirishi mumkin.
4) «Nomi bo’yicha boshqarish» prinsipi. Bu prinsip ba’zi tizimga, ba’zi formal gramatikaga yoki boshqa protseduralarga kiruvchi va tayyor mahsulotlar to’plamini siqishni taminlovchi va ushbu to’plamdan bajariladigan navbatdagi mahsulotni tanlashni amalga oshiruvchi mahsulot nomini berishga asoslanadi.
Misol. Aytaylik mahsuliy tizim faqat yadrolardan iborat to’rtda oddiy mahsulotlar bilan tasvirlangan bo’lsin:
(a) A⇒B;
(b) B&D⇒A;
(v)A⋁B⇒D;
(g) D⇒C.
Mahsulotlar tizimining bunday ko’rinishidan ma’lumki, ular determinallashmagan. Agar A bajarilsa, u holda mahsulotlar to’plamiga (a) va (b) nomli mahsulotlar kiritiladi, agarda B va D bajarilsa, u holda (b), (v) va (g) nomli mahsulotlar kiritiladi.
Bunday determinallashmaganlikni tuzatish uchun mahsulotlar nomi uchun ba’zi grammatika kiritiladi:
(a)⇒(b);
(v)⇒(b);
(a)⇒(g).
Bu holda agar ba’zi momentda (b) nomli mahsulot bajarilsa, u holda yangi mahsulotlar bajarilmaydi. Agarda ba’zi momentda (a) nomli mahsulot bajarilsa, u holda undan keyin (b) va (g) nomli mahsulotlar bajariladi. Bu mahsulotlarning chap qismidagi yadrolar shunday ko’rinishdaki, ularda B va D bir vaqtda bajarilgan holatda birqiymatlimaslik bujudga keladi. Bu holda mahsulotlar nomi uchun grammatikalar yordamida birqiymatli algoritmok jarayonni berish mumkin.
|
| |