|
Mahsuliy tizimlarning ilovalari
|
bet | 9/13 | Sana | 15.11.2023 | Hajmi | 233,18 Kb. | | #99032 |
Bog'liq 9 -ma\'ruza 5.01. (Прод. модели)5. Mahsuliy tizimlarning ilovalari
Muammoli sohani bilimlarni tasvirlashning mahsuliy modeli yordamida tavsivlashda ierarxikli mavhum strukturadan foydalanish qulay hisoblanadi.Bunda muammoli sohanining dinamik o’zgarishini tavsivlashda o’nminglab mahsuliy qoidalardan foydalanishga to’g’ri keladi. Ierarxikli mavhum struktura mahsuliy qoidalarni bloklarga bo’lish imkoniyatini beradi [1, 2].
Aytaylik, «Aeroport» abstract muammoli sohani tavsivlaydigan ierarxik struktura berilgan bo’lsin.
Ierarxik struktura yordamida batafsil tekshirish uchta qatlamdan iborat bo’ladi [1, 5]:
1-pog’ona - Aeroport;
2- pog’ona – samolyotlar sinflari (TU, АН, BOING . . . );
3- pog’ona – sinflarning namunalari (aniq obyektlar).
Aeroport ishini boshqarish mahsuliy qoidalar to’plamini ierarxik strukturaning po’g’onalariga mos bloklarga bo’lingan mahsuliy qoidalar yordamida amalga oshiriladi:
• 1-po’g’onali blokga aeroportni to’la boshqarishni tavsiflaydigan mahsuliy qoidalar kiradi;
• 2-po’g’onali blokga sinflarni boshqarishni tavsiflaydigan mahsuliy qoidalar kiradi;
• 3-po’g’onali blokga samolyotlarning sonini aniqlaydigan mahsuliy qoidalar kiradi.
Uchinchi po’g’onaning har bir blokiga aniq samolyotni maxsus boshqarish qonunlarini ifodalovchi mahsuliy qoidalar kiradi.
Xulosalashni tushuntirish. Xulosalashni tushuntirishni shakllantirish prinsiplarini mahsuliy tipdagi exspert tizimlarda qaraymiz. Intellektual tizimlarda xulosalashni tushuntirishni shakllantirish quyidagi sabablarga ko’ra muhim hisoblanadi [1]:
- birinchidan, agar oxirgi foydalanuvchi fikrlashlarning aniq bajarilganligiga ishonmasa, u holda tizimning ko’rsatmalariga ishonch hosil qilmaydi;
-ikkinchidan, bilimlar injeneri barcha tizimlarning ishlashi haqida to’liq ma’lumotga ega bo’lishi kerak;
- uchinchidan, predmet soha ekspertlari ekspert bilimlarining to’g’ri qo’llanilayotganligiga ishonch hosil qilish uchun tizimlarning fikrlash jarayonini tekshirishga muxtoj bo’lsa [1, 9, 12, 13].
Xulosalarni tushuntirishni o’rganish uchun tizim foydalanuvchilari ikki tipdagi savollarni berishi kerak:
1) Nima uchun tizim foydalanuvchiga ushbu savolni berish kerak deb hisoblaydi?
2) Tizim qanday qilib ushbu xulosaga keldi?
Ushbu savollarga javoblarni shakllantirish mexanizmini teskari xulosalash misolida tushuntiramiz.
Misol. Aytaylik, avtomobilni tashxislovchi quyidagi qoidalar berilgan bo’lsin [1]:
1-qoida:
Agar yoqilg’i kelsa = «ha» va dvigatel holati = «notekis ishlasa»,
u holda sabab = «svechada».
2-qoida:
Agar dvigatel holati = «yurmasa» va yoritish holati = «ishlamasa»,
u holda sabab = «akkumulyatorda».
3-qoida:
Agar dvigatel holati = «yurmasa» va yoritish holati = «ishlasa»,
u holda sabab = «starterda».
4-qoida:
Agar bakda yoqilg’i mavjud = «ha» va karbyuratorda yoqilg’i mavjud = «ha», u holda yoqi’lg’i keladi = «ha».
Xulosalash jarayoni ishchi xotiraga maqsadni kiritish bilan boshlanadi:
sabab = X,
bu erda X-birinchi o’zgaruvchi bo’lib, u ixtiyoriy qator bilan taqqoalanishi mumkin. Xulosalash jarayonida hosil qilingan X o’zgaruvchining qiymati dvigatel nosozligining sababini ko’rsatadi. Aytaylik, agar qoidalar yozilish tartibida faollashsa, u holda 1-qadamning xulosasi bilan taqqoslash natijasida 1-qadamda X o’zgaruvchi «svechada» qiymatini oladi. Keyin tizim 1-qoidaga asosan yoqilg’ining kelishi va dvigatelning qanday ishlashini aniqlashga harakat qiladi.
Birinchi masalaostini echish uchun 4-qoida faollashadi. Bu holda ishchi hotirada
«bakda yoqilg’i mavjud» va «karbyuratorda yoqilg’i mavjud» kabi faktlar va ularning qiymatini tizim yordamida o’rnatuvchi qoidalar mavjud bo’lmasa, u holda foydalanuvchiga keltirilgan faktlar bo’yicha savollar beriladi. Bundan tashqari 4-qoidaning bajarilishidan keyin dvigatelning holati bo’yicha ham foydalanuvchiga savollar beriladi.
Odatda tizimga faktlarning etarli qiymati ma’lum bo’ladi. U holda foydalanuvchiga etarli javoblarning bittasini tanlash taklif etiladi. Qaralayotgan holatda foydalanubchining tizim bilan quyidagicha muloqoti bo’lishi mumkin:
Bakda yoqilg’ining mavjudligi (ha/yo’q)?
ha
Karbyuratorda yoqilg’ining mavjudligi (ha/yo’q)?
ha
Dvigatelning holati (notekis ishlayapti, yurmayapti)?
notekis ishlayapti
Bundan keyin tizim dvigatel nosozligining sababi haqida ma’lumot beradi: sabab = «svechada». Agar foydalanuvchi tizimning u yoki bu savolni nima uchun berayotganligini bilmoqchi bo’lsa, u holda javob sifatida «nimaga»so’zi kiritiladi. Masalan:
Dvigatel holati (notekis ishlayapti, yurmayapti)?
nimaga
Natijada quyidagi javob olinadi:
1) yoqilg’i kelayapti = «ha»,
demak, agar
2) dvigatel holati = «notekis ishlayapti»,
u holda sabab = «svechada».
Bu holda tizim foydalanuvchiga berilgan savol bilan bo’g’liq joriy qoidani namoyish etadi.
|
| |