|
Dasturning bajarilishiga misol
|
bet | 6/13 | Sana | 15.11.2023 | Hajmi | 233,18 Kb. | | #99032 |
Bog'liq 9 -ma\'ruza 5.01. (Прод. модели)Dasturning bajarilishiga misol:
9.6-rasm.
Topshiriqlar.
CLIPS 6.24 dasturiy muhiti bilan tanishib chiqing.
CLIPS 6.24 da variantingiz bo`yicha masalani mahsuliy tizimlar va fikrlashning to`g`ri zanjiridan foydalanib hal qiling.
Natijalarni xulosa qiling.
Hisobot tayyorlang.
Topshiriq variantlari.
1. Elektron jihozlarning nosozligini tashxislash.
2. Avtomobil nosozligini tashxislash.
3. Kasallikni tashxislash (tanlang).
4. Tashxislash (tanlang).
a) sport tadbirlari; b) teleeshittirish; c) tabiat injiqliklari va b.
5. Obyektlarni sinflashtirish (tanlang).
6. Axborot-maslahat xarakteridagi masalalar (tanlang)
a) ombor mudiri yordamchisi; b) aptekachi yordamchisi; c) ma’lumotlar
xizmati operatori yordamchisi; d) amalni tanlash; e) ta’tilni o`tkazish va b.
Teskari xulosalash. Mahsuliy tizimlarda to’g’ri xulosalashdan tashqari maqsadli shartlarni boshqaruvchu xulosalash,ya’ni teskari xulosalash ham qo’llaniladi [1,2]. Bunday xulosalash ishchi xotirada saqlanadigan maqsadli tasdiqlardan boshlanadi. Undan keyin maqsad bilan taqqoslanuvchi xulosani ta’minlovchi qoida-mahsulot izlanadi. Ushbu qoidaning shartlari ishchi xotiraga joylashtiriladi va u yangi maqsadostiga aylanadi.
Ushbu jarayon maqsadli tasdiqni hosil qiluvchi faktlarni ishchi xotirada hosil qilguncha davom ettiriladi. Mahsulotlar to’plamida teskari xulosalashni 10.2-rasmda keltirilagan oldingi misolda ko’rsatamiz.
Xulosalash jarayoni ishchi xotirada joylashgan goal maqsadli tasdiqning chinligini tasdiqlash yoki rad etish hamda chin tasdiqlar hisoblanadigan {L; M; N} boshlang’ish faktlardan boshlanadi. Qaralayotgan masala uchun teskari fikrlash zanjiri 9.2-rasmda kelririlgan.
Misol. 9.2-jadvalda mahsulotlar to’plamida mantiqiy formula shaklida yozilgan ma’lumotlar bilan boshqariladigan izlash masalasi keltirilgan.
Qoidalar-mahsulotlar to’plami [1,2]:
1) G ∧ H → C
2) I∧K → D
3) L∧M → E
4) N → F
5) O → F
6) C → A
7) D → A
8) E → B
9) F → B
10) A → goal
11) B → goal
Boshlang’ich qiymatlar:
START = {L; M; N}
9.2-jadval. Teskari xulosalash.
|
| |