|
Mahsuliy yadrolarning klassifikatsiyasi
|
bet | 3/13 | Sana | 15.11.2023 | Hajmi | 233,18 Kb. | | #99032 |
Bog'liq 9 -ma\'ruza 5.01. (Прод. модели)Mahsuliy yadrolarning klassifikatsiyasi. Mahsuliy yadrolarni turli asoslari bo`yicha sinflashtirish mumkin [1-4, 11–14]. Avvalo barcha yadrolar ikkita katta turga bo`linadi: determinallashgan va determinallashmagan. Determinallashgan yadrolarda yadro faollashganda va A bajarilganda yadroning o`ng qismi albatta bajariladi. Determinallashmagan yadrolarda V bajarilishi va bajarilmasligi ham mumkin. Shunday qilib, determinallashgan yadrolarda sekventsiya zaruriyat bilan, determinllashmagan yadrolarda esa ehtimollik bilan ifoda qilinadi. Masalan u quyidagi ko`rinishda bo`lishi mumkin. Agar A bo`lsa, u holda V bo`lish ehtimoli mavjud.
Imkoniyat yadroni ifodalashning ba’zi bir baholari bilan aniqlanadi. Masalan, A faol bo`lganda agar V bajarilish ehtimoli bo`lsa, u holda mahsuliy qoida quyidagicha bo`lishi mumkin: Agar A bo`lsa, u holda R ehtimollik bilan V ni amalga oshirish mumkin. Yadroni amalga oshirish bahosi lingvistik o`zgaruvchi term-to`plam tushunchasi bilan bog`liq. Lingvistik o`zgaruvchi term-to`plam bo`lishi mumkin, masalan: Agar A bo`lsa, u holda katta qism ishonchlilik bilan V bo`ladi. Yadroni amalga oshirishning boshqa usullari ham bo`lishi mumkin.
Determinallashgan mahsuliy qoidalar bir qiymatli va alternativ bo`lishi mumkin. Ikkinchi holatda, yadroning o`ng qismida tanlashning maxsus vazni bilan baholanuvchi tanlashning alternativ imkoniyati ko`rsatiladi. Bunday vaznlar sifatida ehtimolli baholar, lingvistik baholar, ekspert baholar va shunga o`xshash baholar ishlatilishi mumkin. A faollashgan holda kutilayotgan oqibatlarni tasvirlovchi bashorat qiluvchi mahsuliy qoidalar alohida tip hisoblanadi. Masalan: Agar A bo`lsa, u holda R ehtimollik bilan V ni kutish mumkin.
2.1. Mahsuliy tizimlarni modulli tasvirlash
Mahsuliy tizimlarni foydalanuvchiga bog’liq bo’lmaslik nuqtai nazaridan qaraydigan bo’lsak, u holda uni uchta modullar yoki bloklardan iborat dasturiy tizim sifatida tasvirlanishi mumkin [1,2] :
• global ma’lumotlar bazasi (GMB) (M-Modul);
• qoidalar-mahsulotlar to’plami (Q-Modul);
• boshqarish tizimi yoki interpretator (I-Modul).
Modullar aloqasi 9.1-rasmda keltirilgan [4–6].
1) Global ma’lumotlar bazasi (M-Modul) – bu ma’lumotlar bazasining ishchi zonasi bo’lib, o’zining x(t) holatini qoidalar-mahsulotlar ta’sirida o’zgartiradigan dinamik tizim sifatida qarash mumkin.
2) Qoidalar-mahsulotlar to’plami (Q-Modul) - tizimning bilimlar bazasini tasvirlaydi.
3) Boshqarish tizimi yoki interpretator (I-Modul) – global ma’lumotlar bazasiga (M-Modul) ta’sir etish uchun, ya’ni uni x(t) holatdan holatga o’tkazish uchun qoidalar-mahsulotlar to’plamidan (Q-Modul) aniq strategiya asosida kerakli mahsulotni (qoidani) tanlaydi.
Dinamik mahsuliy tizimning faollashuvini quyidagicha yozish mumkin:
bu erda u∈U; U- qoidalar-mahsulotlar to’plami.
Misol. Берилган
МБ: A, F .
Қоида 1: A∧G∧C → D.
Қоида 2: C∧F → G.
Қоида 3: A → C.
Қоида 4: C →D.
Қоида 5: G →D.
Aytaylik, maqsad D нинг чинлигини келтириб chiqarishdan iborat bo’lsin. Birinchi navbatda D ning МБsida bor yoki yo’qligi tekshiriladi. Qaralayotgan misolda D o’zgaruvchi МБ da yo’q, shuning uchun sistema D ning chinligini hosil qilish uchun berilgan qoidalar orasidan o’ng tomonida D mavjud bo’lgan qoidalardan foydalanadi. O’ng tomonida D mavjud bo’lgan qoidalarga 1, 4, 5-qoidalar kiradi. Masalan, 5-qoidada D ning chinligi G ning chinligidan kelib chiqadi. Buning uchun G ning MB sida borligi tekshiriladi. G o’zgaruvchi MB sida yo’q. Demak qoidalar orasidan ong tomonida G mavjud bo’lgan qoidalar tanlanadi. Bunday qоида 2: C∧F → G. Bu qoidada F o’zgaruvchi MB sida bor va C o’zgaruvchi yo’q. Shuning uchun qoidalar orasidan ong tomonida C mavjud bo’lgan qoidalar tanlanadi. Bu qоида 3: A → C. Bu qoidada A o’zgaruvchi MB sida bor bo’lganligi uchun C o’zgaruvchi chin bo’ladi.
Demak, quyidagi qoidalarning ketma-ket
Қоида 3: A → C.
Қоида 2: C∧F → G.
Қоида 5: G →D.
bajarilashidan D ning chinligi kelib chiqadi. Shunday qilib maqsadga erishildi.
|
| |