|
Mahsuliy tizimlarni tasvirlash
|
bet | 2/13 | Sana | 15.11.2023 | Hajmi | 233,18 Kb. | | #99032 |
Bog'liq 9 -ma\'ruza 5.01. (Прод. модели) 2. Mahsuliy tizimlarni tasvirlash
Sun’iy intellektda freymlar bilan bir qatorda mahsulotlar bilimlarni tasvirlashda juda mashhur hisoblanadi. Mahsulotlar, bir tomondan mantiqiy modellarga yaqin bo’lib, ular yordamida samarali xulosalash protseduralarini tashkillashtirishga imkoniyat yaratsa, boshqa tomondan, klassik mantiqiy modellarga nisbatan bilimlarni aniqroq aks ettiradi. Mahsulotlarda mantiqiy mulohazalarga xos bo’lgan qat’iy cheklashlar yo’q. Bu esa prodyksiy elementlarini izohlashni o’zgartirish imkonini beradi.
Mahsuliy modellar protsedurali va deklarivli ko’rinishlarda ifodalanishi mumkin. Amaliy nuqtai nazaridan mahsulotni qoida-mahsulot ko’rinishda quyidagi juftliklar yordamida ifodalash mumkin [1, 2] :
- vaziyat→harakat;
- asoslar→xulosa;
- sabab→oqibat va h.k.
Bunday qoidalar turli bilimlar sohasida va faoliyat turlarida uchraydi. Har kungi hayotimizda biz turli turmush qoidalardan, yo’l harakati va grammatik qoidalardan foydalanamiz.
Agar dasturlash nuqtai nazaridan qarasak, u holda mahsulot sifatida quyidagi uchtalik: mahsulot nomi, qo’llanilish sharti, operator qatnashadi. Ba’zi hollarda mahsulot “Agar-u holda” implikatsiya tushunchasiga yaqin ma’noni anglatadi. Shuning uchun mahsulotni shaklda ifodalash mumkin. Agar mahsulotning qo’llanilish shartini to’liqroq shaklda ochish talab etilsa, u holda quyidagi yozuvdan foydalanish mumkin:
,
bu erda -konyunktiv shakldagi qo’llanilish sharti; B-xulosa bo’lib, harakar sifatida ham talqin qilinishi mumkin (bu holda mahsulot implikatsiyadan muhim farq qiladi).
Misol. Агар бакда ва карбюраторда ёқилғи бўлса, у ҳолда ёқилғи келаяпти ва двигател бир маромда ишлаяпти.
Quyidagi belgilashlarni kiritamiz:
= Агар бакда ёқилғи бўлса; = Агар карбюраторда ёқилғи бўлса; = ёқилғи келаяпти; = двигател бир маромда ишлаяпти; Oxirgi formulaga asosan qoidani hosil qilamiz.
Umumiy holda mahsuliy qoida deganda quyidagi ifoda tushuniladi:
Bu yerda -mahsulot nomi bo`lib, bu nom yordamida mazkur mahsulot mahsulotlar to`plamidan ajratib olinadi. Nom sifatida mahsulotning mazmunini aks ettiruvchi qandaydir leksema (masalan, «kitoblar haridi» yoki «qulfning kodlari to`plami») yoki tizim xotirasida saqlanuvchi mahsulotlar to`plamidagi mahsulotning tartib raqami olinishi mumkin.
element mahsulotning qo`llanilish sohasini xarakterlaydi. Bunday sohalar inson kongnitiv strukturalaridan oson ajratiladi. Bizning bilimlarimiz «tayoqchalar bo`yicha ajratilgan». Bir «tayoqcha»da ovqatni qanday tayyorlash haqidagi bilimlar saqlansa, boshqasida ishga qanday yetib borish haqidagi bilimlar saqlanadi va h.k. Bilimlarni alohida sohalarga ajratish kerakli bilimni izlash vaqtini tejashga imkon beradi. ITlarning BBda bunday sohalarga ajratish mahsuliy modellarda bilimlarni tasvirlash uchun qulay hisoblanadi.
Mahsuliy qoidaning asosiy elementi uning yadrosi hisoblanadi. Mahsuliy qoida yadrosini o`zgartirish sekventsiya (implikatsiya) ishorasining chap va o`ng tomonida nima turganligiga bog`liq holda turli xil bo`lishi mumkin. Mahsuliy qoida yadrosini oddiy o`qish quyidagi ko`rinishda bo`ladi: IF A THEN B. Yadroning murakkabroq konstruktsiyalarida o`ng tomonda alternativ holatlarga ruxsat etiladi. Masalan, IF A THEN V1 ELSE V2. Sekventsiya oddiy mantiqiy ma’noda A ning rostligidan V kelib chiqishiga o`xshash mantiqiy ishora sifatida izohlanishi mumkin. Mahsuliy qoida yadrosi boshqa ko`rinishda ham izohlanishi mumkin. Masalan, A, V harakatni amalga oshirish uchun kerak bo`ladigan biror bir shartni tavsiflashi mumkin.
P element mahsuliy qoida yadrosining qo`llanilish sharti hisoblanadi. Odatda P mantiqiy ifoda bo`ladi (qoidaga ko`ra predikat). R «rost» qiymat qabul qilganda mahsuliy qoida yadrosi faollashadi. Agar R yolg`on bo`lsa mahsuliy qoida yadrosini ishlatib bo`lmaydi.
N element mahsuliy qoidaning keyingi shartini tavsiflaydi. Ular faqat mahsuliy qoida yadrosi amalga oshgandagina faollashadi. N element mahsuliy qoidaning keyingi sharti V ni amalga oshirgandan keyin bajarish kerak bo`ladigan harakat va protseduralarni tavsiflaydi. Masalan, magazinda biror mahsulot xarid qilingandan keyin mahsulotlar ro`yxatidan shunday turdagi mahsulotning sonini bittaga kamaytirish amalga oshiriladi.
Misol.
i- xarid qilish;
Q-savdo markaziga borish;
P- pulning borligi;
– agar X byum sotib olmoqchi bo’lsang, u holda uning narxini kassaga to’la va chekni sotuvchiga ber;
N- magazinda mavjud bo’lgan mahsulotlar ro’yxati bo’lib, ushbu mahsulot soni bittaga kamayadi.
Mahsuliy qoidalar yordamida deyarli barcha bilimlar tizimini tavsiflash mumkin. Implikasiya ko`rinishidagi mahsulot qoidasini quyidagicha keltirish ham mumkin:
,
bu yerda – mahsulot qoidasi, – qoidaning qo`llanilish shartlari, di – qoidaning qo`llanilish natijasi.
|
| |