|
-ma’ruza uchun o’zini-o’zi tekshirish savollari
|
bet | 12/13 | Sana | 15.11.2023 | Hajmi | 233,18 Kb. | | #99032 |
Bog'liq 9 -ma\'ruza 5.01. (Прод. модели)9-ma’ruza uchun o’zini-o’zi tekshirish savollari
Produksiy (Mahsulot))» termini va mahsuliy tizimlar kim tomonidan nechanchi yilda taklif etilgan?
Postning tushunishi bo’yicha hozirgi vaqtdagi yadro qanday qaralgan?
A.Nyuell va G.Saymonlar tomonidan qanday natijalar olingan?
Mahsulotlarning mantiqiy modellardan qanday farqli tomonlari bor?
Mahsuliy modellar qanday ko’rinishlarda ifodalanishi mumkin?
Amaliy nuqtai nazaridan mahsulotni qoida-mahsulot ko’rinishda qanday juftliklar yordamida ifodalash mumkin?
Dasturlash nuqtai nazaridan mahsulot sifatida nimalar qatnashadi?
Mahsulotning implikatsiya tushunchasiga qanday o’xshashlik tomonlari bor?
Umumiy holda mahsuliy qoida qanday ifodalanadi?
Mahsuliy qoidaga misol keltiring?
Mahsuliy yadrolarning klassifikatsiyasiga misollar keltiring?
Mahsuliy tizimlarni modulli tasvirlashni tushuntiring?
Dinamik mahsuliy tizimning faollashuvini qanday shaklda yozish mumkin?
To’g’ri xulosalashning mohiyatini tushuntiring?
To’g’ri xulosalashga misol keltiring?
Teskari xulosalashning mohiyatini tushuntiring?
Teskari xulosalashga misol keltiring?
Konfliktlarni hal qilish mexanizmlarini tushuntiring?
Konfliktlarni hal qilish prinsiplarini keltiring?
Mahsuliy tizimlarning ilovalariga misollar keltiring?
Mahsuliy tizimlarda xulosalashni tushuntirishga misollar keltiring?
Mahsuliy tizimlarning yutuqlari va kamchiliklarini izohlang?
9-ma’ruza uchun masala va topshiriqlar
1. Quyidagi qoidalar uchun mahsuliy (produksiya) yadrolarni quring:
1.1. Qoida 1: Agar dvigatelga yoqilg’i kelsa va dvigatel uzilish bilan ishlasa, u holda sabab svechada.
1.2. Qoida 2: Agar dvigatel yurmasa va chirog’i yonmasa, u holda sabab akkumlyatorda.
1.3. Qoida 3: Agar dvigatel yurmasa va chirog’i yonsa, u holda sabab starterda.
1.4. Qoida 4: Agar bakda va karbyuratorda yoqilg’i bo’lsa, u holda yoqilg’i kelayapti.
1.5. Qoida 5: Agar bakda va karbyuratorda yoqilg’i bo’lsa, u holda yoqilg’i kelayapti va dvigatel bir maromda ishlayapti.
1.6. Qoida 6: Agar gaz harorati T> 35 ℃ va bosim Pa bo’lsa, u holda tizim buzilgan, shuning uchun ventiltorni o’chirish va suyuqlik nasosini yoqish kerak.
1.7. Qoida 7: Agar mutaxassisning ma’lumoti oliy, yosh va bilimi yuqori bo’lsa, u holda ish topishga imkoniyati yuqori bo’ladi.
2. Berilgan
MB: A, F .
Qoida 1: A∧G∧C → D. Qoida 2: C∧F → G. Qoida 3: A → C.
D qoidaning chinligini keltirib chiqaring.
3. Berilgan
MB: A,B.
Qoida 1: A∧G∧C → D. Qoida 2: K∧F →H. Qoida 3: A →G.
Qoida 4: C → F. Qoida 5: A → C.
D qoidaning chinligini keltirib chiqaring.
4. Berilgan
MB: A,B, C
Qoida 1: A∧B∧C → D. Qoida 2: D∧F →H. Qoida 3: A →G.
Qoida 4: C → F. Qoida 5: A → C.
D qoidaning chinligini keltirib chiqaring.
5. Berilgan
MB: A,B, C,
Qoida 1: A∧B∧C → D. Qoida 2: D∧F →H. Qoida 3: A →G.
Qoida 4: C → F. Qoida 5: H∧B → C. Qoida 6: A∧C∧F →B.
Qoida 7: C∧F∧D → F. Qoida 8: A → C.
H, D, F qoidalarning chinligini yoki yolg’onligini keltirib chiqaring.
6. Mahsuliy -qoidalar to’plami berilgan:
Boshlang’ich ma’lumotlar:
START = {A; B;C}
1) A∧ B → D; 2) C∧B →E; 3) E∧A →F; 4) B∧D → F; 5) F∧C∧A →K;
6) T → G; 7) F∧C∧B → H; 8) K → S; 9) F →P; 10) H → goal;
11) P → goal. 12) S → goal.
Mahsuliy tizimlar xulosalarini quring va graf ko’rinishda tasvirlang.
7. Mahsuliy -qoidalar to’plami berilgan:
Boshlang’ich ma’lumotlar:
START = {A; B;C}
1) A ∧ B → D; 2) C ∧ B →E; 3) E ∧A →F; 4) B∧D → F; 5) F∧C∧A →K;
6) T → G; 7) F∧C∧B → H; 8) K → S; 9) F →P; 10) H → goal;
11) P → goal. 12) S → goal.
Mahsuliy tizimlar teskari xulosalarini quring va graf ko’rinishda tasvirlang.
8. Quyidagi masalalar uchun mahsuliy modellarni quring:
8.1. Elektron apparatlarning nosozligini bashoratlash.
8.2. Avtomobillarning nosozligini bashoratlash..
8.3. Kasalliklarni (tanlov bo’yicha) bashoratlash.
8.4. Bashoratlash (tanlov bo’yicha):
a) Sport musoboqalari; b) Teleko’rsatuvlar;
c) Tabiiy keskin o’zgarishlarni;
va h.k.
8.5. Obyektlarni sinflash (tanlov bo’yicha):
a) Foydali qazilmalarni; b) Dvigatellarni; c) Mevalarni; d) Harflarni;
e) Raqamlarni; j) Simvollarni; i) So’zlarni; k) Figuralarni; l) Mashinalarni;
m) Samolyotlarni va h.k.
8.6. Axborot- maslaxat berish tipidagi masalalar (tanlov bo’yicha):
a) Rektorning yordamchisi; b) Aptekachining yordamchisi;
c) Ma’lumot berish xizmati operatorining yordamchisi;
d) Lavozimni tanlash;
e) Dam olishni o’tkazish;
va h.k.
|
| |